O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
11.6K subscribers
28.3K photos
1.83K videos
268 files
5.82K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
⚡️Toshkentdagi Xalqaro nordik universiteti rahbariyati Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Toshkentdagi Xalqaro nordik universiteti rektori Sherzod Mustafaqulov, Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsuli Alisher Joʻrayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Odil Quysinovlar hamda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yoʻldashev oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

📌Uchrashuv soʻngida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Batafsil: Ru. Eng

Telegram/ Instagram/ Facebook/ Sayt
21-23-oktabr kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar oʻrtasida “Voleybol” sport turi boʻyicha Toshkent shahar hududiy saralash bosqichi oʻtkazildi.

🏆Murosasiz bahsga boy oʻtgan musobaqada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qizlar terma jamoasi faxrli 3-oʻrin sohibi boʻldi.


😎Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Batafsil: Uz. Ru. Eng.
🏀23-24-oktabr kunlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar oʻrtasida “Stritbol” sport turi boʻyicha Toshkent shahar hududiy saralash bosqichi oʻtkazildi.

🏆Mazkur musobaqada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qizlar terma jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallab, Buxoro viloyatida boʻlib oʻtadigan Respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


🗞Ma’lumot uchun, “Stritbol” sport turining Respublika final bosqichi 2-5-noyabr kunlari Buxoro shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil: Uz. Ru. Eng.
⚡️ OʻzDJTU Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Joʻrayeva, fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari M.Аripova, F.Аshurova, X.Nishanova А.Mardiyevalar va Аxborot-resurs markazi xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

📌 Uchrashuv xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirishga, huquqiy savodxonligini oshirishga, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik, shuningdek, xotin-qizlarga oid davlat siyosatini targʻib qilishga xizmat qiladigan “Saodat” jurnalining targʻiboti masalalari muhokamasiga bagʻishlandi.

Batafsil: Uz. Ru. Eng