Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi
1.6K subscribers
9.16K photos
162 videos
383 links
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasidagi barcha yangiliklar va ma'lumotlar shu rasmiy kanalda olishingiz mumkin.
Download Telegram
Forwarded from uzdepo
"O'zbekiston" lokomotiv deposida haftaning har chorshanba kuni odatiy tarzda o'tkaziladigan "Harakat xavfsizligi kuni"ning bu galgi yig'ilishi “Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘i Sh.T.Tulyaganov, “Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘i o‘rinbosari L.I.Xaydarov hamda korxona boshlig’i N.M.Hamdamov boshchiligida bo'lib o'tdi.

Yig’ilish davomida, “Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘i Sh.T.Tulyaganov boshchiligida joriy yilda yo‘l qo‘yilgan baxtsiz hodisalar, kamchiliklar va nuqsonlar tahlili. Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi masalalar. Lokomotivlardan foydalanish sexi ishchi-xodimlarining mehnat intizomi. Video kuzatuv kameralalari orqali aniqlangan kamchilikar muhokamasi haqida davra suhbati bo’lib o’tdi, mashinistlar va mashinist yordamchilari yo'l qo'ygan xatolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.

“Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘i Sh.T.Tulyaganov va “Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘i o‘rinbosari L.I.Xaydarovlar tomonidan YTH “Afrosiyob” elektropoyezdi o‘quv kursini tamomlagan mashinistlarga “Afrosiyob” elektropoyezdi mashinisti huquqini beruvchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi va keyingi bitiruvchilar o’quv kursini tamomlagan kuni guvohnomani olishi mumkinligini takidlab o’tdi.

Yig’ilish yakunida, lokomotiv brigadalari tomonidan berilgan savol, taklif va e’tirozlar batafsil muhokama qilindi va mutassadilarga tegishli topshiriqlar berildi.
#Tug‘ilgan_kun_tabrigi ! 🥳🎉🎂

Bugun 14-iyul Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Haitov Otabek Choriyevichning  tavallud ayyomlari bilan "O'zbekiston temir yo'llari " AJ  Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi hamda  Lokomotiv xo'jaligi jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz !

Hurmatli Otabek Choriyevich ! Sizga  uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik tilaymiz, oilaviy hayotingiz baxt va quvonchga to'la bo‘lishini, ish faoliyatida esa yuqori martabalarga erishishingizni, kelgusi ishlaringizda ulkan yutuqlar sizni tark etmasiligini tilaymiz! Sizning jonkuyarligingiz, fidokorona mehnatingiz o‘zining muvaffaqqiyatli samarasini beribgina qolmay, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan ham bu mehnat-mashaqqatlarning qadr-qimmati munosib baholanishida tilakdoshmiz! Tavallud ayomingiz muborak bo‘lsin!
🥳🥳🥳🎉🎉🎉🎂🎂🎂
#Tug‘ilgan_kun_tabrigi ! 🥳🎉🎂

Bugun 17-iyul "Termiz " lokomotiv deposi boshlig‘i Ubaydullayev Sunnatulla Musulmonovichni tavallud ayyomlari bilan "O'zbekiston temir yo'llari " AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i hamda Lokomotiv xo'jaligi jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz !

Hurmatli Sunnatulla Musulmonovich , Sizga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik tilaymiz, oilaviy hayotingiz baxt va quvonchga to'la bo‘lishini, ish faoliyatida esa yuqori martabalarga erishishingizni, kelgusi ishlaringizda ulkan yutuqlar sizni tark etmasiligini tilaymiz !
Yurtimiz osoyishtaligi, Davlatimiz qolaversa, temir yo'l sohasini ravnaqi, farovonligini ta'minlash yo'lida olib borayotgan sharafli va xayrli ishlaringizga omadlar va ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Tavallud ayomingiz muborak bo‘lsin !
🥳🥳🥳🎉🎉🎉🎂🎂🎂
Joriy yilning 17-iyul kuni "Temir yo'lda harakat xavfsizligi kuni" doirasida "Texnik va texnologik nazorat departamenti" boshlig'i A.K.Karshiyev rahbarligida, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari O.Ch.Hayitov va Yagona dispetcherlik markazi boshlig'ining o'rinbosari Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbarlari ishtirokida Tinchlik uzelida mehnat qilayotgan temir yo'l xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yig'ilganlarga bugungi kunga qadar butun jahonning va mamlakatimizning temir yo'l tizimida harakat xavfsizligini ta'minlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va ularni oldini olish bo'yicha slaydlar taqdim etilib holatlarni oldini olish choralari chuqur tahlil etildi.
Yig'ilish rahbarlar va xodimlar o'rtasida faol savol-javob tarzida o'tkazilib yig'ilganlar o'zlarining savollariga javob oldilar, soha rivoji bo'yicha, harakat xavfsizliini ta'minlash bo'yicha, ta'mir jarayonlarini optimallashtirish bo'yicha takliflar tinglanib mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.