Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
10.3K subscribers
23.7K photos
2.6K videos
693 files
13.3K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#uchrashuv

Rektor CAMP-1 o'quv seminarda ishtirok etishi belgilangan talabalar bilan uchrashdi

Bugun,16-sentabr kuni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev seminar-treningda ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi va ularga har daqiqa vaqtdan unumli foydalangan holda tajriba va malakalarni oshirib, seminarda faol ishtirok etishlarida omad tiladi.

✍🏻Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2573

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1-октябрь Низоми.pdf
1.4 MB
#sport_musobaqalari

“1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport musobaqalari o'tkaziladi

Andijon davlat universitetida ustozlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni sport turlariga jalb qilish maqsadida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan professor-oʻqituvchilar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil etiladi.

Ushbu musobaqada jamoalar voleybol, mini futbol shaxmat, stol tennis sport turlari boʻyicha bellashadilar. Gʻolib jamoalar universitet rahbariyatining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanаdi.

📋Musobaqa o‘tkazish tartibi to’g’risidagi nizom bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
❗️Doktorantura ixtisosliklari uchun talab etiladigan xorijiy tillar boʻyicha sertifikatlar roʻyxati eʼlon qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi eʼlon qilindi.

Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi belgilangan.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.)

✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q)

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 8-sentyabr holatiga), 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.

***

Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti olish bo’yicha ma’lumot:
https://t.me/xushnudbek/20892

Taʼlim krediti mavzusida ovozli chatni eshitish (2021-yil 21-avgustdagi):
https://t.me/xushnudbek/10938

O‘qishni ko‘chirganlar qachon taʼlim krediti olishi mumkin:
https://t.me/xushnudbek/10942

10 mln so‘m taʼlim krediti olish uchun oyiga qancha oylik ish haqi talab etiladi:
https://t.me/xushnudbek/10950

Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa bo‘ladimi?
https://t.me/xushnudbek/21153
#Kun_tarixi

📆Bugun 18-sentabr, dushanba

🇺🇳 Xalqaro elektron kitob o‘qish kuni.
🇺🇳 Jahon suv monitoringi kuni.
🇦🇿 Azarbayjon — milliy musiqa kuni.
🇮🇷 Eron — Fors adabiyoti va she'riyati kuni.

Tarixiy voqealar:

📰1851-yil — New York Times
gazetasining birinchi soni nashr etildi. (uning narxi 2 sent edi.)
🚊 1893-yil —Missisipi va Tinch okeani o'rtasidagi Buyuk Shimoliy temir yo'l qurilishi yakunlandi.
🗺 1502-yil — Kristofor Kolumb dunyoga to‘rtinchi safari chog‘ida Kosta-Rika qirg‘oqlariga qo‘ndi.

🎊 Tug'ilgan kunlar:

👨🏻‍🔬18-sentabr 1819-yil Jan Bernard Leon Fuko yorugʻlik tezligini hisoblagan fransuz fizigi, giroskop va Fuko mayatnikining yaratuvchisi.
👨🏻‍💼18-sentabr 1885-yil — Uzeyir Hajibeyov ozarbayjon bastakori, ( Ozarbayjon SSR va Ozarbayjon Respublikasi madhiyalari muallifi.)
🤵🏻‍♂️18-sentabr 1939-yil Xorxe Sampaio (2021-yilda vafot etgan), Portugaliya sobiq prezidenti (1996-y.dan—2006-y.gacha).

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Kun_hikmati

"Eng baland minora ham yerdan ko‘tariladi."

✍🏻 Amir Temur

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

"Yoshlar OITSga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 18-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Filologiya fakulteti talabalariga viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan “Yoshlar OITSga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi shifokorlari Gulbahor Isaqova, Ikromjon O’ktamjonovlar OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, sanitariya-gigiуena madaniyatini yuksaltirish, OITS va uning ayanchli oqibatlari haqida ma’lumotlar berib, turli xil illatlardan yoshlarimizni himoya qilish uchun, avvalo, ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish kerakligi toʻgʻrisida so'z yuritdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#e’lon

⚡️TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali 24-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihonlar 26-sentabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari 10 ish kunida taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL Itp — ma’lumot | qo‘llanma (matn ustiga bosing);

☎️ Murojaat uchun telefonlar: (95) 515-68-68, (95) 507-70-72.
📱 Telegram: 👉 https://t.me/dtmtoefl

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#seminar_trening

Universitetda Intellektual mulk markazi vakillari hamkorligida seminar o'tkazildi

Bugun, 18-sentabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk markazi vakillari hamkorligida talabalar uchun “Ixtiro va foydali model. Talabnomani tayyorlash, ish yuritish”, "Xalqaro patent klassifikatori” mavzularida seminar tashkil etildi.

Seminarda Sunnatulla Rahmonov va Ikromjon Abdukadirovlarning “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, xorijda patentlash amaliyoti”, “Patent bazalaridan foydalanish” hamda “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

Seminar davomida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube