Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarorlarning har uchtadan bittasi yopiq holda. “E-qaror” platformasi nega bunday yo‘l tutmoqda?
Platformaga so‘nggi olti oy davomida 63 ming 152 ta qaror joylangan bo‘lsa, shundan 20 ming 734 tasi yopiq holda.
Batafsil — https://daryo.uz/9yMMJliP
👉 Obuna bo‘ling - @daryo

#Adliya_xabari
“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga hamda Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 18-iyuldagi 8-son yig‘ilish qaroriga asosan:
▫️Izboskan tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Botirovga (litsenziya AN-0051, 22.04.2020-yil) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 19-iyul kunidan 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius O.Gafurovga (litsenziya L-664221, 15.11.2022-yil) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 19-iyul kunidan 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius X.Maksudovga (litsenziya AN 0060, 14.09.2020-yil) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 19-iyul kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
📹 Davlat xizmatlari orqali umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnomaning dublikatini berish tartibidan xabardormisiz?

Adliya vaziri oʻrinbosari Zarbdor tumanida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Zarbdor tumanidagi “Lalmikor” MFYdagi “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, bu borada “mahalla yettiligi” aʼzolarining ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Shu bilan birga, Zarbdor tumanida adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimlari xodimlari bilan ham suhbat tashkil etilib, Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 17-iyuldagi 5/2024-son bayonnomasiga asosan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi, xususan:
▫️Yashnobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Axmanova — 2024-yil 24-iyuldan 15 kun muddatga;
▫️Yashnobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Yuldasheva — 2024-yil 25-iyuldan 15 kun muddatga;
▫️Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Abduraxmanov — 2024-yil 24-iyuldan 1 oy muddatga;
▫️Mirobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius B.Olimjanov — 2024-yil 24-iyuldan 1 oy muddatga;
▫️Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Ergasheva — 2024-yil 24-iyuldan 15 kun muddatga;
▫️Uchtepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Raximov — 2024-yil 26-iyuldan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

EʼLON
Joriy yilning 30-iyul kuni soat 16:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtadi.
Videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladigan yigʻilishda 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.
Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinma,“Oʻzarxiv” va Personallashtirish agentligi, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya boʻlimlari va masʼul xodimlari ishtirok etadi.

“Farxod” bozorida “Hyundai” va “KIA” kontrafakt mahsulotlar sotuviga chek qo‘yildi
Vazirlikka “Hyundai Motor Comapany” va “Kia Corporation” (Koreya Respublikasi) kompaniyalariga tegishli bo‘lgan “Hyundai” va “KIA” tovar belgilaridan fuqaro A.S.B. va R.D.Sh tomonlaridan huquq egasining roziligisiz foydalanayotganligi to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Farxod” avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari bozorida belgilangan tartibda o‘rganilganda fuqarolar A.S.B va R.D.Sh “Hyundai” va “KIA” tovar belgilari bilan bir xil bo‘lgan “Hyundai” va “KIA” nomidan foydalanilayotganlik holati aniqlandi.
Holat bo‘yicha fuqarolar A.S.B va R.D.Shlarga nisbatan MJtKning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga ko‘ra huquqbuzarlarga nisbatan 5,1 mln so‘m jarima jazolari tayinlandi.

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligining olti oylik faoliyati sarhisob etildi
Bugun, 30-iyul kuni Adliya vazirligining hayʼat majlisi videokonferensaloqa shaklida oʻtkazildi. Unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Hayʼat majlisida 2024-yil 6-oyligida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil etildi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.
Xususan, 1 226 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, tashabbus bilan 121 ta loyiha ishlab chiqildi. Joylarda 247 mingdan ziyod huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Kelib tushgan 66 291 ta murojaatdan 76 foizi qonuniy hal etilib, fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida 1 trln soʻmdan ortiq pul mablagʻi undirib berildi.
Davlat organlarining 35 mingdan ziyod noqonuniy hujjati bekor qilinib, qoʻpol qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan 2037 nafar aybdor shaxslar intizomiy hamda 6 556 nafar aybdor mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 7,8 mlndan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 3,8 mlndan ziyod hujjat loyihasi boʻyicha huquqiy xulosalar berildi.
Shuningdek, hayʼat majlisida tegishli adliya organlari va muassasalari rahbarlari mavjud kamchiliklar boʻyicha tushuntirish berdi. Yigʻilish yakunida vazir tomonidan bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Adliya vaziri oʻrinbosari Gʻallaorol tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi va uning tarkibidagi barcha tuzilmalar birgalikda manzilli targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.
Bu yoʻnalishda yana nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi, uyma-uy yurish qamrovini oshirish borasida fikr almashildi. X.Meliyev tomonidan bu borada aniq tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, “Samarqand” mahallasida uyma-uy yurishlar natijasida aholi bilan yuzma-yuz muloqot olib borildi. Oʻz uyida shirinliklar ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkor Anvar Abduzoirov bilan suhbatlashildi. Faoliyatida toʻsiqlar va qiyinchiliklar yuzaga kelmasligi uchun huquqiy tushuntirishlar hamda aniq tavsiyalar berildi.
Tadbirlar davomida fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar, eng koʻp uchraydigan muammolar yechimi yuzasidan berilgan huquqiy maslahatlar aks ettirilgan tarqatma materiallari tarqatildi.