Mobi Uz | Official
60 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun yangi tarif rejasi ishga tushirilganligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!

Mobiuz’ning “Corporate 200” tarifida:
👉 O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
👉 70 000 MB mobil Internet;
👉 10 000 ta SMS-xabar
👉 oyiga 200 ming so‘mga taqdim etilmoqda.

Boshqa korporativ tariflardan ushbu tarif rejasiga o‘tish bepul. Batafsil ma’lumot https://corp.mobi.uz saytimizda.

Mobiuz bilan biznesingiz uchun yangi imkoniyatlar ochiladi!

#mobiuz #korporativaloqa
Hurmatli abonentlar, Sirdaryo viloyati aholisi!

Mobiuz mobil operatori Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida yuzaga kelgan holat bo‘yicha sizlarga hamdard. Hozirda sizlarga har tomonlama mehr va e’tibor kerakligini yaxshi bilamiz.

Shunday ekan, bugundan boshlab Mobiuz’ning Sirdaryodagi abonentlari uchun chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxlanmaydi. Kompaniyaning har qanday tarif rejasida (daqiqalar yakunlangandan keyin) viloyat aholisi may oyi yakunigacha O‘zbekiston bo‘yicha ckeksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin.

Biz sizlar bilan, qadrli sirdaryoliklar! Biz birgamiz!

#mobiuz #muhim
Mobiuz texnik jamoasi Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridagi ob’yektlarni tiklash ustida 24/7 rejimida ishlar olib bormoqda.

27-aprel kuni Buxoro viloyatida bo‘lgan kuchli shamol oqibatida Olot va Qorako‘l tumanlarida aloqa obyektlariga zarar yetgan edi. Hozirda ulardan 3 tasi to‘liq tiklandi. Yana bitta basa stansiyasida ishlar olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 15 ta ob’yektda texnik ishlar yakunlandi. Yana 4 ta ob’ektda suv bosishi oqibatlarini bartaraf qilish ishlari bilan bir maromda aloqa tiklanadi.

Ikkala viloyatning ham elektr energiyasi uzilgan hududlarida dizel-generator uskunalari orqali stansiyalar faoliyati ta’minlanib turilmoqda.

#mobiuz #BS
7-may – telekommunikatsiya va aloqa sohalarida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning kasb bayrami.

Millionlab odamlarni aloqa va ma’lumot olish imkoniyati bilan ta’minlayotgan minglab mutaxassislar bugungi kunni nishonlamoqda.

Mobiuz jamoasi sohamizning barcha ishchilarini, boshqa idora, muassasa va kompaniyalardagi hamkasblarimiz va hamkorlarimizni bayram bilan tabriklaydi! Ularning ishlariga muvaffaqiyat, yangidan yangi yutuqlarga erishishlarini tilab qolamiz!

#mobiuz
Forwarded from Mobiuz
Mobiuz mobil operatori shu yilning 27-aprelidan 3-mayigacha mamlakat bo‘ylab 88 ta yangi baza stansiyasini o‘rnatganligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
👉 Amudaryo tum., Xitoy qishlog‘i;
👉 Kegeyli tum.: Erkindarya qishlog‘I va B.Karimberdiyev fermer ho‘jaligi;
👉 Xo‘jayli tum., Taxiatosh shahridagi Rashidov ko‘chasi.

Toshkent sh.
👉 Bektemir tum., Bayqaro ko‘chasi.

Andijon viloyati
👉 Andijon sh., Sariquy va Milliy tiklanish ko‘chalari.

Buxoro viloyati
👉 Buxoro tum., Madaniyat mahallasi.

Jizzax viloyati
👉 G‘allaorol tum., Lalmikor mahallasi;
👉 Sh.Rashidov rumani, Saraylik mahallasi.

Navoiy viloyati
👉 Navoiy sh.: Guliston mavzesi va Ayniy ko‘chasi;
👉 Karmana tum.: Do‘rmon aholi yashash punkti va Azamat qishlog‘i;
👉 Xatirchi tum.: Uchkara, Oltinsoy qishloqlari.

Namangan viloyati
👉 Namangan sh.: 3-mikrotuman hamda Yangiobod ko‘chasi;
👉 Uychi tum.: A.Temur ko‘chasi hamda Yorqo‘rg‘on qishlog‘i.

Samarqand viloyati
👉 Samarqand shahri: Cho‘ponota mavzesi hamda M.Ulug‘bek ko‘chasi;
👉 Oqdaryo tum., Po‘latdarhon qishlog‘i;
👉 Samarqand tum.: Bog‘ibaland, Angaralmas, Ohalik, Dashtoki bolo QFY, Urtashik qishlog‘i;
👉 Nurobod tum., Oqsoy qishlog‘i;
👉 Pahtachi tum., Sultonobod qishlog‘i.

Surxondaryo viloyati
👉 Termiz shahri: 4-mikrotuman va M.Qashqariy ko‘chasi;
👉 Denov tum., Denov sh.dagi N.Mirzayev ko‘chasi;
👉 Jarqo‘rg‘on tum., Jarqo‘rg‘on ko‘chasi;
👉 Sariosiyo tum., Ohunboboyev QFY;
👉 Termiz tum., Do‘stlik QFY;
👉 Uzun tum.: Fayzov mahallasi hamda Madaniy Turmush qishlog‘i;
👉 Sherobod tum., Sariqamish QFY.

Sirdaryo viloyati
👉 Guliston tum., Uch Qahramon QFY.

Toshkent viloyati
👉 Bekobod tum.: Bekobod sh.dagi M.Turg‘unboyeva mahallasi va Muhammedov ko‘chasi;
👉 O‘rta Chirchiq tum., Tuyabo‘g‘iz qishlog‘i;
👉 Yangiyo‘l tum.: Yangiyo‘l shahridagi Beruniy ko‘chasi hamda Sho‘ralisoy QFY.

Farg‘ona viloyati
👉 Farg‘ona sh.m Yashil ko‘chasi;
👉 Qo‘qon sh., Muqimiy ko‘chasi;
👉 Oltiariq tum., Qapchug‘ay qishlog‘i;
👉 Rishton tum., Jaloyer qishlog‘i;
👉 Farg‘ona tum., Satrak qishlog‘i.

Xorazm viloyati
👉 Bog‘ot tum., Kulanqorabog‘ qishlog‘i;
👉 Qo‘shko‘pir tum.: O‘rtaqishloq va Shixobod qishloqlari;
👉 Xozarasp tum.: Bo‘ston, Beshta, Karvak, Istiqlol, Pichoqchi qishloqlari;
👉 Xonqa tum., Alanja qishlog‘i;
👉 Shovot tum.: Beshchiqir, Kangli, Manak, Chig‘atoyqal’a qishloqlari.

Qashqadaryo viloyati
👉 Qarshi sh.: Husnobod, Jayxun, Maxtumquli ko‘chalari;
👉 Shahrisabz shahri, Ipak Yo‘li ko‘chasi;
👉 G‘uzor tum.: Tugal, Qushtepa, Gulshan qishloqlari;
👉 Koson tum., Abadqishloq qishlog‘i;
👉 Kitob tum.: Kitob sh.dagi Ipak Yo‘li ko‘chasi, tumandagi General Jo‘rabek ko‘chasi hamda Ayoqchi qishlog‘i;
👉 Chiroqchi tum.: Chiroqchi sh.dagi M.Jumanov ko‘chasi, Qoratelpak qishlog‘i;
👉 Shahrisabz tum.: Miraki, Qushqanot qishloqlari;
👉 Yakkabog‘ tum.: Alakarg‘a, Qatag‘on, Madaniyat, Gurjob, Jiyda, Saroy qishloqlari;
👉 Qarshi tum., Mang‘it qishlog‘i.

#mobiuz #BS
Mobiuz’dan yangi raqamlarni kutayotganmidingiz? Yangi (+998) 97 692 va 693 prefikslari Surxondaryo viloyati uchun ochilganligini ma’lum qilamiz.

Raqamlarni kompaniya ofislari va tijorat hamkorlarida ulash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bizda SIM-kartalarni yetkazib berish xizmati ham amal qilmoqda. Bu karantinda bo‘lgan “qizil” yoki “sariq” hududlar uchun ayniqda qulay. Buyurtmalar (+998) 97 1300909 raqami bo‘yicha qabul qilinmoqda.

#mobiuz #prefikslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘plab davlatlarda karantinda o‘tirgan aholi mobil ilovalardan faol foydalanishni va ularning pullik talqinini xarid qilishni boshladi.

Bugungi infografikamizda bu mavzuga batafsil to‘xtalamiz.

#mobiuz #infografika
Mobiuz rouming imkoniyatlarini kengaytirishni davom etmoqda.

Endi quyidagi horijiy operatorlar tarmoqlarida rouming xizmatlari amal qilmoqda:
🛫 Ispaniyaning "Telefonica” operatori tarmog‘ida ovozli rouming;
🛫 Estoniya va Latviyaning “Tele2”, Germaniyaning “Telefonica” tarmoqlarida ovozli rouming va ma’lumotlar uzatish xizmati;
🛫 Armeniyaning “VEON”, Norvegiya va Daniyaning “Telenor”, Germaniyaning “Telefonica”, Honkongning “HKT”, Sloveniyaning “Telemach”, Malayziyaning “Celcom” tarmoqlarida CAMEL-rouming;
🛫 Sloveniyaning "Telemach”, Malayziyaning “Celcom”, Armeniyaning “МТС” tarmoqlarida LTE-rouming.

Umid qilamizki, karantindan keyin boshqa mamlakatlar bo‘ylab sayohat qilishda Mobiuz xizmatlari sizga qo‘l keladi!

#mobiuz #rouming
Mobiuz hududlarda yangi prefikslarni ishga tushirdi!

Endi Xorazm viloyatida (+998) 97 203, Toshkent viloyatida 669, Samarqand viloyatida 893, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 967 bilan boshlanadigan raqamlarni ulash mumkin.

Shu bilan bir qatorda saytimizda raqamlarni ko‘rib chiqishingiz va tanlashingiz mumkin:

👉 0 prefiksi bilan boshlanadigan raqamlar ro‘yxati: https://mobi.uz/upload/Nomera_s_TP.pdf

👉 Yillik tariflarga ulash kerak bo‘lgan chiroyli raqamlar ro‘yxati: https://mobi.uz/upload/Nomera_god_TP.pdf

SIM-kartalarga (+998) 97 1300909 raqami orqali buyurtma berish mumkin.

#mobiuz #prefiks
Mobiuz'ning har qanday oylik Internet-to'plamini faollashtirganda huddi shuncha tungi MB bepul berilishi yodingizdami?

300 MB'dan 50 000 MB'gacha ulash mumkin. Buning uchun *102*X# tering (X - kerakli hajm: 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, 10000, 20000, 30000, 50000).

Avvalgi narxlar bo'yicha ikki baravar ko'proq Internet!

#mobiuz #aksiya