Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
11.4K subscribers
25.6K photos
2.86K videos
702 files
14K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#davra_suhbati

"Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish" mavzusida
davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 26-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shoʻbasi hamda Andijon viloyati IIB kiberxavfsizlik boʻlimi masʼul xodimlari hamkorligida “Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

✍🏻Batafsil:
https://adu.uz/uz/news/article/2578

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Universitetimizda
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 4-oktabr kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev boshchiligida prorektor, dekan o'rinbosarlari va talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirni prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev ochib berdi va ekstremizm, terrorizm missionerlik g‘oyalari dolzarb masalalardan biri ekani, mazkur harakatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish haqida so'z yuritdi.

Shundan so'ng, Rahmatillo Arziyev hamda Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Yusufxon Jahongirov yoshlarning yuksak ma’naviyat egasi etib tarbiyalash davlat siyosati darajasida qarab kelinayotgani hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbusning ilgari surilishi buning yaqqol misoli ekanini ta'kidladi.

👉🏻@adu_uz
#davra_suhbati

Bugun, 4-oktabr Andijon davlat universitetida Xotin-qizlar kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor hamda universitet psixologi boshchiligida Filologiya fakulteti tyutorlari va talaba-qizlari uchun uchrashuv bo'lib o'tdi.

Suhbatda mas'ullar tomonidan "Odob-axloq kodeksi"ning mazmun-mohiyati, xususan, talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, pedagog va talaba o'rtasidagi o'zaro muloqot madaniyati, uyali aloqa vositalaridan to'g'ri foydalanish qoidalari hamda tashabbuskorlik va ijtimoiy faollik kabi mavzularda so'z yuritildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Kuni kecha Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani, professor Talantbek Madumarov boshchiligida tyutorlar ishtirokida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarning muammolari va takliflari tinglandi. Shundan so'ng, mas'ullar tomonidan universitet ichki tartib qoidalariga amal qilishlik, odob-axloq kodeksi doirasida kiyinish madaniyatiga amal qilgan holda darslarga o'z vaqtida chiqishlari va darslarni o'zlashtirishda faol bo'lishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Bugun, 20-aprel kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tyutorlar ishtirokida "Korrupsiya kelajagimizga tahdid" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbatda dastlab yurtimizda korrupsion holatlarni oldini olish bo'yicha tizimli ravishda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari haqida ma'lumotlar berildi. Shundan so'ng, mas'ullar tomonidan talabalar orasida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, ushbu illat nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz uchun keltiradigan salbiy oqibatlari haqida so'z yuritildi.

Suhbat so'nggida, korrupsion holatlarga duch kelganda korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining ishonch telefon raqamlari va telegram botlariga murojaat etishlari ta'kidlandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Bugun, 22-aprel kuni Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 03-01/7-3477 – sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida talabalar ishtirokida "Xalqaro Yer kuni” ga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.

Unda professor M.Mamajonov iqlim o‘zgarishlari, pandemiya, o‘rmonlarning qisqarishi va cho‘llanish jarayonining tezlashuvi, noyob jonivorlarning qirilib ketayotgani va brakonyerlik avj olayotgani kabi ko‘ndalang turgan masalalar haqida so'z yuritdi.

Shuningdek, tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy, ammo umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim ekani ta'kidlab o'tildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Bugun, 23-aprel kuni Andijon davlat universitetida davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda ochiq tanlovlar jarayonlari bo'yicha "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l" mavzusida talabalar bilan suhbat tashkil etildi.

Davra suhbatida mas'ullar tomonidan vakant lavozimlar, nomzodlar, tanlov komissiyasi va tanlov bosqichlari, shuningdek, ushbu tizimning ishlash jarayonlari haqida taqdimot ma'ruzalari orqali batafsil ma'lumotlar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Universitetda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi


Bugun, 24-aprel Andijon davlat universitetida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan universitet professor-o'qituvchilari va ishchi xodimlari uchun "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan "Mehnat sohasida asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2882

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Talabalar ishtirokida “Ma'rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligini ta'minlash maqsadida oliygoh talabalari ishtirokida "Islom - ma'rifat dini", “Ma'rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2908

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

“InnoX” biznes inkubatori loyihasi boʻyicha davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetida iqtidorli talaba-yoshlarning loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Andijon yoshlar texnoparki mutaxassislari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2921

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

"Birinchi kurs maktabi" doirasida tanishuv darslari o'tkazildi

Andijon davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Y.Narmuhamedov boshchiligida oliygohimizning barcha fakultetlarida talabalar uchun "Birinchi kurs maktabi" doirasida davra suhbatlari tashkil etildi.

Suhbat davomida mas'ullar tomonidan mazkur bo'limning universitetdagi faoliyati va vazifalari bilan tanishtirilgach, korrupsiya tushunchasi, ushbu illatning oldi olinmasa qanday oqibatlarga olib kelishi bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Uchrashuv so'nggida bo'limga murojaat etishlari uchun ishonch telefon raqamlari va telegram bot manzili yetkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube