“Kelajakka qadam” – shijoatli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi
Joriy yilning 24-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, Andijon viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 7-bandiga muvofiq amalga oshirildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish, ularni o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish, mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, startaplar va yoshlar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘z g‘oyalari, startap loyihalari va takliflarini bildirdilar. Ularning savollariga batafsil javoblar berildi hamda ilgari surilgan tashabbuslar asosida yangi biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yoshlar uchun maxsus dasturlarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat pedagogika institutida Kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda milliy sport turlariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida Kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqaning ochilish marosimida institut rektori, professor Baxtiyor Rasulov ishtirok etib, yosh sportchilarga muvaffaqiyat tiladi va sportning inson tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Mazkur musobaqada institutning turli fakultetlaridan 30 dan ortiq iqtidorli sportchi talabalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Kurash bellashuvlari halol va murosasiz kurashlar bilan davom etdi.
“Rektor kubogi” musobaqasi talabalar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning jismoniy sog‘lig‘i va irodaviy sifatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Student Quiz” intellektual o‘yini sirtqi ta’lim talabalari o‘rtasida ham o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Student Quiz” intellektual bellashuvi bu safar sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida ham tashkil etildi.
Ushbu bosqichda institutning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan sirtqi ta’lim talabalari tomonidan tuzilgan 23 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tasviriy tafakkur, kino san’ati va musiqa yo‘nalishlariga oid savollar asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov interaktiv va bahsli ruhda o‘tdi. Unda qatnashgan talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish barobarida bir-birlaridan o‘rganish, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.