O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
11.6K subscribers
28.3K photos
1.83K videos
268 files
5.82K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Bugun - 25-oktabr kuni Aleksandr Faynberg ijodini o'rganish va talaba yoshlar orasida adibning o'zidan qoldirgan ko'lamli asarlarini keng targ'ib qilish maqsadida Roman-german filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari va Aleksandr Faynberg stipendiyasi sohiblari ishtirokida Adiblar xiyobonida badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan shoirning hayoti va ijodi, adabiyotga qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar berob o'tildi. Rusiyzabon, o'zbek qalbli shoir bo'lmish Faynbergning ijodiga befarq bo'lmagan talabalar shoirning ijod namunalaridan parachalar o'qib berdi.

Bizni kuzatib boring!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥Еженедельный дайджест
✍️ PLOV.PRESS bo‘lajak jurnalistlar uchun ikkinchi mahorat darsini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

27-oktabr kuni hozirgi va bo‘lajak jurnalistlar uchun mahorat darslari turkumining ikkinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tadi 📝.

Tashkilotchilar:

PLOV.PRESS nashri Aloqalarni rivojlantirish milliy tadqiqot instituti, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda “Ziyo forum” jamg‘armasi ko‘magida.

🎓 Bu gal falsafa fanlari nomzodi, iqtisod fanlari doktori, marketing va reklama kafedrasi professori, Rossiya davlat ijtimoiy universiteti Siyosiy va ijtimoiy texnologiyalar fakulteti kommunikatsiyalarni boshqarish va munosabatlarni boshqarish kafedrasi mudiri Dmitriy Anatolyevich Shevchenko trening o’tib beradi.

✏️ Ikkinchi uchrashuvda “Raqamlashtirish va globallashuv davrida ommaviy axborot vositalarining dolzarb muammolari” mavzusi muhokama qilinadi.

👉🏼 Batafsil o'qing.
✍️ PLOV.PRESS готовится провести второй мастер-класс для будущих журналистов

27 октября пройдет вторая онлайн-встреча из цикла мастер-классов для действующих и будущих журналистов 📝. Организаторами выступает издание PLOV.PRESS совместно с Национальным Исследовательским Институтом Развития Коммуникаций, Университетом журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана, Узбекским Государственным университетом мировых языков при поддержке фонда Ziyo Forum.

🎓 На этот раз перед слушателями выступит Дмитрий Анатольевич Шевченко — кандидат философских наук, доктор экономических наук, профессор по кафедре маркетинга и рекламы, заведующий кафедрой коммуникационного менеджмента и управления отношениями факультета политических и социальных технологий Российского государственного социального университета.

✏️ На второй встрече будет обсуждена такая тема, как “Актуальные проблемы медиа в эпоху цифровизации и глобализации”.

👉🏼 Подробнее.
Bugun OʻzDJTUda media tadbirkor ,video bloger  MODUL5 loyihasining asoschisi Ulugʻbek Ismatov “PR va maqsadli auditoriya”mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

📌Unda Media va kommunikatsiya fakulteti Axborot xizmati yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

🖊Uchrashuv davomida Jamoatchilik bilan aloqalarning paydo boʻlish omillari, PRning rivojlanish bosqichlari va PRning juzʼiy koʻrinishlari. PR taraqqiyotiga xissa qoʻshgan insonlar. PRning zamonaviy koʻrinishlari haqida soʻz yuritildi.

📎Ushbu davra suhbati, “Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama asoslari”fani oʻqituvchisi Baxodirova Eʼzoza tomonidan tashkil etildi.

Telegram/ Instagram/ Facebook/ Sayt
⚡️ Bugun 26-oktyabr sanasida OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti, Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Axmedova Anorxon Nasivali qizi “Nomdor stipendiyalar va maqola yozish tartibi” mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.

Unda fakultetlar Ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovinlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, Tarjimonlik hamda boshqa fakultet talabalari ishtirok etishdi.

📌 Seminar offline va online (Zoom platformasi orqali) olib borildi.

Batafsil: Uz. Ru. Eng.

Telegram/ Instagram/ Facebook/ Sayt