Abror Hamza
80 subscribers
29 photos
46 videos
4 files
79 links
Bu blog kelajakdagi tarix uchun!

Murojaat uchun: @abrorhamza_bot
Download Telegram
Tanishing: yonimdagi yigitning ismi — Suhrob. Bugungi suhbatimiz aynan shu yigit haqida bo‘ladi.

Suhrob — yaxshi bola. Har doim nimanidir rejalashtirib yuradi, tadbirkorlik ishlariga uquvi bor, ma’lumotlarni tez tahlil qila oladi. Bu yigit o‘yalish degan tuyg‘u bilan yoshligida shartnomani buzib, menga kerak emassan! deb so‘kib, haydab yuborgan bo‘lsa kerak.

Biror ishni bajarish kerakmi, kimdandir nimadir so‘rash kerakmi — bemalol so‘raydi, hech narsadan hijolat bo‘lmaydi. Ba’zida gaplarni olib qochadi, lekin ko‘ngli toza yigit.

U — ota tomonidan qashqadaryolik, ona tomonidan samarqandlik, o‘zi esa toza toshkentlik.

Kelajakda bu yigitdan katta tadbirkor chiqadi, deb o‘ylayman. Hozirda u “Birga” nomi ostida halol va tansiq sendvichlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Sendvichning ta’mini birinchilardan bo‘lib tatib ko‘rganman, ta’miga gap yo’q. Omadini bersin, ishlariga zafarlar tilayman. Alloh boshlagan ishini O‘zi muvaffaqiyatli qilsin.


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasasi ochish uchun litsenziya berish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi — vazir


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.

“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Farmoni (PF-76, 2025-yil 5-may) bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga rasmiy javoblar:

Sirtqi ta’lim bekor bo‘ladimi?

JAVOB: Ha. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha OTMlarda sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

Sirtqida o‘qiyotganlar nima bo‘ladi?

JAVOB: Ular o‘qishni davom ettirib, diplom olishadi.

Endi o‘rniga nima bo‘ladi?

JAVOB: Kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari kengaytiriladi.

Qabul qanday bo‘ladi?

JAVOB: Bu shakllarga ajratiladigan kvotalar kunduzgi ta’lim qabulining 50 foizidan oshmaydi.

Part-time ta’lim nima o‘zi?

JAVOB: Ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan, haftaning ayrim kunlari o‘qitiladigan yangi shakl. Nizomlar tayyor bo‘lgach, ishga tushadi.


👉 @abrorhamza 👈
Sardor Xoldorov – universitetdagi hozircha eng yaxshi ustozlarimdan biri. U kishi nafaqat ustoz, balki bizga aka ham bo‘la olgan.

Ikki yildirki, bizga dars o‘tib kelmoqdalar. Bu vaqt ichida, ehtimol, bilib-bilmay dilxiralik qilgan, ba’zida erkalik bilan noo‘rin muomala qilgan bo‘lishimiz mumkin. Bunday holatlar uchun kechirim so‘raganmiz – bu yerda ham yana bir bor uzr so‘rayman.

Ustoz har doim biz bilan samimiy, do‘stona munosabatda bo‘lganlar. Ba’zida hazil-mutoyibalar, ba’zida esa kerakli tanbeh ham berardi: “Abror, sizga uyat!” deb qo‘yardilar.

Ha, aytgancha, muhim bir jihatni aytmabman-ku, Sardor aka bizga Islomiy moliya buxgalteriyasi fanidan bir semestr dars o’tdilar. 1-kursda esa statistika fanidan saboq bergan edilar.

Ustozning dars metodikasi juda yuksak: konspektga majburlash yo‘q, faqat o‘tilgan mavzuni tushunib, o‘z fikringiz bilan yetkazib bera olsangiz kifoya. Seminar mashg‘ulotlarida savol-javob orqali chuqurroq o‘rganardik. Hatto mustaqil ish topshiriqlarida ham, “Prezentatsiya qilib yurma, mavzuni tushunib, gapirib bersang bo‘ldi. Men uchun eng muhimi – bilimingiz”, derdilar.

Sardor akaga son emas, sifat muhim edi. Har bir talabaga bitta harf bo‘lsa ham ilm o‘rgatishga harakat qilardilar. Bunday fidoyi ustozlar kam topiladi.

Sardor aka o‘rgatgan saboqlaringiz uchun tashakkur, ustoz!


👉 @abrorhamza 👈
Kamoliddin Yusupov – Soliq va soliqqa tortish huquqi fanidan dars bergan ustozimiz.

Kamoliddin akaning dars o‘tish uslubi ancha o‘zgacha, darslarni sodda, tushunarli va hayotiy misollar bilan tushuntirganlar. Quruq nazariya emas, amaliyotga yaqin yondashuv orqali darsni yodda saqlash oson bo‘lardi.

Har bir darsda bilimni chuqurlashtirishga harakat qilardilar. Savol-javoblar, real holatlar asosidagi tahlillar orqali Soliq fani biz uchun jonli va qiziqarli ko‘rinish ola boshlagan. Ayniqsa, soliq qonunchiligiga oid murakkab tushunchalarni soddalashtirib, oddiy tilda tushuntirib berishlari talabalar uchun katta yengillik bo‘lgan.

Kamoliddin aka qat’iy, ammo adolatli ustoz. Talabani qiynamasdan, ayni paytda bo‘sh qo‘ymasdan o‘qitadigan ustozlardan. Fanga bo‘lgan mehrini, talabalariga ham singdira olgan inson.

Ilm va sabr bilan bergan saboqlaringiz uchun tashakkur, ustoz!


👉 @abrorhamza 👈
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilish iyun oyida boshlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilish iyun oyida onlayn tarzda — my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari 2025-yilning iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz Instagramda 5 mingta bo‘ldik, barchalaringizni g‘oyibona yaxshi ko‘raman, boringizga shukur.


👉 @abrorhamza 👈
Bugun TDIUning Instagramdagi norasmiy sahifasi 1 yoshga to‘ldi

Bundan roppa-rosa bir yil oldin, yaxshi niyat va qiziqish bilan ochilgan universitet sahifasi bir yil davomida 5 mingdan ziyod obunachini jamladi. Sahifa yil davomida doimiy faol bo‘lmasa-da, ba’zi oylar tanaffus qilgan bo‘lsa ham, foydali kontentlar orqali auditoriyani jalb qila oldi. Umid qilamanki, sahifa orqali Instagram tarmog‘ida universitetimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarni yoshlarga yetkazishga erishdim.

Bu sahifa orqali kelgan minglab savol va murojaatlarga ijobiy javob berildi, ayrim murojaatlar esa ijobiy hal qilindi. Sahifamiz ko‘plab rahbarlar va ustozlar tomonidan e’tirof etildi. Sahifani rivojlantirishda hech qachon bachkana yo‘llar tanlanmadi.

Hatto, sahifamizni Oliy ta’lim vaziri kuzatayotgani va bizning kichik ishimizni yuqori baholab, e’tirof etganlari bo‘ldi. TDIU matbuot kotibi ham sahifamizni e’tirof qilganlar. Xudo xohlasa, bu sahifani bundan keyin ham sifatli kontent va foydali ma’lumotlar bilan boyitishda davom etaman. Rahmat, boringizga shukur.


👉 @abrorhamza 👈
Kunga guvohlik shart emas

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda eng qaynagan mavzulardan biri Mubashshir domla haqlarida bo‘lmoqda, desak, xato emas. Imom domlalarni bu masalada malomat qilinayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Aslida Mubashshir domlaning kimligi, asl-u nasli, faoliyati, qanchalar vatanparvar ekani, oxirgi holatlar barchaga kundek ravshan. Bunga guvohlik shart ham emas. Shunday bo‘lsa da, ayrim haqiqatlarni eslab o‘tish mumkin.

Biz Oliy ma’hadda o‘qigan kezlarda Mubashshir Ahmad domla u yerda fiqhdan dars berar edi. Burhoniddin Marg‘iloniyning "Hidoya" asarlaridan darsga kirardi. Adashmasam, boshqa fanlardan ham darslari bor edi. Domlalar ham, talabalar ham u kishini yaxshi ko‘rar, hurmat qilar edi. Keyin ham u kishi asosan rasmiy doiralarda, qonun doirasida faoliyat olib bordi. U kishida ko‘rganimiz Vatan uchun jonkuyarlik, xalqparvarlik, kengfirlik, bag‘rikenglik kabi yaxshi xislatlar bo‘ldi. Inson kamchilikdan xoli emas albatta, hamma ham xato qiladi. Gohida maqsadlar bir, vositalar farqli bo‘ladi. Muhimi insondagi sadoqatdir. Alloh barchamizning holimizni isloh aylasin!

O‘zbekiston huquqiy davlat, inshoolloh, Domlaga nohaqlik bo‘lmaydi deb umid qilamiz. Bu yurt allomalar yurti, inshoolloh, olimlar qadrlanadigan yurt bo‘lib qolajak.

Duoda bo‘linglar!

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
Nomahramga shahvat nazari bilan qarashning oqibati xastalikdir

Tib olimlarining, xususan, jinsiy soha mutaxassislarining olib borgan ilmiy tekshirishlari yosh yigitlarning, umuman, erkaklarning ayollarga shahvat nazari bilan qarashlari jinsiy ojizlikni keltirib chiqarishini isbotladi. Chunki boshqa jinsga shahvat nazari bilan qaragan odamda jinsiy mayl uyg‘onadi, u maylni qaytarish esa osonlik bilan bo‘lmaydi. Bu jarayonning ko‘p takrorlanishi esa jinsiy ojizlikka olib keladi.


👉 @abrorhamza 👈
DXX Call-markazi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
Nima sotsak sotdik, ammo Vatanni sotmadik!

Kuni kecha Abdulhamidxonning avlodlaridan birining aytgan ajoyib so‘zlarini o‘qib qoldim, gaplari menga juda ham yoqdi. U shunday yozadi:
"Biz dunyoning katta qismida bir necha asr hukmronlik qilgan sulola avlodi bo‘lsak ham, Vatan sadoqati yo‘lida ko‘p mashaqqatlarga duch keldik. Vaqti kelsa, tirikchilik uchun sabzi-kartoshka ham sotdik, kashnich-piyoz ham sotdik. Men faxr bilan shuni aytamanki, biz nima sotsak sotdik, ammo Vatanni sotmadik".

E’tiborimni tortgan narsa, so‘zlovchi din-diyonatli, e’tiqodli odam ekan. Haqiqatan, tarixda ham, bugun ham haqiqiy musulmon odamning gapi shu bo‘lgan. Shu paytgacha yurtimizning asosiy fidoiylari ham ulamolar, din-u diyonatli kishilar bo‘lgani fikrimizni quvvatlaydi.

Darhaqiqat, Vatan elniki, ajdodlardan qolgan pokiza meros, u hech kimning shaxsiy mulki emas. Binobarin, u har birimiz uchun omonat, unga sadoqat burchimiz, uni hech bir qiymatda sotish, shaxsiy manfaatga ishlatish mutlaq mumkin emas.
Vatan bejizga onaga mengzalmagan. Ha, biz uni "Ona Vatan" deymiz. Onani sotib bo‘larkanmi? Onani baholab bo‘larkanmi? Yo‘q, Ona sotilmaydi, bil’aks, ona uchun jon-u mol fido qilinadi, vujudni baxshida etiladi. Vatanni sotganlar onasini sotgan sanaladi. Kishi nima sotsa sotsin, ammo Onani sotmasin!

Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
“Talabalarga forma joriy etilmaydi” — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi” joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

“Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas”, deyiladi vazirlik xabarida.


👉 @abrorhamza 👈
2024 ОТМлар.pdf
206.9 KB
Davlat OTMlarining 2024-yildagi yillik daromadlari va xarajatlari

Eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ichida birinchilikni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti egalladi — 927 mlrd 472 mln so‘m.

Sof foyda bo‘yicha esa eng yuqori o‘rinda Jizzax davlat pedagogika universiteti qayd etildi — 76 mlrd 169 mln so‘m.


👉 @abrorhamza 👈
Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

JAVOB: Yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
 
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay “NB” qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.
 
Kontrakt to’lash muddatlari:
 
🔹 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
 
🔹 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
 
🔹 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.


👉 @abrorhamza 👈
Ummat yuksalishi uchun ayollarimiz yuksalishlari kerak! — Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid


👉 @abrorhamza 👈
O’zbek xalqi 1990-yilda qabul qilingan 1409-I sonli SSSR qonunining 2-moddasiga muvofiq, SSSRdan ajralib chiqishga qaror qilgan va kim istasa, istaganicha muhokama qilishi mumkin, bu qaror to’g’ri va o’zgarmas!

Rossiya esa shamollaganlar va hayolparastlaridan tezroq qutilishi kerak. Bu dard gazak olib, tobora og’ir oqibatlardan darak bermoqda.

Ukraina egoist, tarqoq va zaif g’arbga tayanib xato qildi, lekin bir-biriga tayanayotgan Markaziy Osiyo, qolaversa, butun turkiy dunyoni hisobga olmaganlar xato qiladi.

Rossiya Prezidenti fikrini esa qo’llab-quvvatlayman, qalban rus dunyosiga taalluqli bo’lganlar, hududi yetarlicha ko’p bo’lgan Rossiyada xotirjam va baxtli yashashlari kerak.


👉 @abrorhamza 👈