Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.3K subscribers
32K photos
1.6K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“Atlas elegant fashion” milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan “Atlas elegant fashion” nomli milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, professor B.Rasulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir doirasida talaba-qizlar tomonidan atlas va adras matolaridan tikilgan, milliy va zamonaviy uslub uyg‘unligida yaratilgan liboslar namoyish etildi. Ko‘rgazmada nafaqat liboslar dizayni, balki u orqali milliylik, an’anaviy madaniyat va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligi namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, sahnada talaba-qizlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sahna chiqishlari namoyish qilindi. Bu orqali ishtirokchilar nafaqat o‘z iqtidorlarini, balki o‘zbek xalqining boy madaniy merosini faxr bilan aks ettirishdi.

Tadbir yakunida institut Xotin-qizlar Kengashida faoliyat olib borayotgan fakultetlarning dekan maslahatchilari institut rektori tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy urf-odatlarimizga hurmat, o‘ziga ishonch, estetik did va g‘urur hissini shakllantirishga xizmat qildi.

Fotogallareya

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy uchrashuv o‘tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori B.Rasulov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Sh.Abdusamatov, “O‘zmilliybank” AJ bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Xasanov, bank sohasi mutaxassislari, mahalliy hokimliklar vakillari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda bitiruvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa imtiyozli kreditlar olish tartibi, zarur hujjatlar ro‘yxati, kredit olish jarayonidagi amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, mehnat bozoridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilish, bevosita muloqotga kirishish imkoniga ega bo‘ldilar.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shoir tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi

Yurtimizning ardoqli shoiri, xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan Muhammad Yusuf tavalludining yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida adabiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida shoirning hayoti va boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan chiqishlar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi. Talabalar Muhammad Yusuf ijodidagi yurtparvarlik, sadoqat, muhabbat va insoniylik ruhini o‘z ifodalarida jonli tarzda yetkazishga harakat qildilar.

Tadbir davomida shoir hayotiga oid qiziqarli faktlar, uning xalqchil satrlari, adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida ham ma’ruzalar tinglandi. Fakultet jamoasi tomonidan tashkil etilgan adabiy burchak va kitob ko‘rgazmasi esa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir yoshlarda milliy g‘urur, ijodkorlikka ishtiyoq va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM