Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
9.96K subscribers
23.2K photos
2.51K videos
678 files
13K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#imtihon_jarayonlari

Universitetda yakuniy nazorat imtihonlari mas'ullar tomonidan nazorat qilinmoqda

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash maqsadida jarayon jadvalida ko'rsatilgan va belgilangan tartibda magistrlik dissertatsiyasi himoyalari, yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 27-may kuni Pedagogika va san'atshunoslik hamda Matematika fakultetlarida yakuniy nazorat imtihonlari o'z vaqtida belgilangan tartibda boshlanganligi, yakuniy nazorat savollari to'g'ri tuzilganligi va tasdiqlanganligi, jarayonlar shaffof va adolatli o'tkazilayotganligi o'quv-uslubiy boshqarma tomonidan o'rganildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#imtihon_jarayonlari

🎓Universitetimizda bitiruvchilarga yakuniy davlat imtihonlari davom etmoqda

Joriy o‘quv yilida Andijon davlat universitetini 7540 nafar talabalar bitirishi kutilmoqda. Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan, 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestatsiya sinovlari 14-maydan 10-iyulga qadar o'tkazilishi belgilangan.

Bugun, 6-iyun kuni Tarix fakultetining bakalavriat ta'lim yo'nalishining 210 nafar bitiruvchilari uchun majburiy fanlardan yozma shaklda yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo'lib o'tmoqda.

Imtihon jarayonlarini tartibli va xolisona o‘tishida komissiya a'zolari hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti “Qalqon” guruhi nazorat qilib bormoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#imtihon_jarayonlari

Sirtqi ta'lim yo'nalishi bitiruvchilariga yakuniy davlat imtihonlari boshlandi

Andijon davlat universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga asosan, 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalariga yakuniy davlat attestatsiya sinovlari 14-maydan buyon belgilangan reja asosida o'tkazilmoqda.

Bugun, 21-iyun kuni Andijon davlat universitetida bakalavriat ta'lim yo'nalishining sirtqi ta'lim shaklida tahsil olgan 367 nafar bitiruvchilari uchun majburiy fanlardan test shaklda yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo'lib o'tdi.

Imtihon jarayonlarini adolatli va haqqoniy o'tishini komissiya a'zolari o‘quv xonalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari orqali nazorat qilib bordi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube