Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi
1.57K subscribers
8.53K photos
154 videos
348 links
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasidagi barcha yangiliklar va ma'lumotlar shu rasmiy kanalda olishingiz mumkin.
Download Telegram
Forwarded from Termiz Lokomotiv Deposi
Joriy yilning 18-iyul sanasida Termiz MTU filiali bosh muhandisi M.J.Kenjayev va Termiz lokomotiv deposi filiali boshlig'i S.M.Ubaydullayev rahbarligida "Harakat xavfsizligi kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda temir yo'l tizimidagi barcha korxona vakillari qatnashib, mashinist va mashinist yordamchilar tomonidan yozilgan shikoyatlarga javob berishdi. Shuningdek joriy yilda yo‘l qo‘yilgan baxtsiz hodisalar, kamchiliklar va nuqsonlar tahlili, Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi masalalar, Lokomotivlardan foydalanish sexi ishchi-xodimlarining mehnat intizomi. Video kuzatuv kameralalari orqali aniqlangan kamchilikar muhokamasi haqida davra suhbati bo’lib o’tdi, mashinistlar va mashinist yordamchilari yo'l qo'ygan xatolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.
Joriy yilning 17-iyul kuni "Temir yo'lda harakat xavfsizligi kuni" doirasida "Texnik va texnologik nazorat departamenti" boshlig'i A.K.Karshiyev rahbarligida, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari O.Ch.Hayitov va Yagona dispetcherlik markazi boshlig'ining o'rinbosari Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbarlari ishtirokida Tinchlik uzelida mehnat qilayotgan temir yo'l xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yig'ilganlarga bugungi kunga qadar butun jahonning va mamlakatimizning temir yo'l tizimida harakat xavfsizligini ta'minlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va ularni oldini olish bo'yicha slaydlar taqdim etilib holatlarni oldini olish choralari chuqur tahlil etildi.
Yig'ilish rahbarlar va xodimlar o'rtasida faol savol-javob tarzida o'tkazilib yig'ilganlar o'zlarining savollariga javob oldilar, soha rivoji bo'yicha, harakat xavfsizliini ta'minlash bo'yicha, ta'mir jarayonlarini optimallashtirish bo'yicha takliflar tinglanib mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Forwarded from Termiz Lokomotiv Deposi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.2023 yildagi PQ-329-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Temiryo‘linfratuzilma” AJ  Termiz lokomotiv deposi filialida raqamlashtirish sohasini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida 2024 yil 18-iyul kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari S.S.Asrorov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Uzel rahbariyati bilan birgalikda MTU miqyosida amalga oshirilayotgan “START-UP” loyihalar hamda foydalanib kelinayotgan platformalar tahlili o‘rganib chiqildi hamda aniqlangan kamchilik va takliflar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.