"O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" V Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida intellektual tadbir o'tkazildi
Andijon davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" V Respublika kitobxonlik haftaligi munosabati bilan 23-aprel kuni “Bilimingizni sinang” deb nomlangan savollar doskasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida intellektual zukkolikni oshirish, bilimlarni mustahkamlash hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi. Yashiringan savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Shuningdek, Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan kitoblar ko‘rgazmasi va intellektual o‘yinlar ham barchaning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar savollarni yanada murakkablashtirish va qiziqarli formatlarda davom ettirish takliflarini bildirdilar.
Haftalik doirasida institutning barcha fakultetlaridan professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etmoqda.
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Muhammad Yusuf el ardog‘ida” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida atoqli xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Muhammad Yusuf el ardog‘ida” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida shoirning sermazmun ijodiy faoliyati yodga olindi, uning eng sara she’rlari va ularning asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, shoir hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna chiqishlari, adabiy kompozitsiyalar namoyish qilindi. Tadbir ishtirokchilari Muhammad Yusuf ijodiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromni qalbdan his etib, uning asarlari xalq qalbida yashayotganini yana bir bor e’tirof etdilar.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda adabiyotsevar yoshlar faol ishtirok etdi.

Institut talabalari Muhammad Yusuf tavallud topgan qishloqqa tashrif buyurdi
Andijon davlat pedagogika institutida shoir, Andijon farzandi Muhammad Yusuf tavalludi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan institutning Filologiya fakulteti dekani Sh.Hasanov rahbarligida professor-o‘qituvchilar va talabalar shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumaniga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar Muhammad Yusufning uy muzeyiga borib, u yerdagi tarixiy manbalar, shoirga oid nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Qovunchi qishlog‘ida joylashgan shoir yodgorlik monumenti ziyorat qilinib, uning hayoti va ijodiga doir muhim ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.
Mazkur tashrif yoshlarning yurtga muhabbat, adabiyot va san’atga hurmat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularda shoir ijodini chuqur anglash va qadrlash tuyg‘ularini mustahkamladi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari ifodali o‘qilib, shoirning adabiy merosiga bo‘lgan chuqur ehtirom ifoda etildi.