Milliy kuylar jarang sochdi: “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da gastrol konsert bo‘lib o‘tdi
Bugun, 25-aprel kuni Bobur shaharchasidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” yozgi amfiteatrida Andijon davlat pedagogika instituti Milliy musiqa cholg‘ulari ansambli tomonidan gastrol konserti tashkil etildi.
Konsert dasturini institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Parpiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U mazkur gastrol konserti yoshlarning estetik didini shakllantirish, milliy musiqaga mehr uyg‘otish va madaniy hordiq chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ansambl a’zolari tomonidan ijro etilgan milliy kuylar zamonaviy talqinda yangrab, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi. An’anaviy cholg‘ularda ijro etilgan kompozitsiyalar yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglashga undadi.
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovich dissertatsiya ishini himoya qildi
Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi katta o‘qituvchisi Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovichning “O‘zbekiston SSR ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar (1946–1991-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘tkazildi.
Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishining dolzarbligi, tarixiy manbalarga tayangan tahlillari va ilmiy-amaliy ahamiyatini asoslab berdi. Shuningdek, rasmiy opponentlarning fikr-mulohazalari hamda Ilmiy kengash a’zolarining savollariga asosli va batafsil javoblar berdi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan ma’qullanib, Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Sherzodbek Maribjonovichni ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklab, unga kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar turar joyida “Talabalar oqshomi” madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida “Talabalar oqshomi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir institutning Musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan ijodkor talabalar ishtirokida tashkil etildi. Oqshom davomida kuy-qo‘shiqlar, jonli ijroda musiqiy kompozitsiyalar, shuningdek, talabalar hayotidan ilhomlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning estetik didini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va institutda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan “Talabalar oqshomi” talabalar uchun yorqin hissiyotlar va unutilmas lahzalarni taqdim etdi.