Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va vazirlik xodimlari mahallalarda uyma-uy yurgan holda, oʻrganishlar amalga oshirmoqdalar. Ular “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va kamchiliklarni bartaraf etish, targʻibot tadbirlarini qanday tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuv, muloqotlar tashkil etilmoqda.

Koson tumani Poʻlati shaharchasining 6 ta mahallasidagi “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, tumandagi “Yoshlik” mahallasi fuqarolari bilan muloqot olib bordilar. Bundan tashqari, Poʻlati shaharchasidagi “Bunyodkor” hamda “Beshqoʻton” mahalla aholisining huquqiy muammolari aniqlanib, adliya boʻlimi tomonidan ish yurituviga olindi.

Qashqadaryo viloyatidagi yana bir manzil Muborak tumani boʻldi. “Yoshlik” mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni"da 16 ta murojaat qabul qilinib, shundan 3 tasi Muborak tuman IIB probatsiya nazoratida turgan 3 nafar mahkumlarni shartli ravishda ozod qilish bo'yicha murojaat bo'ldi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, tug‘ilganlik faktini belgilash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bilan bog‘liq masalalar ko'rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Adliya kuni” doirasida Uychi tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Muhim

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2024-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov e'lon qiladi

👉
Batafsil
______________


Министерство юстиции Республики Узбекистан объявляет среди негосударственных некоммерческих организаций конкурс на предоставление государственного социального заказа на реализацию социально значимого проекта в 2024 году


👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Forish tumanining “Osmonsoy” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashib, Farmon boʻyicha “mahalla yettiligi” va adliya boʻlimining hamkorlikda amalga oshirayotgan vazifalari muhokama qilindi.

Vazirlik masʼullari adliya boʻlimi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Viloyatning eng yirik tumanlaridan boʻlgan ushbu hudud aholisi bilan huquqiy targʻibot tadbirlarini samarali tashkil etish, “Huquqiy axborot kuni” va “Adliya kuni” loyihalarini qay tartibda amalga oshirish lozimligi haqida tushunchalar berildi.

Uyma-uy yurgan holda aholi holidan xabar olindi, kundalik hayotda uchraydigan muammolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bulungʻur tumani “Oqtepa” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbir doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattorov va Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi N.Parpixo‘jayev tomonidan “Oqtepa”, “Qoʻngʻirot”, “Zarafshon” va “Gulobod” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 20 ga yaqin huquqiy muammolari qabul qilindi, 10 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius, advokat tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida huquqiy muammosi mavjud boʻlgan fuqarolarga uyma-uy yurish orqali huquqiy yordam berish choralari koʻrildi.

Jumladan, “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro Shavkat Islomov tushunmovchilik sabab bitta xonadoniga ikkita kadastr hujjati rasmiylashtirilganligini aniqlangani, ushbu masalani qonuniy hal qilib berishni soʻradi. Bu masala tuman adliya boʻlimiga koʻrib chiqish uchun biriktirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 “Adliya kuni” doirasida Uychi tumanida oʻtkazilgan sayyor qabul tafsilotlari

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Vazir oʻrinbosari dastlab mahalla binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining natijadorligi bilan tanishish maqsadida Xovos tumanidagi “Xovosobod” mahallasiga bordi.

Qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh ushbu hudud tuman markazidan 10 km uzoqda joylashgan. Mahalla binosiga oʻrnatilgan infokiosk davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda.

X.Meliyev ushbu qurilmadan foydalanishning afzalliklari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishib, mavjud masalalar, faoliyatda duch kelinayotgan muammolar tahlil qilindi. Muloqotda aholining huquqiy muammolarini aniqlash, mahallalarda “Adliya kuni”, “Huquqiy targʻibot kuni” tadbirlarini tashkil etish orqali fuqarolarning huquqiy muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari