Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
12.8K subscribers
43.6K photos
3.16K videos
347 files
13K links
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
#profilaktik_uchrashuv

🧯Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha “Yong’in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan Xorijiy filologiya fakultetida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda Urganch shahar FVB o'rinbosari E. Nurimov, Urganch shahar bo'yicha IIO FMB boshlig'i 1-o'rinbosari podpolkovnik M. Xudaynazarov va Urganch shahar bo'yicha IIO FMB 3- IIB boshlig'i o'rinbosari mayor U. Raximovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida qishning ushbu sovuq kunlarida talabalarni yanada hushyorlikka chaqirib, har qanday yong’inni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan isitish vositalaridan to’g’ri va oqilona foydalanish foydalanish to’g’risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramYouTube
#TTJ
#profilaktik_uchrashuv
#yoshlar_oyligi

Bugun, 10-iyun kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning huquqiy onggi va madaniyatini oshirish, ularni turli jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida "Ogohlik - davr talabi'' mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda Talabalar shaharchasi direktori K.Ibodullayev, UrDU profilaktika inspektori, katta leytenant D.Sapayev hamda TTJ bo'lim boshlig‘i Y.Botirovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar ogohlik davr talabi ekanligini ko'rsatishi alohida ta'kidlanib, talaba-yoshlar turli huquqbuzarliklarni oldini olishga va doimo ogoh bo‘lishga chaqirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://t.me/URDU_PRESSA
#profilaktik_uchrashuv

🗣Universitet ishchi xodimlari ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

🤖Bugun, 16-sentabr kuni Urganch davlat universiteti ishchi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik uchrashuvda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Erkinboy Ernazarov soʻzga chiqib, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, mavsumda uchrashi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish, xonadonlardagi isitish tizimlarini doimiy nazorat qilish borasida atroflicha to‘xtalib, viloyatimizda is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilayotgani haqida ko‘plab misollar keltirdilar.

Uchrashuvda kuz-qish mavsumida talaba-yoshlarni ehtiyotkorlikka chaqirish maqsadida dars jarayonlarida muntazam ogohlantirib borish, ijarada yashaydigan talabalarning xonadonlaridagi isitish moslamalarini nazoratini kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Profilaktik_uchrashuv

Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakultetida profilaktik tadbirlar doirasida “Ogohlik – davr talabi. Yoshlar va qonun” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet profilaktika inspektori, katta leytenant Zuhra Allanazarova mavzu yuzasidan talabalar bilan suhbat olib bordi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#Profilaktik_uchrashuv

Bugun, 23-oktabr kuni Urganch davlat universitetida “Internetda ekstremizm g’oyalari targ’ibotidan ehtiyot bo‘ling” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda UrDU prafilaktika inspektori Z.Allanazarova hamda Fizika-matematika fakulteti tyutori G’.Ahmedov ishtirok etishdi. Unda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini chuqur singdirish, shuningdek, internet tarmoqlaridagi turli mafkuraviy g'oyalarga aldanib qolmaslik haqida so’z yuritildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va mulohazalari bilan murojaat qilib, tegishli javoblarni olishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube