Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
11.2K subscribers
26.6K photos
2.93K videos
704 files
14.4K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Ichki_turizm
#Fotolavhalar

Andijon davlat universiteti professor-o'qituvchilarining Oʻzbekistonning gullar shahri bo'lmish Namangan viloyatiga sayohatidan fotolavhalar

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Live
#Ichki_turizm
#Sayohat

Andijon davlat universitetining professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ichki turizm doirasida dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg'ona viloyatining Qo'qon shahriga yo'l oldi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#ichki_turizm

Oliy ta’lim muassasalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning yurtimiz bo‘ylab sayohati davom etmoqda

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda Andijon va Surxondaryo viloyatidagi go‘zal obidalar bilan tanishdi;

🔸Namangan davlat pedagogika instituti talabalari tyutorlari boshchiligida Qo‘qon shahriga sayohat qilishib, shahar markazida joylashgan Xudoyorxon o‘rdasi tarixiy-me’moriy obidasi, xalqaro kulolchilik markazi hamda u yerdagi hunarmandchilik namunalari, kulolchilik maktabi vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar;

🔹“Namangan muhandislik-qurilish instituti umidlari” uyushmasi a’zolari bo‘lgan talabalar Axsikent arxeologiya yodgorligiga sayohat uyushtirdi;

🔸Өzbekstan mәmleketlik kөrkem өner hәm mәdeniyat institutы Nөkis filialы Kәsiplik ao‘qamы tәrepinen filial xыzmetkerleri ushыn Xiyo‘a qalasыna sayaxat shөlkemlestirildi;

🔹Farg‘ona davlat universiteti xodimlari ichki turizm imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumaniga sayohat qildilar. Ular bu yerda joylashgan “Nifrit” ko‘lida bo‘lib, tabiiy muhitni o‘rgandilar;

🔸“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-oʻqituvchilaridan iborat bir guruh jamoa hamda talaba yoshlar yurtimizning 8 ta hududi bo‘ylab sayohatga chiqdi;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali xodimlari Samarqand ziyoratida bo‘lishdi;

🔸Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Oʻzbekistonning gullar shahri bo‘lmish Namangan viloyatiga sayohat tashkil etildi;

🔹Jizzax shahridagi Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari viloyatning so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Baxmal tumani, qadimiy Samarqand va non shahri Toshkent bo‘ylab sayohat qilmoqda;

🔸Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professor-o‘qituvchilari Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Hazrati Dovud (Samarqand), Chillabuloq (Qashqadaryo) va Xo‘jamayxona ziyoratgohlari hamda Tangi darasiga (Surxondaryo) sayohati uyushtirildi.

🔹Farg‘ona politexnika institutining professor-o‘qituvchi hamda talabalaridan iborat bir guruh jamoa Xorazm viloyati Urganch shahriga sayohat qilishdi;

🔸Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlaridan bir guruhi qadimiy va navqiron shaharlardan biri bo‘lgan Urganchga sayohatga borishdi;

🔹Buxoro davlat universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti talabalari viloyatning turizm yo‘nalishida alohida o‘rinda turuvchi Nanay qishlog‘i (Yangiqo‘rg‘on tumani), Chodak qishlog‘i (Pop tumani), “Mavlono Lutfullo” istirohat bog‘i (Chust tumani) hamda ekoturistik maskanlaridan bo‘lgan G‘ova qishloqlariga ekskursiyalar tashkil etishdi;

🔹Toshkent shahridagi Vebster universitetining bir guruh xodimlari jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri, turistlarning eng sevimli manzili bo‘lgan Samarqand shahriga sayohat qilishmoqda;

🔸TITU Nókis filialında jumıs iskerligin alıp barıwshı bárshe texnik xizmetler elimizdegi tariyxıy orınlarǵa ziyarat hám sayaxat etti.

🔹Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilarining Samarqand va Buxoro shaharlariga, talabalarining esa, “Xumson” dam olish maskaniga sayohati uyushtirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Ichki_turizm
#Sayohat

Universitetimiz ustoz va talabalari diqqatga sazovor joylarda sayohat qildilar

Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kunlarida Andijon davlat universiteti ma’muriyati ichki turizm doirasida professor-o’qituvchilar hamda talabalarni mamlakatimizning diqqatga sazovor joylaridan biri bo’lmish Farg'ona viloyatining Qo'qon shahriga sayohat tashkil etdi.

Ishtirokchilar sayohat davomida Qoqon shahrining tarixiy obidalari va milliy qadriyatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishib, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi “Xudoyorxon o‘rdasi”, ”Buyuk Allomalar” muzeyi hamda “Modarixon maqbarasi”ni yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Ichki_turizm
#Fotolavhalar

Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari hamda talabalarining Qo’qon shahriga sayohatlaridan fatolavhalar

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ichki_turizm
#Sayohat

Andijon davlat universiteti ma’muryati ichki turizm doirasida universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalarini dam olish kunlarini mazmunli o’tkazishlari uchun Oʻzbekistonning gullar shahri bo'lmish Namangan viloyatiga va Farg'ona viloyatining Qo'qon shahriga sayohat tashkil etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Uza_uz
#Ichki_turizm

🚝Ichki turizm: o'qituvchi va talabalar sayohatga bordi

Andijon davlat universitetining bir guruh o'qituvchi va talabalari ichki turizmni rivojlantirish doirasida, qolaversa, yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida Qo'qon shahri va Namangan viloyatida sayohatda bo'ldi.

✍🏻Ushbu maqola bilan batafsil:
O'zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-sayti orqali  tanishishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_axboroti
#Ichki_turizm
#Sayohat

Andijon davlat universiteti ma’muryati ichki turizm doirasida universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalarini dam olish kunlarini mazmunli o’tkazishlari uchun Oʻzbekistonning gullar shahri bo'lmish Namangan viloyatiga va Farg'ona viloyatining Qo'qon shahriga sayohat tashkil etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Dunyo_sadolari_2023
#Ichki_turizm

Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ichki turizm doirasida Xonobod shahrini sayohat qilmoqda

Joriy yilning 18-19-20 iyul kunlari Bobur yurti Andijonda "Dunyo sadolari" xalqaro milliy estrada festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida ilk marotaba o‘tkazilayotgan "Dunyo sadolari" xalqaro estrada musiqa festivalida Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etib, Xonobod shahrini sayohat qilmoqdalar.

Sayohat davomida ustozlar hamda talaba-yoshlar vatanimizning boy tarixini va betakror tabiatini o’zida mujassam etgan Xonobod shahridagi festivalda barcha viloyatlarning musiqiy chiqishlari, milliy hunarmandchilik san'atlari, ijod va madaniyat namunalarini katta qiziqish bilan tomosha qilmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ichki_turizm

Universitetimiz professor-o’qituvchilari hamda talabalari Qo’qon shahrida sayohatda


Andijon davlat universiteti rektori tashabbusi bilan qishki ta'til davrini mazmunli o'tkazishlari hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida ta’lim muassasamizning bir guruh professor-o'qituvchilari hamda talabalarini “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Qo'qon shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi Noyibjon Xudayorov tomonidan Qoʻqon shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, xususan, xalqimizning koʻp asrlik tarixini oʻzida aks ettiruvchi “Xudoyorxon oʻrdasi”, “Buyuk Allomalar” muzeyi hamda “Modarixon maqbarasi” yaqindan tanishtirildi.

Tashkil etilgan sayohat nafaqat ichki turizmni rivojlantirishga, balki oʻqituvchi hamda talabalarning taʼtil davrini maroqli va mazmunli oʻtkazishga xizmat qildi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐Y
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Andijon davlat universiteti rektori tashabbusi bilan qishki ta'til davrini mazmunli o'tkazishlari hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida ta’lim muassasamizning bir guruh professor-o'qituvchilari hamda talabalari “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Qo'qon shahriga sayohat tashkil etildi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐Y
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

🚉Ichki turizm doirasida Andijonlik talabalar Qoraqalpog'istonga yo'l oldilar

Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan ichki turizm doirasida viloyatdagi davlat oliy ta'lim muassasalarining talaba-yoshlari, shuningdek, Andijon davlat universitetining iqtidorli talabalari Qoraqalpog'iston Respublikasiga yo'l oldilar.

Ayni daqiqalarda sayohatchi talabalarimiz vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida kuy-qo'shiqlar kuylab, ko'tarinki kayfiyat bilan davom etmoqda.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan ichki turizm doirasida Andijon viloyatidagi davlat oliy ta'lim muassasalarining 60 nafarga yaqin talaba-yoshlari Qoraqalpog'istonda bo'lib turibdi.

Bugun, 6-mart kuni Qoraqalpog'istonga yo'nalgan sayohatning dastlabki kunida talabalar Mo'ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.

U yerda muzey xodimalari turli eksponatlar, dengiz mavjudotlarining mumiyolangan haykallari, shuningdek, qoraqalpoq xalqi madaniyatini, an'analarini aks ettiruvchi suviner, milliy kiyimlar bilan tanishtirib chiqdi. Shundan so'ng, yoshlar Orol kemalari qabristoni madaniy obyektida bo'ldi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

🇺🇿 Viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan ichki turizm doirasida Andijon viloyatidagi davlat oliy ta'lim muassasalarining 60 nafarga yaqin talaba-yoshlari sayohatning dastlabki kunida Mo'ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalarining 60 nafarga yaqin talaba-yoshlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga sayohati tashkil qilindi.

🇺🇿 Qoraqalpog‘istonga yo‘nalgan sayohatning dastlabki kunida talabalar Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.

🔹U yerda muzey xodimalari turli eksponatlar, dengiz mavjudotlarining mumiyolangan haykallari, shuningdek, qoraqalpoq xalqi madaniyatini va an’analarini aks ettiruvchi suvinerlar, milliy kiyimlar bilan tanishtirib chiqdi. Shundan so‘ng, yoshlar Orol kemalari qabristoni madaniy obyektida bo‘ldi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan ichki turizm doirasida viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib turibdi.

Bugun, 7-mart kuni Qoraqalpog'istonga yo'nalgan sayohatning ikkinchi kunida talabalar Kegeyli tumani va Nukus shahrini sayohat qildilar.

Tashrif chog'ida Kegeyli tumanida bunyod etilgan kutubxonada bo'ldilar. U yerda yaratilgan sharoitlar va mazkur kutubxonada jam bo'lgan kitoblar bilan tanishib, o'quvchi yoshlar bilan suhbat o'tkazildi.

Tashrif davomida talaba-yoshlar Nukus shahrining markazida joylashgan I.VSavitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat muzeyida bo'ldi. Muzeyda xodimalar tomonidan tarixiy eksponatlar, suratlar va qoraqalpoq madaniyatini aks ettiruvchi milliy libos, zeb-ziynat va haykallar haqida ma'lumotlar berildi.

Bugungi sayohat manzillari talaba-yoshlarga katta taassurot, zavq va foydali ma'lumotlar ulashdi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti professor-o'qituvchilari boshchiligida MHTEB yo'nalishi 2-bosqich talabalari Xonobod shahrida joylashgan "Afsona" dam olish maskaniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar Andijonning so'lim go'shasi bo'lgan, go'zal tabiati bilan mashxur Xonobod shahrida barpo etilgan ushbu "Afsona" dam olish maskanida turistlar va viloyatimiz mehmonlari uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishib chiqdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ichki_turizm

Andijon davlat universiteti jamoasi ko'hna Qo‘qon shahrini sayohat qildi


Joriy yilning 18-may kuni “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Andijon davlat universiteti rektori tashabbusi bilan professor-o'qituvchilar va talabalarni darsdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Qo'qon shahriga sayohat tashkil etildi.

Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi talabalari sayohat davomida Qo'qon shahrining tarixiy obidalari va milliy qadriyatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishib, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi “Xudoyorxon o‘rdasi”, ”Buyuk Allomalar” muzeyi hamda “Modarixon maqbarasi”ni yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ichki_turizm #sayohat

Talabalarimiz "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil" aksiyasi doirasida Samarqand shahrini sayohat qildi


“Yoshlar oyligi” doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida “Yoshlar Turizm haftaligi” o‘tkazilmoqda. Andijon davlat universitetining bir guruh faol talaba-yoshlari ham ushbu haftalikda faol ishtirok etib, yurtimizning tarixiy manzili, ochiq osmon ostidagi muzey, koʻhna Samarqand shahriga bordilar.

Sayohat davomida, yoshlar Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasi, Registon ansambli, Amir Temur monumenti, Bibixonim madrasasi, Islom Karimov maqbarasi va monumenti, Shohizinda majmuasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Samarqand siti hamda Buyuk ipak yoʻli turizm markazi koʻngilochar maskanlari va tarixiy obidalarda boʻlib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube