Abror Hamza
995 subscribers
1.15K photos
393 videos
91 files
1.24K links
Bu kanal kelajakdagi tarix uchun!
Download Telegram
❗️Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi! #hemis

HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.

Endilikda jarayon quyidagi 4 ta bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirgani tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;

2️⃣ Har bir talaba uchun diplom anketasi yaratiladi. Diplomning elektron PDF variantlari shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;

3️⃣ Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha buyruq rasmiylashtiriladi va tizimda talaba avtomatik ravishda Bitirgan statusiga o‘tkaziladi;

4️⃣ Diplomlar tasdiqlanadi, nashr parametri faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat reyestriga kiritiladi.

‼️ Muhim: Tizimda “O‘qishga qaytarish” funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!

Eslatma, bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1992-1996-yillarda Mirzo Ulug’bek tumani hokimi bo’lgan yillarida foydalangan “1104 ТНВ” raqamli “Volga” avtomobili.

Hozirda ushbu avtomobil eksponat sifatida saqlanmoqda.

🔗 Rasm manbasi


👉 @abrorhamza 👈
Hokimlikdan davlat rahbarligigacha: Davlatimiz rahbari bir vaqtlar o’zi ishlagan Mirzo Ulug’bek tumani hokimligida.


👉 @abrorhamza 👈
❗️HEMISda buyruqlar moduli: Endi barchasi QR kod va elektron imzo bilan! #hemis

HEMIS axborot tizimida standartlashtirilgan buyruqlar moduli to‘liq ishga tushirildi. Endilikda har bir buyruqning haqiqiyligini QR kod orqali tekshirish va EduImzo platformasi orqali elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash imkoniyati mavjud.

Har bir buyruq quyidagi 5 ta muhim qismdan iborat bo‘ladi:

1️⃣ Qayd ma’lumotlari (raqami va sanasi);
2️⃣ Asosiy matn tarkibi;
3️⃣ Asoslovchi hujjatlar (ariza, tushuntirish xati va boshqalar);
4️⃣ Imzolovchi mas’ullar ro‘yxati;
5️⃣ Ilova (buyruqqa tushgan talabalar ro‘yxati va ma’lumotlari).

Tizimda qanday buyruqlarni rasmiylashtirish mumkin?

Hozirda HEMISda jami 19 turdagi asosiy buyruq va farmoyishlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan:

• Talabani o‘qishga qabul qilish va darslarga ruxsat berish;
• Kursdan kursga o‘tkazish yoki kursdan qoldirish;
• O‘qishni bitirish yoki bekor qilish;
• O‘qishni ko‘chirish (perevod) va qayta tiklash;
Akademik ta’til berish va akademik mobillik;
Stipendiya tayinlash;
Intizomiy chora ko‘rish;
Shaxsiy grafik belgilash;
• Talabani amaliyotga yuborish;
• Bitiruv ishlari mavzusini tasdiqlash va himoyaga ruxsat berish.


👉 @abrorhamza 👈
Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘li Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi direktori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Oliy ta’lim vazirligining Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Akbarxon akani ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklayman.


👉 @abrorhamza 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston ovozi koʻchasida tashkil etilgan gastronomik koʻcha bilan tanishdi

Koʻchaning umumiy uzunligi 2,1 kilometr. Loyiha qiymati 40 milliard soʻm. Koʻchada jami 165 ta savdo obyekti faoliyat yuritmoqda. 89 ta tadbirkorlik subyekti uzluksiz ishlash tartibiga oʻtgan. Shuningdek, 2 ming 221 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

O’zbekiston ovozi ko’chasi 2025-yilda poytaxtda tun-u kun ishlashga o’tgan 26 ta shunday ko’chadan biri sanaladi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Oliy ta’lim tahlili.pdf
2026-yil: Talabalarning ta'lim sohalari va hududiy mansubligi qanday?

Hududlar kesimida ta’lim resurslarining katta qismi aynan Toshkent shahrida jamlangan. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar va texnik yo‘nalishlar poytaxtda ustunlik qiladi.

Poytaxtda eng ko'p 579 ming 69 nafar talaba yoki umumiy talabalarning 33,9 foizi tahsil oladi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (178 ming 957 nafar, 10,4 foiz) va Samarqand viloyati (127 ming 887 nafar, 7,6 foiz) qayd etilgan.

Shuningdek, eng kam talaba soni Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, mazkur hududda 23 ming 362 nafar talaba ya'ni umumiy ko‘rsatkichning 1,3 foizi tahsil olmoqda.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
❗️Endi kreditingiz uchun hamma pulingizni yechib olisholmaydi Banklar va to‘lov tashkilotlari (bo‘lib to‘lash, mikrokredit va boshqalar) tomonidan qarzdorlikni kartadan avtomatik yechib olish tartibiga muhim o‘zgarish kiritilmoqda. Endilikda fuqaroni yashash…
Biroq bir “lekin”i bor…

Agar o’zingiz karta ma’lumotlaringizni bank ilovalariga ulab, buni bir martalik OTP kod bilan tasdiqlagan bo’lsangiz bu qoida ishlamas ekan.

Ya’ni bunday holatda kredit, mikroqarz yoki muddatli to’lovlar uchun kartangizdagi pullar hozirgidek yechib olinishda davom etishi mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
❗️20 ming nafar yosh dunyoning nufuzli oliygohlari tajribasi asosida o‘qitiladi

O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar safini 30 foizga oshirish, ularning 70 foizini barqaror daromadga olib chiqish hamda bu orqali 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha katta ishlar boshlanadi. Bu haqda Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.

“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi orqali Garvard, Yel, MIT, Stenford va London biznes maktabi kabi nufuzli oliygohlar tajribasi asosida 20 ming yosh o‘qitiladi. Ulardan 1 ming nafar tadbirkor saralanib, loyihalari uchun 206 million so‘m (500 BHM) gacha imtiyozli ssuda ajratiladi.


👉 @abrorhamza 👈
❗️GPA natijangizni hisoblash endi yanada oson — my.hemis.uz orqali

Talabalar o‘z o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini (GPA) kuzatib borishlari va akademik natijalarini tahlil qilishlari uchun my.hemis.uz portalidan foydalanishi mumkin.

Tizimdan qanday foydalaniladi?

Portalga OneID yagona identifikatsiya tizimi yoki oliygoh tomonidan berilgan HEMIS login-paroli orqali kirish mumkin.

Saytdagi GPA kalkulyatori orqali siz — har bir o‘quv yili natijasini alohida GPA ko‘rsatkichini ko‘rishingiz mumkin. Agar sizga umumiy GPA ko‘rsatkichingiz qiziq bo‘lsa, kontrakt.edu.uz axborot xizmatidan foydalanishingiz mumkin.


👉 @abrorhamza 👈
Qabulga oz qoldi. Abituriyentga qanday hujjatlar kerak? #abituriyent

2026-2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni yaqinlashmoqda.

📋 Qabul uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

▪️ Pasport yoki ID karta — hujjat topshirishda shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjat;

▪️ O‘rta ta’limni tugatganlik to‘g‘risidagi hujjat – litsey, kollej yoki maktabni 2024-2025-o‘quv yilidan oldin tamomlaganlar uchun;

Eslatma, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab maktabni tugatganlar uchun bu hujjat talab qilinmaydi.

▪️ Imtiyoz bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat – masalan: sertifikat, mukofot, tavsiyanoma va boshqalar.

📲 Hujjatlar onlayn shaklda topshiriladi — skanerlangan variantlar yoki fotosuratlar yetarli bo‘lishi mumkin. 5-iyun sanasidan boshlab my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi.

https://t.me/abrorhamza/6010


👉 @abrorhamza 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️DXX ogohlantiradi: Aldovlar ta’sirida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilmoqchi bo‘lgan toshkentlik 5 nafar fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi.


👉 @abrorhamza 👈
Abror Hamza
Prezident maktablariga ariza topshirishda qanday hujjatlar talab qilinadi? JAVOB: Hujjatlar ro‘yxati quyidagicha: 🔹 Oxirgi 2 oyda tushgan fotosurat; 🔹 Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrka) nusxasi; 🔹 Maktab direktori tasdiqlagan yoki QR-kodli elektron…
O‘quvchi respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

JAVOB: Yo‘q, o‘quvchilar faqat o‘zlari ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi, Andijon viloyatidagilar esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.

Prezident maktabiga hujjat topshirishda baholarga qanday talablar bor?

JAVOB: Talabgor o‘quvchining 4-sinf yillik baholari bo‘yicha quyidagi talab qo‘yiladi:

🔹 Matematika fanidan — 5 (a’lo);
🔹 Tabiatshunoslik fanidan — 5 (a’lo) bo‘lishi shart.

Boshqa fanlar bo‘yicha bunday talab mavjud emas. Shuningdek, baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.


👉 @abrorhamza 👈
📊 O’zbekistonning birinchi chorak (yanvar-mart oylari)dagi iqtisodiy ko’rsatkichlari:

📈 yalpi ichki mahsulot hajmi — 8,7 foizga;
📈
sanoat — 8 foizga;
📈
xizmatlar — 16,1 foizga;
📈
qishloq xo‘jaligi — 5,1 foizga o‘sdi;

💵 eksport — 5,8 mlrd dollarni;
💵 xorijiy investitsiya hajmi — 13,7 mlrd dollarni tashkil etdi;

📉 inflyatsiya — yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi.

📈 byudjet daromadlari — o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 103 trln so‘mga yetdi;
📈 mahalliy budjetlarda qo‘shimcha 2 trln 200 mlrd so‘m mablag‘ shakllandi;
📈 shundan 1 trln 400 mlrd so‘m tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi.


👉 @abrorhamza 👈