Andijon davlat pedagogika instituti sportchilari “Universiada”ning Respublika bosqichida ishtirok etadi
Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Universiada” sport musobaqalari doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Street Workout sport turi bo‘yicha viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi talabalardan tashkil topgan Andijon jamoasi endilikda Respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qilish uchun Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga yo‘l oldi.
Quvonarlisi shundaki, Andijon viloyati terma jamoasi tarkibida Andijon davlat pedagogika instituti talabalarining ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, Rasulov R., Abdusalomov Sh., Sodiqov E., Yunusaliyeva P., Abdulayeva O. va Egamova M. kabi iqtidorli talabalarimiz ushbu jamoaning faol a’zolari sifatida tanlab olindi.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi sportchilariga Respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz!
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Sharq yulduzlari": O‘zbek va rus qadriyatlari uyg‘unligi sahnada
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Звёзды Востока” (“Sharq yulduzlari”) nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori, professor B. Rasulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Mazkur tadbir institutda tahsil olayotgan o‘zbek va rus millatiga mansub talabalarning ijodiy chiqishlari bilan boyitildi. Unda ikki xalqning boy madaniy merosi, an'analari, urf-odatlari, musiqasi va milliy liboslari namoyon etildi. Talabalar sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar orqali qadriyatlarning uyg‘unligini yorqin ifoda etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ko‘p millatli yurtimizda millatlararo totuvlik, madaniy xilma-xillik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, yoshlar orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, ularni o‘zligiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar institut ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Akademik litsey o‘quvchilari Andijon davlat pedagogika instituti hayoti bilan tanishdilar
Bugun, 23-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti Akademik litseyi o‘quvchilari institutga tashrif buyurib, bu yerda talabalarning ilm olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida dastlab institut rektori, professor Baxtiyor Rasulov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “Litsey iftixori” nomli stipendiya g‘oliblari taqdirlandi. Mazkur stipendiya Akademik litsey o‘qituvchilari uchun ta’sis etilgan bo‘lib, g‘oliblarga har oyda 750 000 so‘m miqdorida mukofot puli berilishi yo‘lga qo‘yildi.
Shundan so‘ng, o‘quvchilarga institut bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ular o‘quv auditoriyalari, zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, markazlar va boshqa infratuzilma ob’ektlari faoliyati bilan tanishib, oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mazkur tashrif o‘quvchilarda oliy ta’lim tizimiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni kelajakda kasb tanlashda ongli qaror qabul qilishlariga zamin yaratadi.