Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Adliya vakillari uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 28 yillik muammo aniqlandi va unga huquqiy yechim topildi.
"Ruxsor news" informatsion dasturi
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish uchun jazo muqarrarligi taʼminlandi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish hududiy gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlar vakillari bilan oʻtkazilgan davra suhbatida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan reglamentga zid ravishda hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlarni Jamiyatning markaziy apparati bilan kelishish amaliyoti joriy etilganligi aniqlandi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda hududiy gaz taʼminoti filiallari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʻyicha qonuniy talab qoʻyilgan taqdimnoma kiritilgan boʻlsa-da, mazkur qonunbuzilish holatlari bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.
Shunga koʻra, kelgusida yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

#Adliya_brifing
📢 Bugun, 8-iyul kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.
Mavzu: “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Prezidenti Farmoni ijrosi
⏳Vaqti: 10:00

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 28-iyundagi 7-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Xonobod shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Zulunov (litsenziya AN-0036, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Raximov (litsenziya AN-0003, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga to‘xtatildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.
Unda keng jamoatchilikka “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan axborot berildi.
👉Batafsil

#Adliya_hudud
118 yoshli fuqaroning muammosi oʻrganildi
Dengiz sathidan 2700 metr balandlikda joylashgan "Hisorak" mahallasi tuman markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. Togʻli hudud hisoblangan ushbu mahallada yashovchilar har doim ham tuman markaziga bora olishmaydi.
Chungarak qishlogʻida yashovchi 118 yoshli otaxon Umarqul Elov bugun adliya xodimlaridan minnatdor. Meros masalasida otaxonni qiynab kelayotgan savollarga masʼullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan mahallada uyma-uy murojaatlar oʻrganilib, 15 nafar fuqarolarning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 7 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal qilindi.

Nurotada “Adliya kuni”
Tadbirda tuman aholisi uchun sayyor qabul, sayyor davlat xizmatlari, notarius va FHDY xizmatlari koʻrsatildi. Unda OAV vakillari va mustaqil jurnalistlar, blogerlar uchun Adliya vazirligi tomonidan press-tur tashkil etildi.

Otaliqqa olingan yoshlarga yer berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Rishton tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktoriga biriktirilgan “Yangi boʻjay” MFYda yashovchi yoshlarga yer berildi.
Xususan, DXM boshligʻi, Yoshlar yetakchisi hamda Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari xodimi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida, yer maydonlarini auksion orqali yutib olgan yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun MFY hududidan yer maydonlari ajratilib, boʻlib berildi.
Shuningdek, yer ajratilgan yoshlarni yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi taʼminlandi.

Hududiy adliya organlari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va vazirlik xodimlari mahallalarda uyma-uy yurgan holda, oʻrganishlar amalga oshirmoqdalar. Ular “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va kamchiliklarni bartaraf etish, targʻibot tadbirlarini qanday tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuv, muloqotlar tashkil etilmoqda.
Koson tumani Poʻlati shaharchasining 6 ta mahallasidagi “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, tumandagi “Yoshlik” mahallasi fuqarolari bilan muloqot olib bordilar. Bundan tashqari, Poʻlati shaharchasidagi “Bunyodkor” hamda “Beshqoʻton” mahalla aholisining huquqiy muammolari aniqlanib, adliya boʻlimi tomonidan ish yurituviga olindi.
Qashqadaryo viloyatidagi yana bir manzil Muborak tumani boʻldi. “Yoshlik” mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni"da 16 ta murojaat qabul qilinib, shundan 3 tasi Muborak tuman IIB probatsiya nazoratida turgan 3 nafar mahkumlarni shartli ravishda ozod qilish bo'yicha murojaat bo'ldi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, tug‘ilganlik faktini belgilash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bilan bog‘liq masalalar ko'rib chiqildi.