Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
12.8K subscribers
43.6K photos
3.16K videos
347 files
13K links
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
#Yoshlar_oyligi
#Zakovat

🌀Urganch davlat universiteti yoshlar kengashi tomonidan “Intelektual haftalik” davomida “Bilim va tafakkurimiz shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostida ochiq osmon ostida “Zakovat” turniri o'tkazildi. Turnirda 13 ta jamoa qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:

🔹1-o'rin: Ziyo (Tarix fakulteti) jamoasi;
🔹2-o'rin: Liderlar (Yoshlar kengashi) jamoasi;
🔹3-o'rin: Afina (Tarix fakulteti) jamoasi.

Gʻoliblar “Yoshlar oyligi” munosabati bilan oʻtkaziladigan yakuniy gala konsert doirasida munosib taqdirlanadi.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Yoshlar_oyligi
#Ittifoq_oqshomi
#Yangi_O'zbekiston_yoshlari,_birlashaylik!

🏛UrDU TALABALAR TURAR JOYIDA FAYZLI OQSHOM

⚡️2023-yil 16-iyun kuni "Bilim va tafakkurimiz shu el uchun, shu yurt uchun" shiori ostida Urganch davlat universiteti
Yoshlar kengashi tomonidan universitet TTJ talabalari uchun "Ittifoq oqshomi" tashkil qilindi.

🎼Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ushbu oqshom doirasidagi shaxmat-shashka, stol tennis musobaqalari, mushoira, talabalar ijodidan kuy-qoʻshiqlar tadbirning eng asosiy qismini tashkil qildi.

Yoshlar birgalikda tayyorlagan oʻzbek milliy taomi Osh lazzatidan barcha birdek bahramand boʻldi.

Yoshlar oyligi” doirasida bu kabi koʻngilochar tadbirlarimiz davom etadi.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_O'zbekiston_yoshlari,_birlashaylik!
#Shaxmat

🏛Bugun, 17-iyun kuni UrDU Fizika-matematika fakulteti tashkilotchiligidaYoshlar oyligimunosabati bilan universitet talaba-yoshlari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

Qizlar oʻrtasida:
1-o'rin – Yusupova Ozoda (Fizika-matematika fakulteti);
2-o'rin – O'razmetova Fotima (Tarix fakulteti);
3-o'rin – Tojiboyeva Gulruxsor (Tabiiy fanlar fakulteti).

O'g'il bolalar oʻrtasida:
1-o'rin ¬– O'razmetov Dilshod (Fizika-matematika fakulteti);
2-o'rin – Qodirov Maxmudjon (Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti);
3-o'rin – Ubaydullayev Suhrob (Xorijiy filologiya fakulteti).

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_O'zbekiston_yoshlari,_birlashaylik!

🏛UrDU TALABALAR TURAR JOYIDA FAYZLI OQSHOM

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Yoshlar_oyligi
#Tyutorlar_faoliyatidan

🇺🇿MILLIY ARMIYAMIZ — YOSHLARNING MARDLIK, MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR

Urganch davlat universiteti
talaba-yoshlarini yurtga sadoqatli, mard va jasur, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yil 19-iyun kuniYoshlar oyligi doirasida universitet tyutorlari tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirokida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar yurtimizdagi bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, erishilgan barcha yutuqlarimiz zamirida tinchlik va osoyishtalik mujassam ekanligini alohida ta’kidladilar. Milliy armiyamiz yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan jasorat maktabi ekanligini eʼtirof etdilar.

Tadbirda Nukus shahridagi Shimoli-gʻarbiy okrugning harbiy orkestri hamda Urganch shahridagi 53008-harbiy qism jangovor guruhining harbiy koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Yoshlar_oyligi

🏛“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

2023-yil 20-iyun kuni Urganch davlat universitetida Bioinjeneriya va oziq-ovqat fakultetining 1-3 kurs talabalari ishtirokida “Rahbar va
yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, universitetda “Yoshlar oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida soʻz yuritdi.

UrDU rektori maslahatchisi R.Sharipov yoshlar orasida uchrashi mumkin boʻlgan turli yot va buzgʻunchi gʻoyalarni oldini olish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi, yoshlarga bu borada tegishli tavsiyalar berdi.

Uchrashuv erkin muloqot tarzida oʻtib, unda talabalar savollariga javoblar oldilar.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekistan_yoshlari_birlashaylik

Urganch davlat universitetida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

🎨
Bugun, 22-iyun kuni “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida rasmlar tanlovi hamda koʻrgazma tashkil etildi. Unda Pedagogika fakultetining bir guruh isteʼdodli yoshlar oʼzlarining rassomlik mahoratini namoyon etdilar.

Shuningdek, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga yanada oshno qilish maqsadida Shaxmat-shashka musobaqasi oʻtkazildi. Ushbu musobaqa chuqur tafakkur va mulohazaga ega yoshlarni oʻz atrofiga jam qildi.

Universitetimizda “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etadi.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#Yoshlar_oyligi

📸“Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida tashkil qilingan gala-konsert dasturidan foto lavhalar!

🏛Konsertda universitetimiz talabalari faol ishtirok etdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐https://t.me/URDU_PRESSA
#TTJ_oqshomi
#Yoshlar_oyligi_doirasida

🟢Bugun talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Yoshlar kelajagimiz'' mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🟣Uchrashuvda Urganch shahridagi 23-son "Ko‘hna qal‘a" MFY raisi G.Hasanova hamda 30-son "Olimpiya" MFY yoshlar yetakchisi B.Sobirovlar ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta'lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar,  yoshlar ma'naviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida atroflicha so’z yuritishdi.

🟢Erkin muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda yoshlar bilan ularning  fikr-mulohazalari, qiziqish va maqsadlari haqida suhbatlashib, zarur tavsiyalar berib o‘tishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ
#profilaktik_uchrashuv
#yoshlar_oyligi

Bugun, 10-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning huquqiy onggi va madaniyatini oshirish, ularni turli jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida "Ogohlik - davr talabi'' mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda Talabalar shaharchasi direktori K.Ibodullayev, UrDU profilaktika inspektori, katta leytenant D.Sapayev hamda TTJ bo'lim boshlig‘i Y.Botirovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar ogohlik davr talabi ekanligini ko'rsatishi alohida ta'kidlanib, talaba-yoshlar turli huquqbuzarliklarni oldini olishga va doimo ogoh bo‘lishga chaqirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://t.me/URDU_PRESSA
#TTJ_oqshomi
#Yoshlar_oyligi_doirasida

⚡️Bugun, 12-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Yoshlarda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy jarayonlar" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Unda amaliyotchi psixolog M.Avezova ishtirok etib, mavzu yuzasidan talabalar bilan suhbat olib bordi. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning hayotga  qiziqishi, o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishdan iborat bo'lib, unda turli xil seminar-trening mashg'ulotlari  o'tkazildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://t.me/URDU_PRESSA
#TTJ_oqshomi
#Yoshlar_oyligi_doirasida
#Basketbol_musobaqasi

🏀Bugun, 13-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida sportning basketbol turi bo'yicha qizlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad yangi iste'dodlar va chempionlarni kashf etish va  tayyorlashdan iborat bo'lib, unda 5 ta jamoa ishtirok etdi va natijalar quyidagicha:
1-o'rinni 3-son TTJ qizlari;
2-o'rinni 2-son TTJ qizlari;
3-o'rinni 1-son TTJ qizlari
egallashdi.

Bu kabi musobaqalar sportga qiziqishi baland yoshlarni bir nuqtaga jam qilib, hayot faoliyatini yaxshilashga hamda ularni sog’lom turmush tarziga rioya qilishga undashi bilan ahamiyatli.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://t.me/URDU_PRESSA
#TTJ_oqshomi
#Yoshlar_oyligi_doirasida

⚡️17-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida qolgan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, 5-son talabalar turar joyi binosi oldida “Yoshlar oyligi” doirasida “Karaoke time” ko‘ngilochar bayram kechasi kuy qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Unda talabalarimiz  iste'dodlarini namoyish etib, milliy raqslarni ijro qilishdi.

Shuningdek, 7-son TTJda yashovchi talaba-yigitlar bilan "Tinch elga bayram yarashar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida tarbiyachi-pedagog D.Ruzmetov talabalar bilan olib bordi. Shu bilan birga talaba-qizlar ishtirokida yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://t.me/URDU_PRESSA
#Yoshlar_oyligi

📱Bugun, 19-iyun kuni Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetining 211-guruh sabzavotchilik yo’nalishi talabalari ishtirokida 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida Yoshlar oyligi doirasida "Qadriyatlar, urf-odatlar an'anasi va yoshlar" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etib, millatimizning ko’p yillik qadriyatlari, urf-odatlarimiz-u an’analarimizning boy va chuqur tarixi haqida teran fikrga ega bo’lishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi_doirasida

🗣️Bugun, 19-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida Urganch davlat universiteti 5-son talabalar turar joyi binosida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti talabalari ishtirokida "Biz oilaviy ajirimlar va jinoyatchilikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda fakultet tyutori R.Matchanov hamda Talabalar shaharchasi direktori, zahiradagi podpolkovniki K.Ibodullayevlar mavzu yuzasidan talabalar bilan suhbat olib borishdi. Uchrashuvda bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, kelajagimiz egalari boʼlgan yoshlarimizni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning maʼnan yetuk boʼlib kamol topishlari uchun qaratilganini e'tirof etilib, talabalar bu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi_doirasida

🌸Kimyoviy texnologiyalar fakultetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etilmoqda

🟢 "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida talabalar o'rtasida adiblar hayoti va ijodi yuzasidan "Bilimlar viktorinasi" o'tkazildi. Unda talabalar mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi to’g’risidagi savollarga javob berib, faol qatnashdilar.

🔘Shuningdek, fakultet yoshlari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Unda "Everest", "Adolat" hamda "Smart" jamoalari ishtirok etishdi. 1-o'rin "Everest" jamoasiga nasib etdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi_doirasida

Bugun Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti 211-Agranomiya va 211-Mevachilik va uzumchilik yo‘nalishi talabalari ishtirokida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida "Yoshlar oyligi” doirasida jahon adabiyotlari asosida viktorina o‘yinlari tashkil etildi.

Viktorina o’yinlari Talabalar shaharchasi direktori K.Ibodullayev va fakultet tyutorlari tomonidan olib borildi. Unda 211-agronomiya guruhi talabasi Jabbarova Shoxista viktorina savollariga to‘liq javob berib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir davomida so’zga chiqganlar badiiy adabiyotning inson ma’naviyatiga ta’siri hamda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasida gapirishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube