Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
11.7K photos
1.07K videos
30 files
4.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://adliya.uz/
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 https://www.facebook.com/minjustuz
📲https://www.youtube.com/c/Adliya
📲https://www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

25-mart
▪️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va sud tizimi xodimlari uchun “Sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizaning imkoniyatlari haqida” vebinar tashkil etildi.

▪️ Adliya vazirligining masʼul xodimlari “Boshqaruv va funksional tahlil” mavzusida London Learning Training Centre (Turkiya) markazida funksional tahlil boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan murabbiylarni tayyorlash maqsadida oʻquv seminarda ishtirok etdi.

▪️ “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovining finalchilari aniqlandi.

▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Zarilbek Oʻgʻli bilan uchrashdi.

27-mart
▪️ Toshkent shahrida Adliya vazirligi O‘zbekiston yengil atletika federatsiya bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida “Cheksiz imkoniyatlar marafoni”ni o‘tkazdi.
__________

#Adliya_munosabat

▫️ Shaxsga doir ma'lumotlarning OAV (shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar) orqali erkin foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

▫️ Siyosiy partiyalar davlat roʻyxatidan qanday oʻtkaziladi?
________

#Mutaxassis_sharhi

▫️ Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni o‘z bilganicha jazolashiga, ya'ni xalq tilida “samosud” qilishiga, turli ko‘rinishdagi ta'sir o‘tkazishiga ruxsat bermaydi.

▫️ Elektroshok qurilmalar uchun qanday me'yorlar belgilangan?

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliyacha ixchamlashuv: qonuniylik va adolat asosiy mezonimiz!

Shu kunlarda adliya tizimida olib borilayotgan ixchamlashuv jarayonlarida mehnat munosabatlariga oid turli savollar, ayrim noto‘g‘ri talqinlar uchramoqda. Vaziyatni oydinlashtirish maqsadida quyidagilar ma'lum qilinadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligi: advokatlik guvohnomasi olishda ortiqcha hujjat talab etilsa, bizga murojaat qiling!

Ijtimoiy tarmoqlarda advokatlik guvohnomasini olish uchun ortiqcha hujjatlar talab qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu masala yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishda davom etadi

Shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda endilikda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmaydi, degan mazmunda xabar tarqaldi va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

👉Batafsil
_____________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

FHDY organlari tugatilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda FHDY organlari tugatilarmish degan asossiz mish-mishlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan ushbu masalaga oydinlik kiritib o‘tishni zarur deb topdik.

Hozirgi kunda nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDY bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, Nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDY bo‘limlari tomonidan esa 4 ta (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) turdagi harakatlar amalga oshiriladi.

Aslida, Nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDY organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.

Hozirgi kunda, FHDY organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDY organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan.

Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli, nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDY bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash, binolardan unumli foydalanishdir.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligining vacancy.adliya.uz veb-saytidagi nosozliklar bartaraf etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligi: ta'lim muassasalarining barcha talabalardan “aylanma varaqa”ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelishni talab qilishi qonunchilikka zid

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

14-iyul
▪️ Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha audiopodkast tahskil etildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

▪️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma” olish yo‘lga qo‘yildi.

15-iyul
▪️ Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi.

▪️ “O'qishga qabul qilish va o'qishni ko'chirish masalalari” mavzusida ovozli chat tahskil etildi.

▪️ Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali taqsimot komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Rossiyalik tadbirkorga tegishli bo‘lgan tovar belgidan ruxsatsiz foydalangan nohalol tadbirkor ma'muriy javobgarlikka tortildi.

16-iyul
▪️ Adliya vazirligi mas'ullari Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a'zo davlatlar Assambleyalarining 63-yig‘ilishida qatnashdi.

▪️ TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv tadbiri o‘tkazildi.
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Adliya vazirligi: ta'lim muassasalarining barcha talabalardan “aylanma varaqa”ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelishni talab qilishi qonunchilikka zid.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

16-avgust
▪️ Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi.

▪️Adliya ayoli” tanlovi g‘olibi Farangiz Kayumova bo‘ldi.

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Surxondaryoda.

▪️ Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati. AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

17-avgust
▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti I. Kassis o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

▪️ Adliya vaziri R. Davletov va BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisining ijrochi direktori J. Topping o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

18-avgust
▪️ Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining jurnalistlar bilan navbatdagi muloqoti Navoiyda tashkil etildi.

19-avgust
▪️ Adliya vazirligi Fahriylar kengashi raisi o‘zgardi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi.

▪️ Endi advokatlar litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga shaxsan tashrif buyurishi shart emas, barcha jarayon elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi va O‘zbekiston advokatlar palatasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berildi.
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Xalqaro grantlar shaffof va qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari