Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.6K subscribers
12.5K photos
1.16K videos
31 files
4.58K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi

Jumladan, Yangiqoʻrgʻon tumani Nanay qishlogʻida faoliyat yuritayotgan Boyozbek Sharipov oʻzining saʼy-harakatlari bilan aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan birga, qishloqdoshlarini bandligini taʼminlamoqda.

Bu gal keng qirliklarda “Ot sporti maktabi”ni tashkil etish niyatida. Vazir oʻrinbosari tadbirkor bilan suhbatda investitsiya jalb etish hamda yer ajratish masalasidagi murojaatiga huquqiy tushuntirish berdi.

A.Karimov Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Aminjon Halima tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, korxona faoliyati va mavjud muammolari bilan qiziqdi. Xususan, tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikdagi mavjud imkoniyat va preferensiyalar xususida toʻxtalib, aynan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yoʻnalishida nafaqat ichki, balki tashqi bozor imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan shahar adliya boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qildi. Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, A.Karimov shahardagi “Yangi asr” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashdi. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar “yettilik” bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududiy adliya boshqarmalari hamda DXM xodimlari uchun onlayn seminarlar oʻtkazildi

Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining aholiga davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boʻyicha joriy yilning 16-sentabrdan 4-oktabrgacha har bir hududiy adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimlari va DXM xodimlari ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali muloqot oʻtkazilib, tadbir ishtirokchilariga soha faoliyati yuzasidan uslubiy va amaliy maslahat hamda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar oʻrtasida davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish sohasida tajriba almashinuvi oʻtkazilib, bu yoʻnalishda mavjud muammo va takliflar muhokama qilinib, aholining davlat xizmatlaridan ortiqcha byurokratik toʻsiqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz foydalanishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Oʻrikzor”da kontrafakt gigiyenik vositalar sotgan shaxsga chora koʻrildi

Adliya vazirligiga “Azmüsebat Çelik, Sanayi Ve Ticaret Anonim Şirketi”ning (Turkiya) kompaniyaga tegishli “Derby” va “Derby Samurai” tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish holatini bartaraf etish toʻgʻrisida murojaati kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan vazirlik tomonidan belgilangan tartibda “Oʻrikzor” savdo majmuasida savdo bilan shugʻullanayotgan “B.K.” XK faoliyatida tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv natijalariga koʻra, “B.K.” XK tomonidan soqol olish uchun ustara mahsulotlarining qadogʻida “Derby” va “Derby Samurai” tovar belgilariga isteʼmolchini fonetik jihatdan adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan belgilardan foydalanib kontrafakt mahsulotlar sotayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan “B.K.” korxonasi rahbariga nisbatan MJtKning 177-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudiga yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, oʻzganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan (5 mln 625 ming soʻm) 50 baravarigacha (18 mln 750 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 3—5-oktabr kunlari Namangan hamda Farg'ona viloyatlaridagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📍 Lokatsiya: davlat xizmatlari markazining situatsion markazi qanday ishlaydi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Buxoroda aholining huquqiy muammolari hal etilishini oʻrgandi

Ayni vaqtda adliya vaziri Akbar Toshqulov Buxoro viloyatida boʻlib turibdi. Asosiy eʼtibor jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatish, uyma-uy yurib aniqlangan fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, yoshlar bilan manzilli ishlash masalasiga qaratilmoqda.

Xususan, adliya vaziri viloyat boshqarmasi koʻmagi bilan Buxoro shahridagi 18-sonli maktabda tashkil etilgan “Huquq sinfi” faoliyati, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yoshlar va pedagoglar bilan muloqot davomida huquq fanini oʻqitish va dars jarayonlarini zamonaviy uslublar va texnologiyalar yordamida tushuntirishga doir taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida A.Toshqulov “Oydin nur” oilani ijtimoiy, huquqiy himoyalash markazida boʻlib, NNT tomonidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, vazir Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yangi maʼmuriy binosidagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini jadal tarzda sifatli yakunlash topshirigʻi berildi.

Xizmat safarini A.Toshqulov Shofirkon tumanida davom ettirdi. Tumandagi “Qalmaqon” MFY hududidagi axborot kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi. Tizim xodimlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari hal etish, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha mahallada amalga oshirilgan ishlar taqdimoti qilindi.

Adliya vaziri tuman hokimi boshchiligida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar hududdagi boshqa bir qator mahallalarida ham tashkil etildi.

Shuningdek, adliya vaziri Shofirkon tumanidagi “AMIRTEX” MCHJ faoliyati bilan tanishdi va tadbirkorning fikr-mulohazalari tinglandi. Mazkur korxonada 800 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Navoiy viloyatida

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Hududdagi dastlabki manzil viloyat yuridik texnikumi. Adliya vaziri oʻquv manzilida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Bugungi kunda viloyat yuridik texnikumida 350 nafarga yaqin yoshlar tahsil olishmoqda. Oʻquvchilarga TDYU va yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish, dual taʼlim imkoniyatlari taqdim etiladi.

Muloqot davomida yoshlarga shu haqida maʼlumot berilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi, xalqaro huquq sohasi tushuntirildi hamda bilim olish va vaqtni toʻgʻri taqsimlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlar uchun stressga qarshi kurashish bo‘yicha trening tashkil etdi

Butunjahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan O‘zbekiston Adliya vazirligi xodimlarning stressni boshqarish usullari va ruhiy-hissiy farovonlikni saqlash bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan trening o‘tkazdi. Tadbir samimiy va ochiq muhitda kechdi, bu esa ishtirokchilar va taklif etilgan psixolog o‘rtasida samimiy muloqot o‘rnatilishiga yordam berdi.

Treningning maqsadi xodimlarga hissiy yukni boshqarishni va zo‘riqishli ish sharoitida o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘rgatishdan iborat edi. Psixolog Parizoda Kuraxmedova stressning salbiy ta’siri ish unumdorligini pasaytirishi, salomatlikka zarar yetkazishi va ish joyidagi shaxslararo munosabatlarda muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini tushuntirdi.

Mashg‘ulot davomida amaliy usullar: nafas olish mashqlari, bo‘shashish texnikalari va kognitiv-xulq-atvor terapiyasi usullari muhokama qilindi. Psixolog hissiy toliqishning dastlabki alomatlarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llariga alohida e’tibor qaratdi hamda ish joyidagi bosim haddan tashqari kuchaygan hollarda hamkasblarga yoki mutaxassislarga yordam so‘rab murojaat qilish muhimligini ta’kidladi.

Bunday treninglarni tashkil etish — xodimlarning yuqori darajadagi ruhiy farovonligini ta’minlashga intilishni aks ettiruvchi yanada barqaror va g‘ayratli jamoa yaratish yo‘lidagi qadamdir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilikning taʼsirini baholash boʻyicha Finlandiyaning tajribasi oʻrganilmoqda

Joriy yilning 8—9-oktabr kunlari Adliya vazirligida “Qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha Finlandiya tajribasi” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminar Finlandiyaning Xelsinki universitetining Huquq ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasi doirasida tashkil etildi.

Seminarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti xodimlari xorijiy ekspertlar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha Oʻzbekiston va Finlandiya tajribasini muhokama qilishdi.

Shuningdek, tadbirda qonunchilik hujjatlarining nogironligi boʻlgan shaxslarga taʼsirini aniqlash metodologiyasi, amalga oshirilgan tadqiqotlar, bu borada Finlandiya tajribasi toʻgʻrisida amaliy misollar koʻrib chiqildi.

Seminar natijalari boʻyicha Finlandiya tajribasi asosida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarining taʼsirini baholash hamda ularning ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM