Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.5K subscribers
11.2K photos
1.03K videos
29 files
4.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://adliya.uz/
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 https://www.facebook.com/minjustuz
📲https://www.youtube.com/c/Adliya
📲https://www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bulungʻur tumani “Oqtepa” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbir doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattorov va Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi N.Parpixo‘jayev tomonidan “Oqtepa”, “Qoʻngʻirot”, “Zarafshon” va “Gulobod” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 20 ga yaqin huquqiy muammolari qabul qilindi, 10 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius, advokat tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida huquqiy muammosi mavjud boʻlgan fuqarolarga uyma-uy yurish orqali huquqiy yordam berish choralari koʻrildi.

Jumladan, “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro Shavkat Islomov tushunmovchilik sabab bitta xonadoniga ikkita kadastr hujjati rasmiylashtirilganligini aniqlangani, ushbu masalani qonuniy hal qilib berishni soʻradi. Bu masala tuman adliya boʻlimiga koʻrib chiqish uchun biriktirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya kuni” doirasida Uychi tumanida oʻtkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Vazir oʻrinbosari dastlab mahalla binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining natijadorligi bilan tanishish maqsadida Xovos tumanidagi “Xovosobod” mahallasiga bordi.

Qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh ushbu hudud tuman markazidan 10 km uzoqda joylashgan. Mahalla binosiga oʻrnatilgan infokiosk davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda.

X.Meliyev ushbu qurilmadan foydalanishning afzalliklari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishib, mavjud masalalar, faoliyatda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi. Muloqotda aholining huquqiy muammolarini aniqlash, mahallalarda “Adliya kuni”, “Huquqiy targʻibot kuni” tadbirlarini tashkil etish orqali fuqarolarning huquqiy muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyda huquqiy masalalar manzilli oʻrganilmoqda


Adliya vazirligi masʼullari Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Bu yerda fuqarolarning huquqiy masalalari, aholiga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmat sifati manzilli oʻrganilmoqda. Shu maqsadda Xatirchi va Nurota tumanlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoiti, huquqiy muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Nurota tumani oʻzining turizm salohiyati, Nurota kashtalari bilan tanilgan boʻlsa, Xatirchi tumani uzumlari bilan elda mashhur. Nurota tumanida bugungi kunda 89 500 nafar aholi 31 ta mahalla mavjud, Xatirchi tumanida esa fuqarolar soni 200 mingdan ortiq, mahallalar 70 taga yetadi.

Har ikkala hududda ham aholining daromadi asosan chorvachilik va qishloq xo‘jaligidan.Bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish,uy-joy taʼmiri, aliment undiruvi umumiy masalalar sirasiga kiradi.

Fuqarolar bilan muloqot jarayonida bola puli olish, aliment undiruvi,mehnat munosabatlari, nafaqa tayinlash,notarial harakatlarga oid masalalarda birlamchi yuridik yordam koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mirishkorda “Adliya kuni”

Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan Mirishkor tumanida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev “Zamon Teks” MCHJ klasteri faoliyati bilan tanishdi

Xovos tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu korxona tomonidan 2021-yilda qiymati 3,8 mln dollar boʻlgan, 1 kunda 150 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega paxtani qayta ishlash zavodi ishga tushirilib, 160 tadan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini, yurtimizda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi toʻliq qayta ishlanishi natijasida toʻqimachilik mahsulotlarini dunyo bozorida sotishga keng yoʻl ochilgani va bu eksport hajmi oshishida muhim omil ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli koʻrsatish masalalari tahlil qilindi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Xovos va Yangiyer shahridagi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli tashkilotlarning masʼul xodimlari bilan uchrashdi.

Qayd etilganidek, 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida Sirdaryo viloyatida 189 744 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, shundan 13 817 ta ariza boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish rad etilgan. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 1-yanvardan 28-iyunga qadar boʻlgan davrda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jami 6 772 ta qonun buzilish holati aniqlangan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 86 ta taqdimnoma 4 ta ogohnoma kiritilgan hamda 137 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy hamda 137 nafariga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat koʻrsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab boʻlayotganligi taʼkidlandi. Uchrashuvda, davlat xizmatlarini koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabablari boʻyicha masʼullarning izohi eshitilib, shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Xovos tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Vazir oʻrinbosari dastlab, aholiga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifati bilan tanishib, xodimlarning kasb etikasi, fuqarolar bilan muomala madaniyati yuzasidan fikr almashdi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyati koʻzdan kechirildi.

Shundan soʻng, tizim xodimlari bilan muloqot qilinib, adliya organlari yangicha tizim asosida ishlashga oʻtgani, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish, davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatishda masʼuliyatni yanada oshirish zarurligi taʼkidlanib, yangi farmon ijrosini sifatli tashkil qilish yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyat davlat arxivi hamda Guliston shahar FHDY bo‘limida bo‘ldi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Sirdaryo viloyat davlat arxivida bo‘lib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Guliston shahar FHDY organi faoliyati bilan yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Senatorlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunni ma’qulladi

Joriy yilning 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinib, maʼqullandi.

Ushbu qonun bilan ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari xorijiy ekspertlarning fikrlari va zamonaviy ma’muriy huquq yutuqlarini hisobga olgan holda to‘liq va aniq bayon etilishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilib, ma’muriy organ, ma’muriy hujjat, ma’muriy ixtiyoriylik va boshqa shu kabi tushunchalarga yanada aniq ta’riflar berilgan.

Ahamiyatlisi, ma’muriy tartib-taomillarning asosiy institutlari, xususan, tegishli tarzda xabardor qilish, manfaatdor shaxslarni tinglash, ma’muriy hujjat, ma’muriy shikoyat qilish va ma'muriy hujjatni ijro qilish kabilar takomillashtiriladi.

Qolaversa, qonunga muvofiq ommaviy xarakterdagi ma’muriy ishlarda zarur bo‘lgan “birgalikdagi vakillik” instituti, ma’muriy ishda shaffoflik va qarorlarni aniqligini ta’minlovchi “protsessual hujjatlar” instituti, manfaatdor shaxslarga ma’muriy ishda o‘zlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beruvchi “dastlabki ma’muriy hujjat” instituti, ma’muriy-huquqiy faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlovchi “ma’muriy ishlar reyestri” institutlari joriy etiladi.

Qayd etish kerakki, mazkur qonun kelgusida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining huquqqa xilof harakatlaridan himoya qilishga, ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga, ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishini oldini olishga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Dangʻarada “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya boʻlimi boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axboroti tinglandi. Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri uyma-uy yurish boʻyicha Qoʻqon tajribasi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrining “Misgarlik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Qoʻqon shahar adliya boʻlimi xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborotlari tinglandi.

Adliya vaziri MFYdagi “mahalla yettiligi” bilan ham suhbatlashib, ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar FHDY boʻlimida yaqinda ish boshlagan Yarashtirish komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga koʻmaklashish, oilaviy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish asosiy maqsadlardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalari boʻyicha xodimlar hamda fuqarolar bilan suhbatlashildi.

Suhbat jarayonida imom-xatib va otinoyilar oʻz fikrlarini bildirib, oilaviy ajrimlarning oldini olishda Yarashtirish komissiyasining ahamiyati yuqori ekanligi, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 50 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar oʻrganib chiqilib, ularning 38 tasini yarashtirishga erishilganligini maʼlum qildilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namanganda “
Adliya kuni” tadbiri oʻtkazilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan Namangan tumanida uyma-uy yurib, aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

Shuningdek, mahalladagi fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda, aliment, uy-joy, kadastr va boshqa masalalar yuzasidan 10 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Namangan tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahalla ahliga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 8-iyuldagi 7-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 9-iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Qiziltepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Djumayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 10-iyuldan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

2024-yilning 9–17-iyul kunlari bo'lib o'tadigan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishining 65-sessiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida o'z faoliyatini boshladi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston nomidan adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya qatnashmoqda.

Joriy yilning 9-iyul kuni sessiyaning ochilish marosimida M. Ikramov nutq so‘zlab, O'zbekistonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar va Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari bo‘yicha bitimi (TRIPS) qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, bojxona organlariga kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakolat berilganligi (ex-officio), farmatsevtika sohasida klinik tadqiqot natijalarini himoya qilish, O‘zbekistonning sohadagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilganligi hamda sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida ishlab chiqilgan qonun loyihalari haqida ma’lumot berildi.

BIMT Bosh assambleyasi doirasida delegatsiya kun tartibida bir nechta davlat va intellektual mulk idoralari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar va hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Gulistonda “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul oʻtkazdi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni adliya organlarini xalqqa yanada yaqinlashtirdi. Adliya organlari endi xalq orasida, mahallalarda aholining dard u-tashvishlarini tinglab, ularning huquqiy muammolarini birgalikda hal etishga koʻmaklashadilar.

Guliston shahar “Ulugʻ yoʻl” mahallasida tashkil qilingan “Adliya kuni” tadbiri ham ayni maqsadlar uchun xizmat qildi. Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan “Adliya kuni”doirasida sayyor qabul oʻtkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda “Ulugʻ yoʻl”, “Madaniyat”, “Maʼnaviyat” va “Nihol” mahallalarida yashovchi fuqarolardan uy-joy, ishga joylashish, subsidiya, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, meros, kredit olish, mehnat munosabatlariga oid 50 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan 10 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 15 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilib, oʻrganish muddat talab qiladigan 20 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi. Tadbir doirasida aholiga adliya,davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, FHDY, notarius, advokat, “Madad” NNT, kadastr, kommunal soha, bandlik va boshqa tashkilotlardan bepul huquqiy maslahat olish imkoniyati yaratildi.

Sayyor qabuldan soʻng “Ulugʻ yoʻl” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari oʻrganildi. Gulistonlik fuqarolar bilan muloqotlar davomida yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahalla yettiligi hayotiy zaruratga aylanib bormoqda

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Uchko‘prik tumanining “Katta kenagas” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Adliya vaziri MFYdagi "mahalla yettiligi" bilan suhbatlashib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga doir vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹
Adliya vaziri A.Toshqulovning Fargʻona viloyatiga xizmat safari tafsilotlari

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Mirzaobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Mirzaobod tuman adliya boʻlimida boʻlib, boʻlim xodimlarining ish jarayonlari, xususan davlat xizmatlari koʻrsatilishi sifati, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Tizim xodimlari bilan muloqotda aholiga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasbiy rivojlanish, doimiy ravishda oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini samarali tashkil qilish masalalari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari