Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
11.2K subscribers
26.6K photos
2.93K videos
704 files
14.4K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Muhim

⚡️O‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?

1️⃣ Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida).

Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi.

2️⃣ Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”):

mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi.

o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin.

Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.

🔚 Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

@adu_uz
Forwarded from Edu.uz
#Muhim
#Qo‘shimcha

Hozirda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati o‘z ishini boshlamadi.

Ushbu ishlar yakuniga yetganidan so‘ng ariza berish imkoni yaratiladi. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

На данный момент услуга подачи заявления на размещение в студенческих общежитиях не запущена, так как информация о рекомендованных к обучению на 1-м курсе вносится в электронные базы данных.

После завершения данных работ услуга будет доступна. Дополнительная информация о статусе услуги будет предоставлена.

At the moment, the service of applying for accommodation in student dormitories has not been launched, since information about those recommended for study in the 1st year is entered into electronic databases.

After the completion of these works, the service will be available. Additional information about the status of the service will be provided.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#muhim

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olishbo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Yangi 2023/2024-oʻquv yilida Andijon davlat universiteti talabasi degan yuksak maqomga erishgan birinchi bosqich  talabalarini 4-sentabr kuni soat 8:00 da universitetda oʻtkaziladigan, yangi o’quv yiliga bagʻishlangan tantanali tadbirga taklif etamiz.

Manzili: Universitet ko'chasi 129-uy 🚖geolokatsiya

Qadrli talaba-yoshlar, Andijon davlat universiteti sizlarni o'z bag'rida ko'rishdan mamnun!

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Жадвал..pdf
94.6 KB
#Muhim

2023/2024-o‘quv yili uchun Andijon davlat univesitetiga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish suhbat asosida o'tkazilishi belgilandi.

Talabgorlar uchun suhbat jarayonlari 14-sentabr kuni universitetning kichik majlislar zalida soat 9:00 da o’tkazilishi belgilandi.

Talabgorlar qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali olishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:

+998742248189
+998742248187

📱Manzil: Andijon shahar Universitet ko'chasi 129-uy 🚖geolokatsiya

Andijon
davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#muhim_yangilik

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Doktorantura_2024
#muhim

Andijon davlat universiteti 2024-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi.

📋Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 1-chorak uchun hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktyabrga qadar oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.

✔️Batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lish uchun universitetning asosiy binosidagi Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi 308-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Andijon shahar Universitet ko'chasi 129-uy 🚖geolokatsiya

☎️Murojaat uchun telefon: +998742238363

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Elon
#Muhim

🎗"YILNING ENG FAOL TALABALAR TEATR STUDIYALARI" TANLOVI O'TKAZILADI

📅 Joriy yilning 10-oktabr kuni soat 13:00 da Andijon davlat universitetida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining fakultetlararo bosqichi o’tkaziladi.

🎗 Ushbu tanlovda:
🔸“Eng yaxshi spektakl”;
🔸“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun”;
🔸“Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun”;
🔸“Eng yaxshi erkak roli uchun”;
🔸“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyalari bo’yicha g’olib aniqlanadi.

🏆G’olib bo’lgan jamoaning har bir ishtirokchi talabalari (12 nafargacha) hamda personal nominatsiya g'oliblari (2 nafar) universitet mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

🎭Iqtidorli talabalar universitetning “Humo” talabalar teatr jamoasiga qo‘shilishi mumkin. O‘z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang.

👀Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#muhim

⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔸Akramjon Yuldashev — Andijon davlat universiteti rektori, professor;
☎️ +998933318254
🌐 @anddu_rektori_bot

🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi;
☎️+998993996688

🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️ +998742248191
🌐@adu_anticorruptionbot

❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.

#muhim #tanlov

🎓 Hurmatli talabalar! Oʻz imkoniyatlaringizni qoʻldan boy bermang!

Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalaviaturaning 2-3-bosqich hamda magistraturaning 1-bosqichichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

🗂Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz so'raladi:

🔸Hemis platformasidan transkript (o'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan);
🔸Dekan va kafedra mudirining tavsiyanomasi;
🔸Dekanning talabgor talaba hujjatlari hamda baholarining haqqoniyligini aks ettiruvchi kafolat xati;
🔸Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining tavsiyanomasi (fikrnoma);
🔸Ilmiy ishlarining roʻyxati va ularning bosma nusxalari (3x4 shaklda);
🔸Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlarning nusxalari (rangli) va boshqa erishgan yutuqlarning fotosuratlari;
🔸Maʼlumotnoma (obʼektivka);
🔸Tarjimai hol (rasmli);
🔸Pasport nusxasi.

⌛️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarning yigʻma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 15-iyunidan 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (asosiy bino 3.23-xona)ga taqdim etishlari soʻraladi.

📤Murojaat uchun:
☎️+998990901321 @Nizomov_Jasurbek
Telegram manzil: https://t.me/iqtidor_323

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#muhim

⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔸Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori;
☎️ +998742238830
🌐 @anddu_rektori_bot

🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi;
☎️+998993996688

🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️ +998742248191
🌐@adu_anticorruptionbot

❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #muhim

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari davom etmoqda!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.