Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
11.2K subscribers
26.6K photos
2.93K videos
704 files
14.4K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
Forwarded from ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal (Нумонжонов Мухиддин Гуламжанович)
#Amaliyot_2021

Bugun 15 iyun Tabiiy fanlar fakultetining biologiya va ekologiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari o'quv dala amaliyotini o'tash uchun Xo'jaobod tumani Karnaychi qishlog'ida joylashgan ADU yozgi oromgohiga yo'l oldilar.

Talabalarni amaliyot safari oldidan fakultet dekani N.X.To'xtaboyev, dekanat jamoasi, ustozlar o'z duolari bilan kuzatdilar.
Oromgohga yetib borgach talabalarga kafedra o'qituvchilari, IIB xodimlari kerakli tushunchalar berib o'tdi.

Ushbu 72 soatlik amaliyot darsida talabalar o'simliklar qoplamini o'rganib, nazariy bilimlarini mustahkamlab olishida va o'qishlarida talabalarga omadlar tilaymiz.

@tabiiy_fanlar_adu
#Fakultet_yangliklari
#Ichki_turizm
#Amaliyot_darsi

TARIX FAKULTETI TALABALARI ANDIJON QAL'ASIGA SAYOHAT QILISHDI

📅Joriy yilning 13-may kuni Andijon davlat universiteti tarix fakultetida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari Andijon shaxrida joylashgan "Krespost" qalʼasiga sayohat qildi.

🕍Tyutor Sultonova Mahfuzahon boshchiligida tashkil etilgan ushbu sayohatdan koʻzlangan asosiy maqsad talabalarga amaliyot darslarini oʻtashga yordam berish hamda hududlardagi tarixiy obidalar toʻgʻrisida yaqindan tanishishdan iborat.

🛤Talabalar sayohat davomida qalʼada joylashgan qadimiy buyumlarning oʻziga boy tarixi haqida soʻz yuritdilar.

♻️Tashkil etilgan ekskursiyadan talabalar juda mamnun boʻldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amaliyot_2022

🎓BIOLOGIYA YO‘NALISHINING TALABA-YOSHLARI AMALIYOTDA

📆Bugun, 1-iyul kuni Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
biologiya ta'lim yo'nalishi
301-guruh va 304-guruh talabalari
F.To'xtaboyeva va M.Akbarov boshchiligida ishlab chiqarish amaliyotini O'zbekiston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Andijon viloyat boshqarmasida olib bordilar.

🔰Bugungi amaliyotda talabalarga avval tabiiy fanlar fakultetida tahsil olgan xodimlar ikkinchi toifali mutaxasis, leytenant Mahliyo Mansurova hamda ikkinchi toifali mutaxasis Devonova Dildoralar tanishtirish va tushuntirish ishlarini olib bordilar.

🖇Bugungi amaliyot kungidan ham qiziqarli va samarali bo'ldi. Talabalar ushbu ishlab chiqarish amaliyoti davomida o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'la javob oldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ichki_turizm
#Amaliyot

🧑🏻‍🎓👨🏻‍🎓ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TALABALARI XUDOYORXON O‘RDASIDA

🕌Tarix
fakulteti madaniyat va san'at yo'nalishining 3-bosqich talabalari amaliyot o'tash uchun Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan bunyod etilgan va bizning davrimizgacha saqlanib kelayotgan Xon o‘rdasida bo‘ldilar.

👀Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#amaliyot_mashguloti

Talabalarning nazariy bilimlari amaliyotda mustahkamlandi


Bugun, 5-mart kuni Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Inson resurslarini boshqarish yoʻnalishi talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot jarayoni bilan uzviy bogʻliqlikda mustahkamlash maqsadida Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti D.Nurmatov boshchiligida Andijon shaharidagi “Ishga marhamat” monomarkazi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga amaliyotga chiqishdi.

Amaliyot davomida mutaxassislar tomonidan bugungi kundagi faoliyati davomida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar qiziqishlari bo'yicha savollariga soha mutaxassislari tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Tashkil etilgan ushbu amaliyot mashg'ulotlari talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#amaliyot

Talabalarning nazariy bilimlari amaliyotda mustahkamlanmoqda

Andijon davlat universiteti biologiya ta'lim yo'nalishi talabalari auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Xonobod shahridagi "Suv ta'minot" MCHJ "Kampirravot" suv tozalash inshootida amaliyot o'tadilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#amaliyot

Talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universiteti talabalarini auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda o‘quv rejada ko‘rsatilgan amaliyotni bajarish maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchilari Azizbek Mamajonov va Begali Dehqonovlar boshchiligida geografiya yo‘nalishi birinchi bosqich talabalari Xonobod shahrida bo'ldilar.

Amaliyotda talaba-yoshlar Andijon-Xonobod yo'nalishidagi gipsometrik xususiyatlarni, Xonobod suv tozalash korxonasinining xo'jalik ahamiyati, suvni tozalashning laboratoriya orqali zamonaviy usullari va viloyatimizning diqqatga sazovor hududlarini geografik planda o'rgandilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube