#elon #Kamoliddin_Behzod
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovi respublika davlat oliy taʼlim muassasalarining dastgohli rangtasvir, rangtasvir, grafika va miniatyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha) yoʻnalishlarining oxirgi ikki kursida taʼlim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun oʻtkazilishini ma'lum qilamiz.
Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarga Badiiy akademiya raisining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi beriladi. Guvohnoma talabalarga Badiiy akademiya tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriat bosqichini tamomlaganidan so‘ng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi. Shuningdek, o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishida ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar.
📋Tanlov nizomi bilan tanishing
Talabgorlarning hujjatlari (bosma va elektron variantda) qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilinadi.
Murojat uchun: @Nizomov_Jasurbek
Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube