Abror Hamza
75 subscribers
285 photos
209 videos
8 files
377 links
Bu blog kelajakdagi tarix uchun!

Murojaat uchun: @abrorhamza_bot
Download Telegram
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yayotganida lavhga qarab turib, "Nega bu yerda o‘zbekcha va inglizcha yozuv bor-u, ruschasi yo‘q?!" – deb norozi bo‘libdi.

Bular shu darajada bizning shaxsiy ishimizga aralashishga o‘rganib qolishganki, hatto o‘z yurtimizda oshimizni yeb, kekirib, haykalimizning lavhiga qanday tilda yozishimizgacha o‘rgatishyapti.

Sen Rossiya hududida emassan, borib bu gaplaringni o‘z hududingdagi rahbarlarga aytasan. O‘zbekiston mustaqil davlat va davlat tili o‘zbek tilidir, keyin qaysi tillarda yozilish kerakligini O’zbekistonning o‘zi belgilaydi.

Bugun do‘stlarim bilan Novzada turgandek, rus millatiga mansub ikki kishi metro qayerda deb ruscha savol berdi, yonimdagi do‘stlarim esa shoshib qolib ruscha javob berishdi, sening o‘z yaqinlaring shunaqa qilib o‘tirgandan keyin dardingni kimga ham aytarding, qachongacha bu davom etadi. Karam sho‘rvani yig‘ishtiraylik, tugadi u tuzum. Millatning tili yo‘q bo‘lar ekan, davlat ham yo‘q bo‘lishga mahkum, shuni yodda tutishimiz zarur.

Lavrov sen esa o‘z yurtingga yo‘qol!


👉 @abrorhamza 👈
Instagramda universitetning norasmiy sahifasida ikki kun oldin yangi video (Reels) joylagan edim. Video tez tarqaldi, lekin salbiy fikr bildirganlar ko‘p bo‘ldi. Men esa shunaqa “ko‘mirqalb”larni hech tushunmayman. Instagramda yotib olib, har soatda kirib o‘sha videoga salbiy fikr yozish — ishimi ularning, tavba.

Nimadirlar deb sasiydi, ularning sahifasiga kirib, sahifasining ahvoliga qarab kimligini bilsangiz bo’ladi (bu bilan kimnidir yerga urish emas, ikki-uchtasiga chiroyli, muloyim tarzda javob berdim). Lekin foyda bermadi, faqat asabimni buzishga urinishdi. Oxiri “bor-e”, deb e’tibor bermaslikka harakat qilyapman.

Johillar nimadir yozganda, ularga faqat “omon bo‘linglar” deb javob yozish yoki shunchaki e’tiborsiz qoldirish kerak ekan. Tortishib, o‘zingni asabiy qilib qo‘yishdan hech qanday foyda yo‘q.


👉 @abrorhamza 👈
⚡️Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi

Times Higher Education (THE) tomonidan navbatdagi – THE Asia University Rankings – 2025 natijalari e’lon qilindi. Reyting an’anaviy tarzda ilmiy tadqiqotlar, ta’lim sifati, xalqaro faollik, maqolalar iqtibosligi va sanoat bilan hamkorlik kabi mezonlar asosida tuziladi.

Bu yil O‘zbekistonning 3 ta universiteti ushbu reytingda o‘z o‘rnini topdi:

🔹 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti — 201–250-o‘rinlar;
🔹 O‘zbekiston milliy universiteti — 501–600-o‘rinlar;
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 601+ o‘rinlar.

THE reytingiga kirish o‘zi bo‘ladigan ish emas — bu uchun oliygohlar so‘nggi yillarda ilmiy salohiyat, innovatsion yondashuv, xalqaro aloqalar bo‘yicha jiddiy natijalarga erishgan bo‘lishi kerak.

Oliy ta’limdagi o‘zgarishlar samara berayotganidan yana bir dalil.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qaysi xalqning diyonatini bilmoqchi bo’lsang, ayollarining kiyinishiga qara.”

Tohir Malik


👉 @abrorhamza 👈
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @abrorhamza 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abror Hamza
Video message
Universitetda o‘qib nimaga erishding deyishsa?

Qo‘rqmasdan konspekt yozmasdan joriy nazorat ballaridan eng yuqorisini olganman deb ayta olaman.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Universitetda o‘qib nimaga erishding deyishsa? Qo‘rqmasdan konspekt yozmasdan joriy nazorat ballaridan eng yuqorisini olganman deb ayta olaman. 👉 @abrorhamza 👈
Bu bilan men talabalarni konspekt yozmaslikka targ‘ib qilganim yo‘q.

Aytmoqchimanki, konspekt yozishsin — lekin prezentatsiyani tengma-teng ko‘chirish bilan emas. Ja konspekt yozgisi kelib qolgan bo‘lsa, prezentatsiyani o‘qib, tushunganlarini yozishsin.

Ko‘zbo‘yamachilik uchun, ball olish uchun, o‘qituvchiga yaxshi ko‘rinish uchun konspekt yozilmaydi. Shu fikrni tushunib yetishimiz kerak.


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bir og‘aynilarim bilan gaplashib kelay deganda."

Lolazor ko‘rsatuvining yangi 41-sonini ko‘rdingizmi, hali ko‘rishga ulgurmagan bo‘lsangiz, ko‘rishingizni tavsiya qilaman. Sababiki, suhbat do‘stona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan, yuqoridagi qisqa video orqali ham kayfiyatni his qilishingiz mumkin. Ko‘rsatuvda Otabek akaning yo‘qliklari bilindi, keyingi sonlarida hech yo‘q mehmon sifatida bo‘lsa ham kutib qolamiz.

❗️9-may — "G‘alaba kuni" emas!

Ko‘rsatuvni tomosha qilishingiz uchun havola.


👉 @abrorhamza 👈
Musulmonlarning ijtimoiy tarmog‘i bo‘lgan Umma Life platformasining AppStore’dagi ilovasi yo‘qolibdi.

Yaxshilikka bo‘lsin. Lekin bu tarmoq ustida jiddiy ishlanib, rivojlantirilsa, musulmonlar uchun juda foydali platforma bo‘lardi. Hozir sayt orqali profilimga kirib ko‘rdim — sayt holati ham xursand qiladigan darajada emas. Hali ko‘p ishlar qilinishi kerak.

Bu platformaning ishga tushgan paytida menga yoqqan jihatlaridan biri — nikoh agentligi bo‘limi borligi edi. O‘sha vaqtda to‘liq ishlamagan bo‘lsa ham, kayfiyatni ko‘targan, umid bergan edi. Ishonamiz, Xudo xohlasa, platformasi ham, agentligi ham to‘liq ishlab ketadi.

Mening platformadagi sahifam: https://ummalife.com/abror


👉 @abrorhamza 👈
YANGILIK!

“O‘zagrosug‘urta” AJda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakultetining “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi filiali ochildi!

Tadbirda TDIU O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori S. Mehmonov, “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari B. Ahadov, kafedra professor-o‘qituvchilari, kompaniya xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi hamda “O‘zagrosug‘urta” AJ o‘rtasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bu hamkorlik:

🔹 Sug‘urta ishi,
🔹 Moliyaviy risklarni boshqarish,
🔹 Davlat moliyaviy nazorati
sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Kelgusida magistratura va ilmiy-tadqiqot sohalarida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi!


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga aylantiriladi — prezident 👉 @abrorhamza 👈
Universitetning boshqaruv tizimi "Yangi O‘zbekiston" universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi. Mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi.

Pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi — prezident farmoni


👉 @abrorhamza 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abror Hamza
🌳 “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Ma’lumot o‘rnida: joriy yilgi mavsumda hududlardan jami 570 ta loyiha taqdim etilgan. Bu — fuqarolarning yashil muhit yaratishdagi faolligidan dalolat. Ovoz berish muddati: 30-aprelgacha.…
Bugun “Mening bog‘im” loyihasiga ovoz berish uchun so‘nggi kun.

Men ham jamiyatimiz uchun foydali deb bilgan bu kampaniyada faol ishtirok etish maqsadida, o‘zim munosib deb topgan loyihaga ovoz berdim.

Yashil kelajak — o‘z qo‘limizda!


👉 @abrorhamza 👈