#MUNOSABAT
"Navbahor" klubining rasmiy FCNAVBAHOR тelegram kanalida "Neftchi U-19" - "Navbahor U-19" jamoalari o‘rtasidagi 1:8 hisobida yakunlangan o'yinga bag'ishlab qoldirilgan postni norasmiy maqomga ega bo'lgan kanal adminlari tomonidan qoralab chiqilgani va bu xabar ortidan muxlislar orasida jamoa matbuoti shaniga nomaqbul so'zlar aytilayotgani borasida xabar berishdi. Shuning uchun ushbu munosabatni yozmoqdamiz.Bu munosabat qoralov postiga emas, aksincha, unga ishonib klub matbuoti shaniga yomon so‘zlar gapirayotganlarga tushunarli bo'lishi uchun yozilmoqda.
Rasmiy sahifadagi ma'lumotlar rasmiy maqomga ega bo'lgan taqdirdagina ommaga eʼlon qilinadi. Klub matbuoti qoldirgan postda gol urgan futbolchilar noto'g'ri ko'rsatilganiga iddao qilingan. Shu o'rinda aytmoqchimizki, klub matbuoti o'yinga biriktirilgan rasmiy (uchrashuv komissari, hakamlar brigadasi vahokazo) shaxslar tomonidan to'ldirilgan yakuniy qaydnomaga tayanib yozilgan. Ushbu postda aynan yakuniy qaydnomani taqdim etmoqdamiz. Rasmiylar tomonidan to'ldirilgan qaydnomani ko'rib, o'zingiz xulosa qilishingiz mumkin. Ushbu qaydnomada kimlar zaxiradan maydonga tushganligi, qaysi futbolchilarga nechanchi daqiqada qanday kartochka ko'rsatilgani va kimlar nechanchi daqiqada gol urganligi qayd etilgan. Rasmiy sahifa degani kimningdir gapiga qarab, ishlaydi degani emas. Rasmiy o'z nomi bilan rasmiy. Ulashilmoqchi bo'lgan ma'lumot qachonki rasmiy tasdiqqa ega bo'lsa, ana shundan keyin uzatiladi. Rasmiy sahifani yuritishni o'ziga yarasha talab va qoidalari bor. Klub matbuoti PFL chiqarayotgan qoidalarni hurmat qiladi hamda ular tomonidan qo'yiladigan talab va majburiyatlar asosida faoliyat olib borishga harakat qiladi. Norasmiy maqomga ega bo'lgan kanallar qoldirayotgan o'rinsiz ayblovlar rasmiylar kanallarni aslo xavotirga solmaydi. Kimlarningdir istagidan kelib chiqib emas, aksincha, qoidalar asosida faoliyat olib boriladi.

👏23❤14👎6👍5