“Xalq og‘zaki ijodi – xalq qadriyatlari manbai” mavzusida folklor tadbiri o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Qirg‘iz tili va adabiyoti yo‘nalishining 1-kurs talabalari tomonidan “Xalq og‘zaki ijodi – xalq qadriyatlari manbai” mavzusida folklor tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut rektori B. Rasulov kirish so‘zi bilan ishtirok etib, xalq og‘zaki ijodining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, institutning professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.
1-kurs talabalari Qirg‘iz xalq og‘zaki ijodi fanidan olgan bilimlarini sahna chiqishlari orqali namoyish etdilar. Hisobot seminar tarzida tashkil etilgan tadbirda talabalar darslikdagi mavzular doirasida Qirg‘iz xalq og‘zaki asarlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatib berdilar.
Tadbirning yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, unda akademik mobil dasturi asosida institutda tahsil olayotgan I. Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universiteti talabalari — AbdiLaxat qizi Dilbar va Bolot o‘g‘li Xantemir ham faol ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari Qirg‘iz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlardan chuqur taassurot oldilar.
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM