Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
11.4K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
701 files
13.9K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

"Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang."

✍🏻 Coco Chanel

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#maruza_mashguloti

Xorijlik professorlar universitet talabalariga ma'ruza mashg'uloti o'tdi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Rossiya Fanlar akademiyasi N.D. Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti professor-o'qituvchilari ikki tomonlama kelishuvga asosan Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

✍🏻Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2572

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar
#Qutlov

Abdulaziz Abdurahmonov "Ahmat Qodirov" xotirasiga bag'ishlangan XV xalqaro turnir g'olibi bo'ldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-9-sentabr kunlari Checheniston Respublikasi Grozniy shahrida erkaklar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha an'anaviy "Ahmat Qodirov" xotirasiga bag'ishlangan XV xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Abdulaziz Abdurahmonov universitet sha'nini munosib himoya qilib, 92 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo’ldi.

Turnir chempioni Abdulaziz Abdurahmonov va unga saboq bergan ustozlarini birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev universitet jamoasi va yoshlar nomidan samimiy qutlab, kelgusi musobaqalardagi faoliyatlariga omad tiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kitob_taqdimoti

Universitetda "Yangi Mo'ynoq" kitob-albomining taqdimoti o'tkazildi

Bugun, 16-sentabr kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda ma'naviyat bo'limi hamkorligida “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, universitet professor-o'qituvchilari tomonidan keyingi yillarda yurtimizning eng chekka hududlaridan bo‘lgan Mo‘ynoq tumanida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlar nafasi, yangilanish jarayonlari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube