Toshkent viloyati sport boshqarmasi
2.77K subscribers
31.9K photos
3.49K videos
42 files
10.7K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: toshvilsport@mail.uz
e-xat: toshvilsport@exat.uz
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
VILOYATI SPORT BOSHQARMASINING HAY'AT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Bugun Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yil davomida amalga oshirilgan ishlar, Toshkent-2025 yoshlar IV Osiyo o‘yinlari hamda V Paraosiyo o‘yinlariga viloyat sportchilarini puxta tayyorlash masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
.

Yigʻilish avvalida sport sinovlarini munosib topshirib, gʻolib va sovrindor boʻlgan bir guruh yurtdoshlarimizga Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan I, II, III-darajali koʻkrak nishonlari va sport formalari topshirildi.

Shundan soʻng, yigʻilishdagi asosiy masalalar – ommaviy sportni rivojlantirish, ajratilgan mablagʻlar, raqamlashtirish, aholining jismoniy tayyorgarlk darajasini aniqlash, kadrlar salohiyati va ijro intizomi boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari sport maktablari kesimida muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalarni kelishib olindi.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda oʻtib, boʻlimlarining hisobotlari tinglandi.
🏐 Voleybol - Voleybol setkasidagi antennasi qanday ranglardan iborat?
(Trener Faxriddin Xolmo‘minov savol muallifi)
Anonymous Quiz
35%
Oq, qora
12%
Sarq, qora
43%
Qizil, oq
10%
Ko‘k, oq
CHIRCHIQ SPORT MAKTABI DZYUDOCHISI JAHON ChЕMPIONATIDA KUMUSH MЕDALNI QO‘LGA KIRITDI

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Quvonarlisi, 42-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida Chirchiq shahar sport maktabi dzyudochisi Abdurahim Nutfullayev hamda Yakkakurash ISM dzyudochilari Vadjiyev Bobur va Shturbabin Artyomlar mazkur jahon chempionatida ishtirok etib, kumush medal sohibiga aylanishdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Sport sinovlarini namunali topshirganlar munosib taqdirlanishdi

Viloyatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Yangiyo’l tumanida ham sport sinovlarini ixtiyoriy topshirib, gʻolib va sovrindor boʻlgan bir guruh yurtdoshlarimizga Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan sport formalari tantanali ravishda topshirildi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Bugun Bekobod shahar yoshlik sport majmuasida Taekvondo WT sport turrining kattalar Olimpia vazin toifalari kyorugi hamda pumse yo'nalishi bo'yicha Sport boshqarmasi sovrini uchun Toshkent viloyati chempionati musobaqasiga start berildi.

Ushbu musobaqada viloyatimizning barcha tuman shaharlaridan 200ga yaqin sportchilar kuch sinashmoqda.