Søbîtqâðâm
3.83K subscribers
2.92K photos
1.1K videos
9 files
3.11K links
Har sohadan bir shingil deganidek barcha yo'nalishdagi ma'lumotlarni shaxsiy tasurotlarimni muntazam ulashab boraman! Siz men bilan ekaningizni xis qilish katta baxt!!
Taklif va murojaatlar uchun➡️ @Sobitqadam_bot
Download Telegram
#raddiya

❗️Ushbu ma'lumotga oydinlik kiritishimiz xususida ko'pchilik iltimos qilishdi. Surishtiruvlar natijasida bu feyk habar ekani Navbahor jamoasi mavsumlar oralig'ida juda ko'p futbolchilar harid qilib jamoani qaytadan tuzishga emas aksincha o'tgan mavsumdagi jamoa o'zagini saqlab qolib taktik uslublar ustida ko'p boshqitirishga qaratgan.

Biroz avval Farruh Ikromov hamda Shahboz Jo'rabekovlar bilan rasman shartnoma imzolangani haqida habar bergan edik.

⚽️ Hozirda oldinda turgan maqsad jamoani tark etgan hujumchi Zoran Marushichni o'rnini to'ldirishga qaratilgan.


https://t.me/+P9IAN0oHRT0Y7cu_
👍10
#raddiya

Bazi bir internet nashrlarida eshitdikda rukni orqali "Navbahor" jamoasi yozgi transferlar vaqtida Islom To'xtaxo'jayev hamda Sardor Rashidovni xarid qilayotgani haqidagi habarlarga oydinlik kiritish maqsadida "Navbahor" jamoasi mutasaddilari bilan bog'landik. Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda yuqorida keltirilgan habarlar asossiz ekani, qayd etilgan futbolchilar "Navbahor" ga qo'shilishi haqiqatdan mutlaqo yiroqligini ma'lum qilishdi. Hozirda "Navbahor" jamoasi transfer taqiqini yechish klub oldida turgan qazrdorlikni bartaraf etish borasida bosh qotirmoqda. Ayni pallada jamoa uchun yangi futbolchilarni xarid qilish imkoni juda ham kam ekani va asosiy maqsad qarzdorlikni bartaraf etish ekanini ma'lum qilinmoqda.

https://t.me/Sobitqadam333
👍6😢4👏2
#raddiya

Bir oz avval kanalimizda birgalikda faoliyat olib borayotgan Muminjon Ibragimov Azim Ahmedov "Neftchi" jamoasiga o'tayotgani haqida post qoldirgan edi. Muminjon Ibragimovga hurmat saqlagan holatda aytamizki bu habar hozircha o'zini oqlagan habar emas. Azim Ahmedovning keyingi manzili "Navbahor" jamoasi bo'lishini avvalroq ma'lum qilgan edik. Transfer bozori ochilgunga qadar shu kabi habarlar ko'p uchrashi tabbiy xol albatta. Yuqoridagi habar taqdim etilgani zahoti Navbahor muhlislari tomonidan qo'ng'iroqlar bo'ldi hamda shu habarga oydinlik kiritishimizni so'rashdi. Biz esa yana bir karra habarni tekshirdik hamda Azim Ahmedov ikkinchi davrani vodiy jamoalaridan birida boshlashini bu esa "Neftchi" jamoasi emas degan habarni oldik. Oz qoldi do'stlar chalg'imay transfer bozori ochilishini kutamiz shunda hammasi oydinlashadi.

https://t.me/Sobitqadam333
👍24👎2
#raddiya

Ushbu surat ostida Oston O'runov Navbahor bilan xayrlashgani haqida e'lon qilib yuborishibdi. Bu suratdagi Instagram sahifasidagi profil Oston O'runovning sahifasi emas. Bu tamomila boshqa sahifa. Oston O'runovning sahifasi tekshirildi va hech Qanday storis qayd etilmagan. Shunchaki ikkinchi davrada chempionlik yo'lida turli yo'llar bilan Navbahorga bosim o'tkazishga urinish kimgadir kerak bo'layotgan bo'lishi mumkin.

https://t.me/Sobitqadam333
👍9👎2
#raddiya

"Navbahor" Rubin Hebayga qiziqish bildirmagan. "Navbahor" short listida hozirda ikkita futbolchi bor xolos ulardan biri darvozabon ikkinchisi milliy terma jamoamiz a'zosi. Ko'ngilni to'q qililar Hebay o'zilada qoladi.

https://t.me/Sobitqadam333
👍44😁8💩2👎1🍌1
#Raddiya

Chempionat Asia sayti muharriri Narzulla Saydullayev o'zining telegramdagi Penalty nomli kanali orqali Jamshid Boltaboyev jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurib jamoa bilan hayrlashgani va Jamshid Iskanderov ham tez orada jamoadan ketayotganini e'lon qildi.
Shu habar borasida juda ko'pchilik oydinlik kirtishimizni so'rab murojaat etishmoqda. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv o'tkazdik. "Navbahor" muhlislariga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki bu habar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Jamshid Iskanderov yaqin daqiqalarda jamoa qarorgohiga yetib keldi. Ertadan mashg'ulotga qo'shiladi. Jamshid Boltaboyev esa ertaga jamoa ixtiyoriga kelib qo'shiladi. Hozirda bu ikkala futbolchi ham jamoa rahbariyatiga jamoadan ketish borasida murojaat etishmagan. Tasdiqlanmagan habarlarga ishonmaslikni so'rab qolamiz.


© Sobitqadam
👍162👎12🤣7
#RADDIYA

"Namanganliklar" telegram kanali orqali bugun bo'ladigan BAA - O'zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o'yini "Navbahor" uy uchrachuvlarini o‘tkazadigan  "Markaziy" o'yingohda katta monitor orqali translatsiya qilinishi borasida ulashilgan xabarga "Navbahor" PFK hamda "Markaziy" stadion ma'muriyati shuni ma'lum qiladiki, berilgan xabar haqiqatga aslo to'g'ri kelmaydi.
Mazkur xabar rasmiy tasdiqqa ega emas. Ertaga ya'ni, 6-iyun kuni yurtimizda Qurbon hayiti kuni deb e'lon qilingan va bugun hayitoldi arafa kuni bo'lgani, qolaversa, Namanganda 64-xalqaro Gullar festivali va festival doirasida ko'plab katta konsertlar tashkil etilayotgani bois, monitor tashkil etish g'oyasi ilgari surilmagan.
Aziz namanganliklar!
Ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy tasdiqqa ega bo'lmagan feyk xabarlarga ishonib, katta ilinj va hayajon bilan vaqtingizni zoye qilib, "Markaziy" o'yingohga kelib, sarson bo'lib, uchrashuvning hayajonli onlarini o'tkazib yubormang. Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan "Navbahor" PFK va "Markaziy" o'yingoh ma'muriyati.
13👍8