Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.4K subscribers
31.9K photos
1.6K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi – 2025” futbol musobaqasining 1/8 final bahslari boshlandi


Andijon davlat pedagogika institutida talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi – 2025” futbol turnirining guruh bosqichi yakuniga yetdi. 23-aprel kuni musobaqaning 1/8 final bosqichidagi dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turnir ishtirokchilari va tomoshabinlar uchun qiziqarli kechayotgan bahslarda jamoalar pley-off bosqichiga chiqish uchun kurashmoqda.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida mutasaddi idora vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi talabalar bilan tizimli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur uchrashuvlardan biri joriy yilning 23-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etildi. Tadbirda tegishli tashkilotlar vakillari, bank mutaxassislari, mahalliy hokimliklar mas’ullari, fakultet dekanlari va bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida talabalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari, ayniqsa, imtiyozli kreditlar ajratish tartibi, kerakli hujjatlar ro‘yxati va amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mehnat bozoridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda ishtirok etgan bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlar bandligini ta’minlashda samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦

Andijon davlat pedagogika instituti rektorining sayyor qabuliga marhamat

Ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, talabalarning taklif va muammolarini bevosita eshitish maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti rektorining institut talabalari va pedagog xodimlar bilan sayyor qabuli tashkil etiladi.

Sayyor qabul davomida talabalarning ta’lim jarayoniga oid fikrlari, takliflari va murojaatlari tinglanadi, mavjud muammolarga joyida yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu kabi uchrashuvlar ochiq muloqot va samimiy suhbat ruhida o‘tishi rejalashtirilgan.

Sayyor qabul o‘tkazilish joyi va kuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦
Hurmatli san’atshunoslar, musiqa ishqibozlari va barcha yurtdoshlar!


Sizlarni 2025-yil 25-aprel, juma kuni soat 14:00 da Bobur shahrida bo‘lib o‘tadigan institutimiz Milliy musiqa cholg‘ulari ansamblining gastrol konsertiga taklif etamiz!

🔹 Yangi nafas, bebaho an’analar va yuraklarga oydinlik baxsh etuvchi milliy kuylar!
🔹 Talantli ijrochilar tomonidan jonli ijroda taqdim etiladigan go‘zal musiqiy asarlar!
🔹 Vatan ruhini teran his ettiruvchi betakror musiqiy kecha!

📍 Manzil: Bobur shahri

Keling, milliy musiqa olamida birgalikda sayr qilaylik!

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 24-aprel 2025-yil, payshanba.

📆 Bugun:

🇺🇳 Xalqaro yoshlarning birdamlik kuni.
🌎 Butunjahon laboratoriya hayvonlarini himoya qilish kuni.
🇺🇳Tinchlik uchun xalqaro ko'p tomonlama diplomatiya kuni.

Tarixiy  voqealar:


🗞 1704 - Bostonda AQSh koloniya bo‘lgan davrdagi birinchi muntazam gazeta - Boston News Letter nashr etila boshlandi.
🚢 1961 - "Vaza" kemasi dengiz tubidan olib chiqildi.
🔰 2001 - O'zbekistonda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topdi.

🎉 Bugun tug'ilganlar:

🖋 1226 - Bahouddin Muhammad-i Valad (1312) - fors so'fiy shoiri, Mavlaviyya so'fiylik tariqati asoschisi.
📊 1620 - Jon Graunt (1674) - ingliz statisti, demografiya asoschisi.
⛏️ 1954 - Abdugʻani Karimov - naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (2005).
🤸‍♀️ 1982 - Irina Chashina - rossiyalik sportchi, badiiy gimnastika bo'yicha uch karra jahon chempioni, olti karra Yevropa chempioni.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркман халқининг миллий етакчиси Гурбангули Бердимуҳамедов биргаликда дарахт экдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Национальный лидер туркменского народа Гурбангулы Бердымухамедов вместе посадили дерево.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #daraxt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X