Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.9K photos
1.23K videos
31 files
4.8K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

@adliyangiliklari
#Muhim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoni hamda Jamgʻarma Vasiylik kengashining 2024-yil 21-iyundagi 2-son qaroriga asosan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 500 oʻringa moʻljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2024-yil 25-iyundan — 25-iyulga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda elektron tarzda qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: Stipendiya tanlovi bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy veb-saytidagi www.eyuf.uz olishingiz mumkin. Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz.

Shu bilan birga, ochiq stipendiya tanlovi toʻgʻrisidagi rolikni quyidagi havola https://www.youtube.com/watch?v=wDdN2LyODxg orqali tomosha qilish mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Telegram akkauntingizni qandaydir onlayn-savdo do‘konlari yoki turli xizmatlar taklif qilinadigan guruhlar, umuman shunga o‘xshash o‘zingiz istamagan kanallarga qo‘shib qo‘yish holatlari ko‘paymoqdami?

Mediasavodxonlik bo‘yicha navbatdagi videolavhada Telegram akkauntlarini tashqi xavflardan himoyalash qoidalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2024-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida
muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov e'lon qiladi

👉
Batafsil
______________


Министерство юстиции Республики Узбекистан объявляет среди негосударственных некоммерческих организаций конкурс на предоставление государственного социального заказа на реализацию социально значимого проекта в 2024 году


👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 16-iyul kuni soat 10-00 da Toshkent shahar adliya boshqarmasida intellektual mulkga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun sayyor qabul tashkil etiladi.

Qabulda o‘z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari murojaatlari oʻrganiladi hamda muammolarini hal etishga koʻmaklashiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 So’rovnomada ishtirok eting!

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma ishlab chiqildi.

➡️ Mazkur so‘rovnomada ishtirok etib, davlat xizmatlari sohasida sizga ko’rsatilayotgan xizmatlarga baho bering.

So’rovnomaga quyidagi havola orqali o’tasiz👇
https://forms.gle/nGWupVvdStthG8az5

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Renovatsiyadan davlat, investor va mulkdor qanday manfaat koʻradi?

Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi haqida loyihani yozishda ishtirok etgan mutaxassislar bilan 👉toʻliq suhbatni koʻring.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Ertaga, 27-avgust kuni Adliya vazirligida “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etiladi.

Unda Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Qachon
27-avgust kuni soat 11:00 da

Qayerda
Adliya vazirligi binosida (Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-54

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️Soliq qoʻmitasi axborot tizimlarida profilaktika oʻtkazilishi sababli 30-avgust kuni soat 22:00 dan 3-sentabr kuni soat 18:00 gacha yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatish va elektron raqamli imzo berish xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kuzatiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 5-sentabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar va galdagi vazifalar.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Qoraqalpogʻistonda “Adliya sayili” huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan xalqimiz orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan anʼanaviy “Adliya sayili” huquqiy aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Navbatdagi huquqiy aksiya 18-sentabr kuni Nukus shahrida oʻtkazilmoqda.

Tadbirda fuqarolarga barcha sohalar boʻyicha bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida davlat organlari, sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, advokatlar, notariuslar, nodavlat notijorat tashkilotlari qatnashadi.

📎SAYIL DAVOMIDA
▫️sovrinli viktorinalar;
▫️sport musobaqalari;
▫️madaniyat xodimlarning konsert dasturi;
▫️nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi;
▫️sayyor qabul;
▫️mehnat yarmarkasi;
▫️harbiy chiqishlar;
▫️aholiga tibbiy xizmat;
▫️psixolog maslahati va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

❗️Manzil: Nukus shahri “Monomarkaz” binosi

Adliya vazirligi barchani ushbu tadbirda faol qatnashishga chaqirib qoladi.

🗓 Sana va vaqt: 18-sentabr, 10:00 dan

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❗️Hurmatli fuqarolar, ayni paytda Samarqand shahrida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sabab Samarqand viloyat adliya boshqarmasida elektr ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Davlat xizmatlari markazlari boshqarmaning markazlashgan Internet tizimiga ulangani bois markazlarda xizmatlar  vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Tez orada ushbu uzilishlar bartaraf etilib, bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣📣 OAV vakillari uchun onlayn trening

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan OAV vakillari uchun manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus o‘quv treninglar o‘tkaziladi.

🗓 Sanasi va vaqti: 20-sentabr, 15:00 da

ZOOM orqali ulanish 👉 https://us06web.zoom.us/j/4575572417?pwd=Wdyq49VMZTg0kY4Pr5wOPLNb7XeGrD.1
Konferensiya ID: 457 557 2417
Kirish kodi: 1111

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM