Toshkent viloyati sport boshqarmasi
2.77K subscribers
31.9K photos
3.49K videos
42 files
10.7K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: toshvilsport@mail.uz
e-xat: toshvilsport@exat.uz
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
#Sport

Nuroniylar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan musobaqada Zoyir Mirzayev ham ishtirok etib, nuroniylardan iborat jamoalar o‘rtasidagi bahslarning final bosqichini tomosha qildi.

Yakuniy hisob bo‘yicha Chirchiq shahar jamoasi birinchi, Oqqo‘rg‘on va Bekobod jamoalari esa ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni olishdi.

Jarayon bilan tanishing.

https://t.me/toshvil_sport
#Sport

Nuroniylar o‘rtasida boʻlib oʻtgan mini futbol musobaqalaridan jarayonlar.

https://t.me/toshvil_sport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport

"DXX kubogi" musobaqalari davom etmoqda

Jumladan, kuni kecha Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Markaziy oʻyingohda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida “DXX kubogi – 2024” musobaqasining Toshkent viloyati pley – off  bosqichining YARIM FINAL VA CHORAK FINAL musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Musobaqada tuman va shaharlardan kelgan jamoalar katta futbol va mini futbol turi boʻyicha  ishtirok etdi. O‘yinlar davomidagi bellashuvlar murosasiz o‘tdi.

Oʻyinda qizlar va yigitlardan tarkib topgan jamoalar bellashishdi.

G‘olib jamoalar musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar 20-iyulga qadar davom etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport_tarixi

🇫🇷🔥TARIXIY KADRLAR...

Bundan roppa-rosa 100-yil avval, 1924-yilning 5-iyul kuni Parij shahrida Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi.

Oʻsha Olimpiadada 44 davlatdan 3000 ga yaqin sportchi ishtirok etgan, bellashuvlarni 1000 dan ziyod jurnalistlar yoritib borgandi. Oradan bir asr oʻtib, Fransiya poytaxti yana toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasiga mezbonlik qiladi...
#Sport

Gʻalaba muborak, Nurafshon!

Nurafshonlik Aleksandr Nazarov U20 Osiyo chempioni boʻldi
.

Sportning yunon-rum kurash turi bo'yicha Taylandning Si Racha shahrida bo’lib o’tgan U20 Osiyo chempionatida 72kg vazn toifasida nurafshonlik Aleksandr Nazarov 🥇oltin medalni qo’lga kiritdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Президент Шавкат Мирзиёевга оммавий спорт ва олимпия ҳаракатини кенгайтиришга оид ишлар юзасидан ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о проводимой работе по развитию массового спорта и расширению олимпийского движения.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #Olimpiada

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
​​#Sport

OLIMPIYA O‘YINLARI VA O‘ZBЕKISTON: TARIXGA NAZAR

🏆 Bugun 26 iyul, Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga start berildi. Unda 90 nafar vakillarimiz ishtirok etishmoqda. Shu munosabat bilan Olimpiya o‘yinlari haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlarni taqdim etmoqchimiz

Bu qanday o‘yin?

Olimpiya o‘yinlari miloddan avvalgi 776 yildan boshlab, milodiy 394 yilgacha har 4 yilda Olimpiya shahrida yunonlar xudosi Zevs sharafiga o‘tkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Zamonaviy olimpiada o‘yinlar esa 1896 yildan boshlab, an’anaviy tarzda har to‘rt yilda bir marotaba tashkil qilinadigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.

📌 Dasturdan qanday sport turlari o‘rin olgan?

Unda Yozgi va qishki o‘yinlar mavjud bo‘lib, umumiy hisobda 47 ta sport turini o‘z ichiga oladi.

🇺🇿 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistoning ishtiroki

O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlarida 1952 yildan buyon ishtirok etib keladi. O‘tgan davrda yurtimiz sportchilari tomonidan jami 41 ta medal (13 ta oltin, 7 ta kumush, 21 ta bronza) qo‘lga kiritilgan. 

🥇 Eng birinchi medal 

1952 yil Xelsinki shahri mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Galina Shamray sport gimnastikasining ko‘pkurash bahslarida jamoaviy bellashuvlarda oltin, predmet bilan mashqda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan va bu natijasi orqali Shamray o‘zbekistonlik sportchilar orasida Olimpiada medalini qo‘lga kiritgan birinchi atlet sifatida tarixdan joy olgan. 

 📊 Eng yaxshi natija

Umumiy reytingdagi eng yaxshi natijalar 2016 yilda Rio de Janeyroda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida qayd etilgan. Bunda vakillarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medaliga egalik qilishgan.

P.S.: O‘zbekistonlik vakillarimizga Olimpiya o‘yinlarida omad tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Oqqo‘rg‘on
#sport_sinovlari

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ham Aholining jismoniy qobiliyat va harakat faolligini aniqlash maqsadida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilindi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT