Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.6K subscribers
12.5K photos
1.16K videos
31 files
4.57K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi.

Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligida tuziladigan Stipendiya komissiyasi tomonidan tayinlanadi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar ro‘yxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.

Stipendiya komissiyasi masʼul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar ro‘yxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida ko‘rib chiqadi.

Stipendiya komissiyasi yig‘ilishida umumiy ovoz berish yo‘li bilan stipendiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risida yoki stipendiya tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Stipendiya bir yil muddat davomida har oy mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida to‘lanadi.

Stipendiya harbiylar o‘rtasidagi va talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lganlar uchun ham tayinlanadi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda muhim bir qadam
5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi
 
O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga to‘liq integratsiyasini ta’minlash
va savdo munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun bilan JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimi talablariga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojining miqdori birxillashtirilgan holda BHMning 1 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Shuningdek, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida:

– hukumat tomonidan patent egasining ruxsatisiz undan foydalanishga ruxsat berish mumkin bo‘lgan aniq holatlar hamda ularga tovon puli to‘lanishini belgilab berish;

– o‘zga shaxsga tegishli sanoat mulki obyektidan (patentdan) jamoat manfaatlari uchun majburiy litsenziya asosida foydalanish huquqini olish va bunday foydalanganlik uchun patent egasiga mutanosib miqdorda tovon pulini to‘lanishiga oid alohida normalarni kiritish;

– patentlangan usuldan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nizolarda isbotlash majburiyatini aniqlashtirish;

– insofsiz raqobat oqibatida ro‘yxatga olingan tovar belgilarini bekor qilish bo‘yicha da’vo muddatini bekor qilish;

– mahalliy va xorijiy talabnoma topshiruvchilarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir xil imkoniyat yaratish, xususan, patent boji miqdorlarini norezidentlar va rezidentlar uchun birxillashtirish, shuningdek, mazkur yangi stavkalarni jismoniy va yuridik shaxslar kesimida belgilash;

– ixtiro va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan patent bojining 90 foizi, ta’lim oluvchi shaxslarga, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarga 30 foizi, yuridik shaxs bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlariga va ilmiy tashkilotlarga 25 foizi miqdorida imtiyozlar berish;

– original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish;

– sanoat mulki obyektlaridan tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar
va boshqa favqulodda holatlarda foydalanilgan holatlarda ham huquq egasiga belgilangan miqdorda tovon puli to‘lanishni ko‘zda tutuvchi qoidalar kiritildi.
 
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Adliya_tashabbus

Adliya vazirligi: manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan qonun qabul qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yana bir yangilik. Huquqni qo‘llash amaliyotida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur Qonun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solishga qaratilgan.

Qonunda quyidagilar belgilangan:

▫️Manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab boshqalarni harakat (harakatsizlikka) majburlamaslik bo‘yicha xodimlarning huquq va majburiyatlari.

Bunda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni xodimlar tomonidan oshkor etish ikki shaklda, ya'ni mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma berish va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

▫️Xodimga aloqador shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirish majburiyatlari belgilandi.

▫️Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilandi.

O‘z navbatida, davlat tashkilotlari, ularning odob-axloq komissiyalari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda ichki nazorat vazifalarini amalga oshiradi.

▫️Manfaatlar to‘qnashuvini bir qator axborot manbaalaridan aniqlash yo‘li bilan amalga oshirish belgilandi. Misol uchun: tijorat tashkilotlarining affillangan shaxslari va yakuniy naf oluvchilari (benefitsiarlari) ro‘yxatlaridan; “Yagona milliy mehnat tizimi” Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan va boshqalar.

▫️Manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarini tartibga solish bo‘yicha bir qator choralar belgilandi. Misol uchun, kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish choralarini ko‘rish orqali manfaatlar to‘qanshuvining oldi olinadi.

▫️Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri yuritiladi. Unda xabar berilgan, aniqlangan hamda tartibga solingan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritib boriladi.

▫️ Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa, 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Bunda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish bilan bog‘liq vazifalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l quyilgan holda tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi hamda bitim bo‘yicha barcha olingan foyda davlat daromadiga o‘tkaziladi.

Qonun qabul qilingan kundan 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


@adliyangiliklari