Mobi Uz | Official
59 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Ura! Mobiuz’ning «AvtoMOBI» aksiyasining g‘oliblarini aniqlash marosimi avjida! Bir qator hududlardan g‘oliblar ham aniq bo‘ldi!

Tadbirdan kichik fotojamlanmani e’tiboringizga taqdim etamiz.

Online tarzda ko‘rish uchun bu yerga kiring: https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan

#mobiuz #aksiya
Chiroyli raqamlar narxlari yanada arzonlashdi!

Endi Steel Light, Steel va Bronze toifalaridagi chiroyli raqamlarni juda arzon narxlarda va hattoki bepul ulash mumkin.* Buning uchun oyiga 30 000 so‘m va undan kattaroq abonent to‘loviga ega tariflarga ulanish kifoya. Eng muhimi, tarif abonent to‘lovi qanchalik katta bo‘lsa, raqamlar shu darajada arzon bo‘ladi!

Masalan, Steel raqamlarining aslidagi narxi 130 000 so‘m. «Mobi 30» yoki «Mobi 40» tariflariga ulanganda, uning narxi 32 500 so‘mni, «Mobi 50» yoki «Mobi 70» ga ulanganda esa 19 500 so‘mni tashkil qiladi. «Mobi 90» yoki «Mobi 110» ni tanlasangiz, Steel raqamini 6 500 so‘mga ulaysiz. Tarifingiz abonent to‘lovi 130 000 so‘mdan ko‘proq bo‘lganda esa Steel raqami bepul taqdim etiladi.

*Ushbu tartib 0 bilan boshlanadigan prefikslar uchun amal qilmaydi.

#mobiuz

https://t.me/joinchat/AAAAAEolrsHB-dq3Vs8nTQ
O‘z hududingiz uchun Mobiuz’ning 0 bilan boshlanadigan prefiksini kutayotganmidingiz? Unda bu ajoyib yangilik aynan siz uchun!

Endi mamlakatimizning har bir burchagida Mobiuz’ning qaynoqqina o‘ta chiroyli prefikslariga ulanish mumkin:

002 – Toshkent shahrida; 010 – Tosh. viloyatida; 020 – Sirdaryoda; 025 – Jizzaxda; 030 – Samarkandda; 040 – Farg‘onada; 050 – Namanganda; 060 – Andijonda; 070 – Qashqadaryoda; 075 – Surxandaryoda; 080 – Buxoroda; 085 – Navoiyda; 090 – Xorazmda va 095 – Qoraqalpog‘istonda.

Kompaniya ofislari va tijorat hamkorlarining savdo shahobchalariga shoshiling!

#mobiuz #prefikslar

https://t.me/joinchat/AAAAAEolrsHB-dq3Vs8nTQ
Mobiuz yangi (+998) 97 944 prefiksini Farg‘ona viloyati, (+998) 97 602 va (+998) 97 859 esa Xorazm viloyati uchun ishga tushirdi!

Mobiuz raqamini abonent to‘lovi 30 000 so‘mdan boshlanadigan tarifga ulab, “AvtoMOBI” aksiyasi ishtirokchisiga aylaning: https://mobi.uz/uz/discounts/discounts/20286/. Sizda faqat 3-fevral yakunigacha vaqt bor!

#mobiuz #prefiks

https://t.me/joinchat/AAAAAEolrsHB-dq3Vs8nTQ
Kecha bo‘lib o‘tgan “AvtoMOBI” aksiyasi o‘yini OAV e’tiborida: https://daryo.uz/2020/02/14/reportaj-mobiuz-15-ta-avtomobil-g%ca%bboliblarini-aniqladi/.

Biz esa g‘oliblarning ID-kodlarini eslatib o‘tamiz: https://mobi.uz/uz/news/2020/20581/.

Kompaniyamiz vakillari g‘oliblar bilan kelasi haftadan bog‘lanishni boshlashadi. Kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin ularga avtomobillarning kalitlari topshiriladi. Bunday tadbirlar har bir viloyatda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

#mobiuz #aksiya
Korporativ mijozlar uchun bir vaqtning o‘zida ikkita yangi tarif rejasini ishga tushirdik!

🆕 «Corporate 80»
TR’da O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 3 000 daqiqa, 20 000 MB hamda 3 000 SMS taqdim etilmoqda. Korporativ guruh ichida suhbat bepul!

🆕 «Corporate 100» TR esa O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 25 000 MB hamda 5 000 SMS’ni o‘z ichiga olgan!

Yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar Mobiuz’ga qarashli ofislarda ulanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot saytimizda:
https://corp.mobi.uz

#mobiuz #korporativaloqa
Mobiuz’ning yangi prefikslari hududlarda sotuvga chiqdi.

Toshkent viloyatida (+998) 97 879 hamda Farg‘ona viloyatida (+998) 97 941 bilan boshlanadigan raqamlarga ulanish mumkin.

Hammabop Mobi tariflarimizdan o‘zingizga qulayini tanlab olishingizga ishonchimiz komil. Kompaniya xizmat ko‘rsatish ofislari hamda tijorat vakillarining savdo shahobchalarida sizlarni kutib qolamiz!

#mobiuz #prefikslar
Mobiuz’ning yillik abonent to‘loviga ega tarif rejalari qatori yanada kengaydi! «Mobi 70 Yillik» tarifi ishga tushdi!

U suhbat uchun qulay to‘plamlarni o‘z ichiga olgan:
👉 12 000 MB (har oyda);
👉 2 500 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga (har oyda);
👉 tarmoq ichida bepul suhbat;
👉 2 500 SMS-xabar (har oyda).

Abonent to‘lovi – yiliga 700 ming so‘m. «Mobi 70» tarifidan bir yil foydalanish bilan qiyoslaganda naq 140 ming so‘m tejaysiz!

Tarifga Mobiuz ofislarida ulanish yoki *111*143# orqali o‘tish mumkin.

#mobiuz #tarifrejasi
Yillik Mobi tarif rejalarining to‘rtinchisiga ulanish imkoniyati paydo bo‘ldi!

“Mobi 50 Yillik”
– bu tarmoq ichida bepul suhbat, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 1 500 daqiqa, 8 000 MB hamda 1 500 SMS-xabar demakdir.

Abonent to‘lovi – yiliga 500 000 so‘m.

Tarif rejasini batafsil shartlari saytimizda taqdim etilgan: https://mobi.uz/uz/tariff/year/20475/.

#mobiuz #tariflar