Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.9K subscribers
11.9K photos
1.09K videos
30 files
4.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://adliya.uz/
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 https://www.facebook.com/minjustuz
📲https://www.youtube.com/c/Adliya
📲https://www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishda davom etadi

Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda endilikda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmaydi, degan mazmunda xabar tarqaldi va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

👉Batafsil
_____________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

FHDY organlari tugatilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda FHDY organlari tugatilarmish degan asossiz mish-mishlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan ushbu masalaga oydinlik kiritib o‘tishni zarur deb topdik.

Hozirgi kunda nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDY bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDY bo‘limlari tomonidan esa 4 ta (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) turdagi harakatlar amalga oshiriladi.

Aslida, Nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDY organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.

Hozirgi kunda, FHDY organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDY organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan.

Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDY bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash, binolardan unumli foydalanishdir.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligining vacancy.adliya.uz veb-saytidagi nosozliklar bartaraf etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligi: ta'lim muassasalarining barcha talabalardan “aylanma varaqa”ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelishni talab qilishi qonunchilikka zid

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

14-iyul
▪️ Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha audiopodkast tahskil etildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

▪️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma” olish yo‘lga qo‘yildi.

15-iyul
▪️ Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi.

▪️ “O'qishga qabul qilish va o'qishni ko'chirish masalalari” mavzusida ovozli chat tahskil etildi.

▪️ Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali taqsimot komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Rossiyalik tadbirkorga tegishli bo‘lgan tovar belgidan ruxsatsiz foydalangan nohalol tadbirkor ma'muriy javobgarlikka tortildi.

16-iyul
▪️ Adliya vazirligi mas'ullari Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a'zo davlatlar Assambleyalarining 63-yig‘ilishida qatnashdi.

▪️ TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv tadbiri o‘tkazildi.
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Adliya vazirligi: ta'lim muassasalarining barcha talabalardan “aylanma varaqa”ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelishni talab qilishi qonunchilikka zid.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

16-avgust
▪️ Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi.

▪️Adliya ayoli” tanlovi g‘olibi Farangiz Kayumova bo‘ldi.

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Surxondaryoda.

▪️ Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati. AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

17-avgust
▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti I. Kassis o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

▪️ Adliya vaziri R. Davletov va BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisining ijrochi direktori J. Topping o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

18-avgust
▪️ Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining jurnalistlar bilan navbatdagi muloqoti Navoiyda tashkil etildi.

19-avgust
▪️ Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi o‘zgardi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi.

▪️ Endi advokatlar litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga shaxsan tashrif buyurishi shart emas, barcha jarayon elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi va O‘zbekiston advokatlar palatasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berildi.
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi Teatr arboblari uyushmasining xatiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Teatr arboblari uyushmasi”ning teatr spektakli bo‘yicha xulosa olinishi lozimligi yuzasidan davlat tashkilotlariga kiritgan xati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga oluvchi organ sifatida Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik va ta'sis hujjatlariga rioya etishi, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta'minlashi, o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.

“Teatr arboblari uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ommaviy tadbir o‘tkazishga ruxsatnoma berishi bilan bog‘liq munosabatlarga aralishishi ustav faoliyatidan chetga chiqish va qonunchilik talablarini buzish deb hisoblanadi.

“Teatr arboblari uyushmasi”ning 2022-yil 7-sentabrdagi 01-02-71-son xati qonuniy kuchga ega emas.

Shunga ko‘ra, “Teatr arboblari uyushmasi” qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida 2022-yil 10-sentabr kuni yozma ravishda ogohlantirildi va davlat tashkilotlariga yuborilgan xatini ijrodan chaqirib olish haqida ko‘rsatma berildi.

Qayd etish lozimki, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga ko‘ra, teatrlar badiiy yo‘nalishlarni, repertuarni tanlashda, sahna asarlarini yaratish, ommaviy ijro etish va (yoki) ommaviy namoyish qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, shuningdek samarali ijodiy jarayonni va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda erkindir.

Ularning faoliyatiga aralashish madaniy faoliyat sohasidagi asosiy prinsiplardan biri bo‘lgan “ijodiy faoliyat erkinligi”ga ziddir.

Shu bilan birga, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga ko‘ra, madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib etishga, shuningdek, o‘zga shaxslarning huquqlarini kamsitishga qaratilgan plakatlar, timsollar, transparantlardan va boshqa ashyolardan foydalanish taqiqlanadi.

Kelgusida nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ustav faoliyatidan chetga chiqish holati takrorlansa, ma'muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi va faoliyatini to‘xtatish yuzasidan sud organlariga murojaat qilinishi haqida ma'lum qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali e'lon qilinmaganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

1.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga asosan “E-qaror” elektron tizimini 2021-yil respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilib, qabul qilinayotgan qarorlarning monitoringini yuritish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida hokimliklarning assosiz ravishda e'lon qilinmagan qarorlari aniqlangan taqdirda, mustaqil ravishda tizimda tegishli o‘zgartirish kiritish orqali ularni foydalanuvchilarga ochiq holatda e'lon qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, hududiy adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida hokimliklarning 1 800 dan ortiq qaror va farmoyishlari assosiz ravishda e'lon qilinmaganligi aniqlandi hamda ushbu qarorlarni tizim foydalanuvchilari uchun ochiq holatda bo‘lishi ta'minlandi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, qonunchilikka muvofiq hokimliklar tomonidan ayrim hollarda foydalanilishi cheklangan axborotlarni (mudofaa, xavfsizlik, shaxsga doir ma'lumotlar, vasiylik va homiylik hamda boshqalar) o‘z ichiga olgan qaror va farmoyishlar qabul qilinadi.

2. Maqolada keltirilgan Toshkent shahar hokimining 2022-yil 3-avgustdagi 788-14-0-Q/22-sonli va 2022-yil 30-avgustdagi 895-14-0-Q/22-sonli qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan, biroq ushbu qarorlar foydalanilishi cheklangan axborotlarni o‘z ichiga olganligi (mudofaa, xavfsizlik va boshqalar) sababli barcha foydalanuvchilar uchun e'lon qilinmagan.

Adliya organlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini “E-qaror” elektron tizimida barcha tanishishi uchun qulay shaklda ochiq e'lon qilib borilishi nazoratda ekanligi ma'lum qilinadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish yuzasidan munosabat

ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF–21-son Farmoni bo’yicha faollar tomonidan turlicha fikrlar bildirilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarini va ularning loyihalarini belgilangan barcha tartib-taomillarga rioya qilingan holda qabul qilish, hususan ularning tartibga solish ta’sirini basholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq funksiyalar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2022-yil davomida 280 ta loyihalarning tartibga solish ta’siri baholanib, tegishli takliflar kiritilgan.

Xususan, yuqorida nazarda tutilgan Farmon loyihasi ham Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan, tartibga solish ta’siri baholangan.

Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligiga taqdim etilgan loyihada Farmonning 7-bandi 4-xatboshisida nazarda tutilgan talablar mavjud bo’lmaganligi ma’lum qilinadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Har bir shaxs boshqalarning huquqi, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan ochiq yoki turli yashirin shaxsiy sahifalar, guruhlar orqali shaxsning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni sharmanda qilishga qaratilgan holatlar ko‘payib bormoqda.

Jumladan, tuhmat qilganligi uchun 2018–2022-yillarda 11 574 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Ayni shu davrda OAV yoki internet orqali ushbu jinoyatni sodir etgan 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi blogerlar assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Hozirgi kunda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan avtomobilning old kapoti hamda yon tomon ustunlariga qora rangli plyonka yopishtirganligi natijasida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan MJtKning 125-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi, ya'ni tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasini boshqarganligi uchun jarima jazosi qo‘llanilganligi hamda avtotransport vositasi bugungi kunga qadar mazkur Kodeksning 291-moddasi asosida vaqtincha ushlab turilganligi ma'lum qilingan.

Mazkur holatda Adliya vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining fuqaroga nisbatan ma'muriy jazo chorasini qo‘llash bilan bog‘liq harakatlari qonunchilik normalariga zid deb hisoblaydi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Advokatning kasb etikasi qoidalari loyihasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining Ustaviga muvofiq Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Advokatlar palatasi Konferensiyaning mutlaq vakolatlaridan biri hisoblanadi.

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga ko‘maklashadi.

Advokatning kasb etikasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lishi mumkin emas.

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq advokat o‘z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi shart.

Adliya vazirligi Advokatning kasb etikasi qoidalari loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga zid kelmasligini ta’minlashda ko‘maklashishini ma’lum qiladi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Kadastr idoralari nega yerga oid qonunbuzilishida o‘zini chetga olmoqda?


Markaziy va mahalliy telekanallarda “Navoiyda yerlar auksion orqali sotilganda xaridorlarning huquqi poymol qilinganmi?” sarlavhasi ostida video reportaj ommalashdi. Mazkur lavha yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan berilgan raddiya bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

“Konvension markaz” davlat muassasasi adliya organlari va muassasalari ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda xodimlarni sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil qilingan.

“Konvension markaz” davlat muassasasida 2021–2024-yillar davomida 96 ta xalqaro va mahalliy konferensiya, seminar va treninglar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 440 nafardan ziyod xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan mutaxassislar ishtirok etgan.

Shuningdek, muassasa o‘z ustaviga muvofiq yuklatilgan vazifalardan tashqari, aholi va xorijiy sayyohlarga sifatli umumiy ovqatlanish, bar va restoran xizmatlarini ham ko‘rsatadi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan spirtli ichimliklarni sotib olish yuzasidan shartnoma tuzilganligi masalasi bo‘yicha “Saphir Distribution Co” MChJ bilan respublika tovar xom ashyo birjasining elektron portali (xarid.uzex.uz) orqali tuzilgan 2023-yil 27-fevraldagi 57-son shartnoma 2023-yil 6-aprelda bekor qilingan hamda spirtli ichimliklar haridi amalga oshirilmagan.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

Adliya tushuntirish beradi

Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari S.Urinbayeva tomonidan 15.05.2024-yilda boʻlib oʻtgan brifingda “LOROBEN” dori vositasining kontrafakt nusxasi ishlab chiqarilishiga chek qoʻyilgani haqida maʼlumot berilgan edi.

Ammo koʻplab internet nashrlari bu xabarni tarqatishda ASFARMA Kompaniyasiga tegishli boʻlgan asl “LOROBEN” tovar belgisining suratlaridan foydalanishmoqda.

Tabiiyki, ushbu holat asl LOROBEN mahsulotiga nisbatan insonlar orasida ishonchsizlik ortishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois, yuqoridagi kabi koʻrinishda eʼlon qilingan postlarni toʻgʻirlab yuborishingiz soʻraladi. Postda keltirilgan videoda dori vositalarining asli va qalbakisini farqlash haqida tushuntirish berilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining matbuot anjumanida bildirgan fikrlari tarqatilmoqda.

Hozirda, mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga baho beriladi.

Shu bilan birgalikda, davlat organlari o‘z faoliyatida xalq oldida hisobdor ekanligi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganligi, Adliya vazirligi faoliyati, shu jumladan, jamoatchilik oldida qat'iy hisobdorlik prinsipi asosida tashkil etilganligi ma'lum qilinadi.

Xususan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.

Barcha fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari belgilangan tartibda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


@adliyangiliklari
Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining matbuot anjumanida bildirgan fikrlari tarqatilmoqda. Hozirda, mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga baho beriladi.…
#Adliya_munosabat

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Xususan, matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar bilan suhbatlashildi va boshqarma xodimlarining tushuntirshlari olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida nazarda tutilayotgan ayrim normalar, noto‘g‘ri talqin qilinib, loyiha bo‘yicha fuqarolarni chalg‘ituvchi fikrlar tarqatilmoqda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Adliya vazirligi ushbu qonun loyihasi bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

Birinchidan, mazkur loyiha qaysidir guruhlar yoki biznes hamjamiyati manfaatini himoya qilish uchun emas, balki shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish va qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan to‘g‘ri tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ikkinchidan, loyihada mulkdorlarning mulk huquqlarini qa'tiy himoya qilish belgilab qo‘yilgan. Xususan, qonun loyihasiga asosan shaharsozlik renovatsiyasi turar joy mulkdorlarining roziligi bilan amalga oshiriladi. Mulkdorlar rozi bo‘lmasa renovatsiya amalga oshirilmaydi. Mazkur rozilik notarial tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.

Uchinchidan, loyiha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganidek har qanday odamga istalgan turar joylarni renovatsiya dasturlariga kiritish imkonini yaratmaydi, bunaqa norma loyihada nazarda tutilmagan.

Loyihaga ko‘ra, uchinchi shaxs, ya'ni investor yoki professional qurilish tashkiloti yoxud mulkdorlar tanlagan boshqa odam biror hududda shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirish yuzasidan mulkdorlarning kamida 2/3 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligi olingandagina hokimliklarga taklif kiritishi mumkin bo‘ladi. Taklif qabul qilinib, dastur tasdiqlangandan keyin mulkdorlarning 100 foiz notarial tasdiqlangan roziligi olingan taqdirdagina renovatsiya amalga oshirilishi mumkin.

To‘rtinchidan, loyiha yuzasidan rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, Turkiya Respublikasida mulkdorlarning 51 foizi roziligi olinsa, hudud renovatsiya qilinadi, Yaponiyada bu ko‘rsatkich mulkdorlarning 4/5 qismiga to‘g‘ri keladi.

Beshinchidan, amaldagi qonunchiligimizda ham avariya holatidagi va eskirgan uy-joy fondi buzilishi mumkinligi (zero inson hayoti har qanday mulkdan ustun) belgilangan. Ishlab chiqilgan mazkur loyihada mulkdorlarning huquqlari kafolatlari to‘laqonli nazarda tutilgan.

Renovatsiyadan maqsad aholini yashash sharoiti yaxshilanishi, hozirgi qonuniy asosi bo‘lmagan amalda qo‘llanilayotgan investor manfaatida uy-joy buzish tajribasidan farqli o‘laroq mulkdor ulushdor bo‘lishi, ya'ni renovatsiya loyihasi daromadidan manfaatdorligi, bir so‘z bilan aytganda uy-joy egalari loyiha boshqaruvida sherik bo‘lishiga, ya'ni mulkiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashga doir qoidalar belgilanmoqda.

Oltinchidan, mazkur loyiha hozirgi kunda https://regulation.gov.uz portaliga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, istalgan shaxs ushbu loyihani takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishi mumkin. Mazkur takliflar albatta Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Adliya vazirligi qonunchiligimizda hozir mavjud bo‘lgan mazkur bo‘shliqni huquqiy tartibga solish zaruriyati allaqachon yetilganligini ta'kidlaydi, shu bilan birgalikda loyihani takomillashtirishda o‘z fikrlari bilan ishtirok etayotgan mutaxassislar, jamoatchilik faollari va boshqa shaxslarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari