Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.4K subscribers
31.9K photos
1.6K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“Zukko kitobxon” tanlovining aprel oyi g‘oliblari aniqlandi

Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida talabalarning kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish, adabiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori B. Rasulov ochib berdi. Shu bilan birga, mart oyida bo‘lib o‘tgan tanlovning saralash bosqichi g‘oliblariga 150 ta badiiy kitobdan iborat sovg‘a jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Tanlovda 26 ta jamoa ishtirok etib, o‘zbek va jahon adabiyotiga oid 10 ta asar asosida tuzilgan savollarga javob berish orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

🏆 1-o‘rin – Ziyo jamoasi
🥈 2-o‘rin – Booklovers jamoasi
🥉 3-o‘rin – Filora jamoasi

Tadbir ishtirokchilari bu kabi tanlovlar talabalar o‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, adabiy bilimlarni boyitish va intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Student Quiz” – bilim va tafakkur bellashuvi davom etmoqda

Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida katta ommalashuvga erishgan “Student Quiz” intellektual o‘yinining 9-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori, professor Baxtiyor Rasulov ochib berib, mazkur loyihaning talabalar bilimini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi.

“Student Quiz” tanlovi mantiqiy fikrlash, tasviriy tafakkur, kino san’ati hamda musiqa sohasiga oid bilimlarni qamrab olgan bo‘lib, interaktiv shaklda tashkil etiladi. Navbatdagi turda jami 28 jamoa ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyati va jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov nafaqat raqobat muhitini sog‘lom shakllantirish, balki talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bilimga qiziqishini oshirish hamda ularning madaniy va tafakkuriy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Student Quiz”ning 9-o‘yini bo‘lib o‘tdi!

🎉 “Student Quiz”ning 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan 9-o‘yinida 28 ta jamoa ishtirok etdi!

🔥 So‘nggi turgacha intriga saqlanib turgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin#Biology
🥈 2-o‘rin#ADPI_Pro
🥉 3-o‘rin#Iqtidorsiz_talabalar

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 25-aprel, juma.

📆 Bugun:

🌏Butunjahon pingvinlar kuni
🇺🇳
Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.
🇺🇳 Xalqaro delegatlar kuni.

Tarixiy  voqealar:

🏛 1808 - Sharqiy Evropadagi birinchi Praga konservatoriyasi tashkil etildi.
🔰 1945 - San-Fransiskoda BMT Nizomini tayyorlash bo'yicha 50 ta mamlakatning xalqaro konferentsiyasi boshlandi (26-iyungacha).
1954 - "Bell Phone"  kompaniyasining Amerika tadqiqot markazi quyosh batareyalarini yaratishni e’lon qildi.
📝 2005 - Bolgariya va Ruminiya Evropa Ittifoqiga qo'shilish to'g'risidagi bitimni imzolashdi.

🎉 Bugun tug'ilganlar:

👨‍✈️ 1883 - Semyon Budyonniy (1973) - Sovet harbiy qo'mondoni, Fuqarolar urushi qahramoni, Sovet Ittifoqi marshali.
👨🏻‍🔬 1900 - Volfgang Pauli (1958) - Shveytsariyalik fizik, kvant mexanikasining asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1945).
🤵🏻 1940 - Al Pachino - amerikalik teatr va kino aktyori, rejissyor, prodyuser.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦
⚽️ 8-TUR UCHRASHUVLARI


Hurmatli talabalar va futbol ishqibozlari!
Sizlarni "Rektor Kubogi" 8-tur bahslariga taklif etamiz!

🗓 25-26 aprel
🏛 Andijon davlat pedagogika instituti mini futbol maydoni

🔢🔢🔢🔢
🔢🔢🇮🇹Xo‘jalik bo‘limi 🆚 Ijtimoiy fanlar🇩🇪
🔢🔢🇫🇷 Jismoniy madaniyat 🆚 O‘quv bo‘limi🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿
🔢🔢🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Aniq fanlar 🆚 Pedagogika🇵🇹

🔢🔢🔢🔢
🔢🔢🇮🇹Akademik litsey 🆚 Filologiya🇪🇸
🔢🔢🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿MT ADPI 🆚 Tyutorlar🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿
🔢🔢🇮🇹Buxgalteriya bo‘limi 🆚 Ijtimoiy va amaliy🇩🇪
🔢🔢🇪🇸Tabiiy fanlar 🆚 Rektorat🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿

⚡️ Kelib, jamoalaringizni qo‘llab-quvvatlang va ajoyib futbol muhitidan bahramand bo‘ling!

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bekmuratova Shoxidaoy Ne’matjanovnaga dotsent ilmiy unvoni berildi


Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi Bekmuratova Shoxidaoy Ne’matjanovnaga pedagogika ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.

Bekmuratova Shoxidaoy Ne’matjanovna 1990-yil 31-iyulda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli tamomlagan. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.

Bekmuratova Sh.B. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi bo‘lib, bir qancha xalqaro tanlovlarda g‘olib chiqqan. U “Saraymulkhonim portreti”, “Oqshom”, “Onalik”, “Jannatmakon o‘lkam”, “Z.M.Bobir portreti”, “Sabot”, “Hayot” kabi asarlari bilan keng jamoatchilik e’tiborini qozongan.

Shuningdek, u “Qalamtasvir” darsligi, bir nechta o‘quv qo‘llanmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Ushbu yutuq bilan Bekmuratova Shoxidaoy Ne’matjanovnani samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM