O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.5K photos
3.02K videos
323 files
9.74K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
“Ayol – qadriyatlar davomchisi” tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 1-may kuni Uchtepa tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ayol – qadriyatlar davomchisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova, Ingliz filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Bannopova hamda Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva faol ishtirok etib, nutq so‘zladilar.

Ular o‘z chiqishlarida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi haqida atroflicha fikr bildirdilar.

Tadbir davomida universitet talabalari ham faol qatnashib, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlari orqali yig‘ilishga o‘zgacha ruh bag‘ishladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
🟦🟦

YEVROPA TAJRIBASI ASOSIDA QISQA MUDDATLI O‘QUV KURSLARI

🇪🇸 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy tajriba asosida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Mazkur kurslar doirasida Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan malakali xorijiy mutaxassislar — Dr. María Esther Zaplana Rodríguez hamda Dr. María Isabel Jiménez González tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari 2026-yil 5–7-may kunlari davomida tashkil etiladi.

Kurslar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

– Ispan tili o‘qituvchilari uchun
ISPAN TILI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI – 12 soat

– Ingliz tili o‘qituvchilari uchun
RAQAMLI PEDAGOGIKA VA TIL TA’LIMIDA INNOVATSION METODLAR – 12 soat

Kurs yakunida ishtirokchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar taqdim etiladi.

Mazkur o‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan professor-o‘qituvchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Telegram guruhlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
– Ispan tili yo‘nalishi: t.me/ispan_tili_qmk
– Ingliz tili yo‘nalishi: t.me/ingliz_tili_raqamlipedagogika_qm

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
O‘zbekiston Milliy universitetida “Global ta’lim va umuminsoniy qadriyatlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur anjuman zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratildi.

Anjumanda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi dotsenti Musayeva Sevinj faol ishtirok etib, ilmiy ma’ruza bilan chiqish qildi. U o‘z nutqida global ta’lim tendensiyalari, umuminsoniy qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, shuningdek, innovatsion metodlar asosida ta’lim samaradorligini oshirish masalalarini keng yoritib berdi.

Musayeva Sevinjning chiqishi ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, muhokamalar davomida dolzarb ilmiy va amaliy takliflar ilgari surildi. Anjuman doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim g‘oyalar ilgari surildi.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumandagi faol ishtiroki va mazmunli ma’ruzasi uchun Musayeva Sevinj sertifikat bilan taqdirlandi. Bu esa uning ilmiy salohiyati va kasbiy mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩1