Søbîtqâðâm
3.83K subscribers
2.92K photos
1.1K videos
9 files
3.1K links
Har sohadan bir shingil deganidek barcha yo'nalishdagi ma'lumotlarni shaxsiy tasurotlarimni muntazam ulashab boraman! Siz men bilan ekaningizni xis qilish katta baxt!!
Taklif va murojaatlar uchun➡️ @Sobitqadam_bot
Download Telegram
Xabaringiz bor, mahoratli mutaxassis Sherzod Joʻrayev murabbiylik qilayotgan “Navbahor-U-21” yoshlar jamoamiz U-21 Birinchiligining birinchi davra bahslarini 15 ta oʻyindan 32 ochko toʻplagan holda, peshqadam sifatida yakunladi.
Shu munosabat bilan klubimizning rasmiy – FCHNAVBAHOR rasmiy telegram kanali uchun Sherzod Joʻrayevdan intervyu oldik.

- Assalomu alaykum! Sherzodbek, avvalo Sizni U-21 jamoamizning birinchi davra yakunidagi peshqadamligi bilan tabriklaymiz...
Vaalaykum assalom, tabrik uchun rahmat.
– Aytingchi, “Navbahor-U-21” jamoasiga oʻtishingiz qanday sodir boʻlgandi?
– Joriy mavsum avvalida oʻsha paytdagi “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Otabek Samatov hamda jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanlar chaqirib, boʻlajak mavsumda “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasi boshqaruviga oʻtishimni aytishdi. Mazkur taklif borasida koʻp ikkilanmadim va yangi chaqiriqqa labbay, deb javob berdim. Qaysi yoʻnalishda boʻlsa ham “Navbahor” muvaffaqiyatlariga hissa qoʻshish men uchun sharaf. Shuning uchun ushbu taklifga darrov rozi boʻldim.
– Yoshlar jamoamizning birinchi davradagi muvaffaqiyati siri nimada?
- Namangan azaldan isteʼdodli hamda iqtidorli futbolchilar maskani hisoblanadi. Oʻsha isteʼdodli bolalarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirsangiz, ular bilan koʻproq ishlab, kerakli tavsiyalarni berib, vaqtida yetarli oʻyin amaliyoti taqdim etib turilsa, yoshlarning oʻzlariga boʻlgan ishonchlari ortadi. Yigitlarning ayrimlari bilan oʻzaro suhbat orqali, baʼzilari bilan esa individual tarzda ish olib bordik.
- Bu yilgi U-21 musobaqasining oʻyinlari borasida fikringiz qanday?
- Soʻnggi yillarda yurtimizda oʻsmirlar va yoshlar futbolida katta oʻsishga erishdik. Turli yosh toifalaridagi terma jamoalarimiz qitʼa chempionligini qoʻlga kiritmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, U-21 turniri oʻyinlari tomoshabop hamda yuqori darajada oʻtmoqda. Ushbu turnirda yaxshigina oʻsish bor.
- Yoshlar jamoamizning birinchi davradagi eng yorqin va eng qiyin oʻyinlari haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz...
- Men shogirdlarimga har doim yurtimizning bayroqdor jamoalariga qarshi yaxshi oʻyin namoyish etinglar, deya taʼkidlayman. “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor” jamoalari oʻz akademiyalariga ega hamda ushbu klublarning turli yosh toifalaridagi jamoalarida isteʼdodli yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi. Ushbu klublarning yoshlar jamoalariga qarshi kechadigan bahslarda ijobiy natijaga erishsak, bu qolgan bellashuvlarga motivatsiya boʻladi.
Shundan kelib chiqib, aytishim mumkinki, “Bunyodkor-U-21” (10-tur, yoshlar jamoamiz 4:3 hisobida gʻalaba qozongan) va “Paxtakor-U-21” (15-tur, yoshlar jamoamiz 3:1 hisobida gʻalaba qozongan) jamoalari bilan boʻlgan uchrashuvlarni biroz qiyin, ammo yorqin oʻyinlarimiz boʻldi, deya olaman.
- Yoshlar jamoamiznig maqsadi, asosiy jamoaga futbolchilar yetkazib berishdan iborat. Shunday ekan. siz hozirda “Navbahor- U-21” yoshlar safidagi kimlarni asosiy jamoaga tavsiya qila olasiz?
- Toʻgʻri aytdingiz, bizning asosiy vazifamiz “Navbahor”ning asosiy tarkibiga mahoratli futbolchilarni yetkazib berish. Ayni paytda yoshlar jamoamiz tarkibida oʻynayotgan barcha oʻyinchilar yuqori potensialga ega yoshlar hisoblanishadi. Ular orasidan, shunday oʻyin namoyish etishda davom etishsa, vaqti kelib, Ozodbek Maʼrupov, Sherzodbek Abdulboriyev, Alisher Miraliyev, Isoxon Musoxonov va Habibullo Japaraliyevlar asosiy jamoada tarkibidan oʻrin olishadi, degan umiddaman.
- Bir paytlari “Navbahor”ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgansiz.Bu yilgi Superliga musobaqasi borasidagi fikrlaringiz qanday?
- Superliga musobaqasi har doim qiziq kechadi. Bu yilgi "Navbahor" yangilanib, tubdan oʻzgardi, deya olaman. Jamoa oldingi mavsumlarga qaraganda, tomoshabop futbol namoyish etyapti hamda buni koʻpchilik eʼtirof etmoqda. “Lochinlar”ning oʻyini hammaga yoqyapti, mening nazarimda.
5👍4
Joriy mavsumda “Nasaf”, “Navbahor”, “Paxtakor” va OKMK jamoalari ishtirokidagi oʻyinlarni tomosha qilish maroqli boʻlyapti. Mazkur jamoalar raqiblarning oʻyin taktikasidan kelib chiqqan holda, turli uslublarda oʻynamoqla. Ular qatoriga “Dinamo”ni ham qoʻshishimiz mumkin. Qolaversa, “Soʻgʻdiyona” jamoasi amalga oshirayotgan transferlardan kelib chiqib, ikkinchi davrada jizzaxliklar ham kuchlilar qatoridan oʻrin olish uchun harakat qilishsa, musobaqa yana ham qiziqarli tus oladi, deb oʻylayman.
- Joriy mavsum avvali siz va jamoangizga ogʻir keldi. Dastlabki turdagi texnik magʻlubiyat, 2-turdagi Jizzaxdagi alamli, yirik - 2:6 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin yoshlar jamoamiz futbolchilarining ruhiy holatlari juda yomon holatga tushib qolgan edi. Ushbu vaziyatdan qanday chiqib ketdingiz? Shogirdlaringizga qanday soʻzlarni topib gapirdingiz?
- Juda toʻgʻri aytdingiz, mavsum starti juda ogʻir boʻldi, yaʼni, 2-turdan keyin jamoamizda ahvol juda tang edi. Oʻsha paytda ichimdan oʻtgan hissiyotlarni oʻzim juda yaxshi bilaman. Lekin mazkur vaziyatdan chiqib keta olishga ishonchim komil edi. Biz toʻgʻri yoʻlda ekanligimiz, hech narsani oʻzgartirish shart emasligini bilardim. Sababi, “Navbahor-U-21” jamoasini qabul qilib olganimdan soʻng, Fargʻonada boʻlib oʻtgan “Hokim kubogi-2025” musobaqasida ham start qiyin boʻlgan, turnirni erta tark etishimizga oz qolgan edi. Allohga tavakkal qilgn holda, shogirdlarim bilan gaplashib, ularga ruhiy dalda berib, yakunda kubokni qoʻlga kiritgandik. Bu safar ham tanlagan yoʻlimiz toʻgʻri ekanligini bilardim va oʻsha yoʻldan qaytmadik. Buni amalga oshirish uchun esa biroz koʻproq ishladik, futbolchilar bilan birga 3-4 soatlab oʻtirib, oʻyinlarni tahlil qilib, oʻyinchilarning xatolarini aytdik.
Yigitlarni ushbu vaziyatdan chiqib keta olishlariga ishontira oldik. Natijada ular buni uddalashdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, mazkur muvaffaqiyatga bir oʻzim erishdim, degan fikrga umuman qoʻshilmayman. Futbol jamoaviy oʻyin. Shunday ekan, ogʻir vaziyatdan chiqib ketishimizda yonimizda bizni qoʻllab-quvvatlab turgan turgan insonlarning ham munosib hissalari bor. Bu borada “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, oʻsha paytdagi klub vitse-prezidenti Otabek Samatov, jamoa boshligʻi Farhod Umaraliyev, ustoz murabbiy, tajribali murabbiy Usmonjon Ahmedovich Asqaraliyev oʻz maslahatlarini berib turdilar, shuningdek, murabbiylar shtabidagi yordamchilarim - Aʼzam Rajabbayev, Alisher Mahmudov va Hasan Rizayevlar ham juda katta yordam berishdi, klub xodimlari, hamda muxlislar ham barchasi oldinda ekanligini taʼkidlagan holda, ruhiy jihatdan dalda berishdi.
Mazkur omillar oʻz mevasini berib, yoshlar jamoamiz davralar oraligʻidagi tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketdi va bundan juda xursandman.
- Siz koʻp yillar davomida “Navbahor”ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgansiz. Aytingchi, mazkur jamoada olingan tajriba asqotyaptimi?
- Albatta, asosiy jamoada olingan tajribadan yoshlar jamoasidagi faoliyatimda foydanayapman. Men oʻziga xos uslubga ega murabbiylar bilan birga ishladim. Masalan, Andrey Kancheleskis futbolchilarning jismoniy holatlariga, Noʻmon Hasanov esa taktik holatlariga, Samvel Babayan esa tartib-intizomga qattiq eʼtibor qaratishardi va ularning barchalari f.utbolchilarning ruhiyatlarini koʻtarish borasida tengsiz edilar.
Marhum Viktor Jalilov esa yangi futbolchilarni kashf etadigan mutaxassis edi.
Ayni paytdagi “Navbahor” bosh murabbiyi Sergey Lushanning ham oʻziga xos uslubi bor, u yoshlarga ishonch bildirishdan qoʻrqmaydigan, hujumkor taktika qoʻllaydigan mutaxassis.
Yuqorida nomlari keltirilgan murabbiylardan oʻrgangan bilim hamda koʻnikmalarimni ayni paytda faoliyatimda qoʻllamoqdaman.
9
- Oldinlari “Navbahor”da bitta kamchilik koʻzga tashlanardi, yaʼni, yosh futbolchilarning oʻtish davrida yoʻqolib qolishlarini kuzatardik. Soʻnggi yillarda yorqin oʻyinchilar yetishib chiqmayotgan edi. Nazarimda, siz ushbu muammoni bartaraf etishga erishayotgandeksiz. “Navbahor-U-21” jamoasi safida 18-19 yoshli yuqori darajada oʻyin koʻrsatayotgan futbolchilar koʻzga tashlanmoqda. Qolaversa, yoshlar jamoamizdagi oʻyinlari orqali asosiy jamoa tarkibidan oʻrin olatganlarni koʻrmoqdamiz. Shu haqda ham toʻxtalib oʻtsangiz...
- Bu haqda hozir bir narsa deyishga biroz erta. Toʻgʻri, hozirda isteʼdodli yoshlar juda koʻp, ammo ularni asosiy jamoaga jalb etib, Mirzohid Gʻofurov, Azimjon Ahmedov. Abbosjon Gʻulomov, Ruslanbek Jiyanov kabi futbolchilar qatorida asosiy jamoa havosidan nafas olib, ularga 5 yoki 10 daqiqa boʻladimi, qisqa boʻlsada, asosiy jamoada imkon berib turilsa, avlodlar almashinuvi davrida qiynalmaymiz, deb oʻylayman.
- Siz avvalgi mavsumlarda asosiy jamoada futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari boʻyicha faoliyat olib borgansiz. Oʻsha vaqtda asosiy jamoada jarohatlar nisbatan kamroq koʻzga tashlanardi. Endi shu holat “Navbahor-U-21”da ham koʻzga tashlanmoqda. Koʻz tegmasin, futbolchilarning jarohatlanishlari deyarli kuzatilmayapti. Bu borada qanday ishlarni amalga oshiryapsiz?
- Har doim oʻz ustimda ishlashga harakat qilaman. Koʻp yillik tajribamdan kelib chiqib, oʻz uslubim va mavsumiy rejalarim, dasturim mavjud. Shu dastur asosida ish tashkil qilaman. Xudoga shukr, hozircha jarohatlar kamroq kuzatilyapti. Sportchining birinchi raqamli dushmani - bu jarohat hisoblanadi. Shuning uchun shogirdlarimni jarohatdan uzoqroqda ushlashga harakat qilaman.
- Yoshlar jamoamizning asosiy raqiblari – “Bunyodkor U-21” (10-tur, 4:3), “Nasaf-U-21” (12-tur, 2:0) va “Paxtakor-U-21” (15-tur, 3:1) jamoalari safarda magʻlubiyatga uchratildi. Bunga qanday erishildi?
- Yuqorida taʼkidlaganimdek, siz sanab oʻtgan jamoalar kuchli akademiya va isteʼdodli futbolchilarga ega hisoblanadi. Biz barcha oʻyinlarga jiddiy qaraymiz hamda yaxshi tayyorgarlik koʻramiz. Ammo sanab oʻtilgan jamoalarga qarshi kechadigan uchrashuvlarga nisbatan boshqacharoq yondoshib, raqib oʻyinlarini oʻrganib, shunga yarasha tayyorgarlik koʻramiz.
- Raqibni oʻrganish ishlari qanday kechadi?
- Bu borada yordamchi murabbiy Aʼzam Rajabbayev bizga katta yordam beradi. U raqibning jamoamiz bilan boʻladigan bahslardan oldingi 2-3 ta oʻyinlari videoyozuvini olib keladi. Biz murabbiylar shtabi vakillari birga oʻtirib, raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilamiz hamda shundan kelib chiqqan holda, raqibga nisbatan taktika qoʻllaymiz.
- Sizning boshqaruvingizda yoshlar jamoamiz alohida futbolchi atrofida oʻyin qurmayapti. Oʻtgan mavsumda biz koʻproq Navroʻzbek Iminjanov atrofida oʻyin qurishga urinishlarni koʻrardik...
- Biz qaysidir futbolchiga bogʻlanib qolish uslubidan toʻliq voz kechdik. Bizda hamma futbol oʻynashi kerak. Zamonaviy futbolning talabi - 11 nafar oʻyinchi hujum qilishni ham, himoyalanishni ham bilishi kerak. Vaziyat taqozo etsa, darvozabon ham gol urishi mumkin yoki hujumchimiz darvozamizga toʻp kirishining oldini olishi mumkin. Men biror futbolchiga bogʻlanib qolishni toʻgʻri deb, hisoblamayman. Jamoamizda kimdir xato qilsa, jamoadoshlari uning xatosini toʻgʻrilash uchun oʻynaydi. Futbol bu - jamoaviy oʻyin. Masalan, Jiyanov va Odilovlar maydonda rang-barang futbol oʻynashadi, juda tez fikrlashadi. Men ham shogirdlarimga tezroq qaror qabul qilish hamda fikrlashni taʼkidlayman.
- Yaqin oʻtmish futbolchisi sifatida shogirdlaringiz yomon va zararli illatlardan nari boʻlishlari uchun qanday yoʻl tutasiz?
8
- Men shogirdlarim bilan doimo birgaman. Kezi kelganida ogʻayni, aka, uka boʻlaman. Hech qachon futbolchilarga toʻsiq qoʻyishga urinmaganman. Yigitlar bilan birga ovqatlanamiz. Men faqat maydonda qattiqqoʻllik qilishim, uchrashuvlar davomida asabiylashib, baqirishim mumkin. Maydon tashqarisida esa doʻstona fikr almashib, barcha bilimlarimni berishga harakat qilaman. Shogirdlarim uchun doim ochiqman. Agar men ularga yopilib olsam, futbolchilar dardlarini kimga aytishadi? Axir, ular yoshlar jamoamiz yuzi hisoblanishadiku!
- Namangandan koʻplab taniqli futbolchilar yetishib chiqqan, ammo viloyatimizdan oliy va Superligada ishlagan sanoqli murabbiylar bor, xolos. Usmon Asqaraliyev shular jumlasidan. Koʻp yillardan buyon Namangandan yaxshi mutaxassis yetishib chiqmayapti. Sizning bunga munosabatingiz qanday?
- Har bir sohaning oʻziga yarasha qiyinchiligi, pastu balandliklari bor.Balki, buning vaqti-soati boʻlmayotgandir. Hozir murabbiy sifatida ishlash qiyin.
- Sizga Superliga jamoalaridan taklif boʻlsa, qabul qilasizmi?
- Koʻp yillardan buyon juda kuchli mutaxassislar bilan birga faoliyat yuritsh nasib etdi. Oʻtgan davr davomida shunchaki vaqtni zoye qilib yurmadim. Har bir ishlagan mutaxassislarimdan nimanidir olishga harakat qilib, oʻzimga yarasha bilim va koʻnikmalarga ega boʻldim. Bilganlarimizni amalda sinovdan oʻtkazyapmiz, bilmaganlarimni esa oʻqib oʻrganyapman. Bordi-yu Superligada ishlash imkoniyati tugʻilsa, oʻzimda ishonch bor, albatta bunga tayyorman. Yuqoriroqdan kelgan chaqiruvga tayyor boʻlmasam, faoliyatimni shu nuqtada yakunlaganim yaxshi. Barcha mutaxassislar oʻsishni istashadi va shunga intilishadi. Men ham shunga arakat qilyapman, hali yana tajriba orttirishim kerak.
- Ortda qolgan birinchi davradagi qaysi oʻyinni imkoni boʻlsa, boshqatdan oʻynar edingiz?
- “Soʻgʻdiyona-U-21” jamoasiga qarshi kechgan bellashuvni. Boisi, oʻsha uchrashuvda yirik hisobda imkoniyatni boy bergandik (2-tur, 2:6).
- Birinchi davradagi yoshlar jamoamiz uchun eng eng qiyin kechgan oʻyin qaysi boʻldi?
- “Xorazm-U-21” (9-tur, 1:1) bilan boʻlgan uchrashuv. Oʻsha bahsda urganchliklar shogirdlarimga munosib qarshilik koʻrsata olishgandi.
- Muxlislarga tilaklaringiz...
- Avvalo, yoshlar jamoamizni qoʻllab-quvvatlab turishgani uchun muxlislarga rahmat aytaman. Ularning oilalari tinch-totuv boʻlsin. Ishqibozlar doimo U-21 jamoamizning oʻyiniga ham kelib, eng ogʻir damlarda qoʻllab-quvvatlab turishdi. Buning uchun ularga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, bizga koʻmak va yordam berayotgan barchaga rahmat aytaman. “Navbahor” jamoamiz ham bu yil chiroyli oʻyinlar namoyish etmoqda. Ilohim, asosiy jamoamizga joriy mavsum yakunida sovrindorlar safidan joy olish, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritib, barchani xursand etish nasib etsin.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
244🤷‍♂1
⚽️⚽️ Birinchi davra yakuniga koʻra tomoshabinlarning umumiy tashrifi bo‘yicha ko‘rsatkichlar

♻️ Artel | 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ⚫️ Apex | ⚫️ Macron | 🔵 BMB
👍95
Alisher Odilovni tabriklaymiz!

Bugun “Navbahor” jamoasining mahoratli yarim himoyachisi Alisher Odilov tavallud ayyomini nishonlamoqda. U 24 yoshni qarshi olmoqda.
“Navbahor” PFK jamoasi ushbu ayyom munosabati bilan Alisher Odilovni tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.
Joriy mavsumda chiroyli oʻyinlaringiz va gollaringiz bilan jamoamizning gʻalabalariga munosib hissangizni qoʻshishingizga tilakdoshmiz.
Oilangiz hamda yaqinlaringiz baxtiga doimo sogʻ boʻling!

🔵 “Navbahor” PFK jamoasi.
👍348🎉1
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео

🔹АЛЛОҲ СУЙГАН БАНДАСИНИНГ - УСТИ БОШИ ГЎЗАЛ БЎЛАДИ

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Наманган вилояти вакиллиги Матбуот хизмати

Бизни ижтимоий тармоқларда
кузатиб боринг:

👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4👏1
#eshitdikda

Muhammadali G'iyosov "Bunyodkor" bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Futbolchi bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev bilan bo'lgan suhbatdan keyin qaldirgʻochlar safiga qo'shilishga rozilik bergan. Rasmiyatchilik ishlari shu hafta yakunlanishi kutilmoqda.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥95
Yaxyoxo'ja o'zining Konkret kanalida qoldirgan "Navbahor"dagi 3 lik " Neftchi"ga o'tishi mumkinligi borasidagi postga ko'pchilik munosabat so'rashmoqda. Bilishimcha har uchchala futbolchilar klub tomonidan oylik maoshlar kechikkani sababli klub bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga egalar. Hozirda har uchchala futbolchilarga juda ko'plab takliflar mavjud. Jumladan: "Bunyodkor", "Neftchi" bu borada jiddiy kurashishmoqda. Undan tashqari Jiyanovga "Nasaf", "So'g'diyona", "OKMK" jamoalari va Eron hamda BAA dan takliflar bor. Farg'ona tomon esa yengni mahkam shimargan va moliyaviy borada yaxshilangan taklif bilan eshik qoqmoqda. Agar futbolchilar istasa "Navbahor"ni shunchaki tark etishi mumkin. Voqealar qanday tus olishi borasida bir narsa deyish mushkul.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢317👎3🤔2
Vaziyatga oydinlik kiritishni so'rashadi. Yozmasa yozishni talab qilib qistovga olishadi. Jarayonni bilgan holimizdagi asl holatini taqdim etsak dushmanga chiqarishadi. Ba'zi bir qora profil egalarini hursand qilish uchun notoʻgʻri ma'lumot berish kerakmi? Keyin yuqoridagi postda futbolchilar jamoani tark etdi deyilmagan. Hamma narsa "Navbahor" rahbariyatining qo'lida. Sizga biz berayotgan ma'lumot yoqmasa bemalol kanalni tark etish imkonidan foydalanishingiz mumkin.
🔥41👎114💯4👏2
✔️Toirov va Xoldorxonov jamoamizni tark etishdi
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda davralar oraligʻidagi tanaffus va yozgi transfer payti.
Shu bois, barcha jamoalar tarkibida oʻzgarishlar yuz berishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.
“Lochinlar” kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan ikki nafar futbolchi bilan oʻzaro kelishuv asosida xayrlashishdi. Bular - himoyachi Shahzod Toirov hamda hujumchi Poʻlatxoʻja Xoldorxonovlar.
Toirov jamoamiz tarkibidagi barcha oʻyinlarda jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qilgan boʻlsa, Xoldorxonov “lochinlar” safidagi barcha bellashuvlarda jami 8 ta oʻyinda maydonda 351 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urgan.
Biz Shahzod Toirov va Poʻlatxoʻja Xoldorxonovlarga keyingi faoliyatlarida omad yor boʻlishini tilaymiz.
🔵 “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Янгиликлар #Видео

🔹УРФ - ОДАТ, АНЪАНАГА СОДИҚМИЗ

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Наманган вилояти вакиллиги Матбуот хизмати

Бизни ижтимоий тармоқларда
кузатиб боринг:

👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SPORTS.uz
"Агар мен ёпилиб олсам, футболчилар дардини кимга айтишади? "Лочинлар"нинг ўйини ҳаммага ёқяпти" - "Навбаҳор" мураббийи

Батафсил:
https://sports.uz/240977

Кўпроқ 👉 https://t.me/sports_uz

❤️❤️❤️⚽️⚽️ @cheryuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👏3
#reklama

🎉 Bayramlaringizga onlayn sehr qo‘shamiz! 🎉
📱 Endi tug‘ilgan kunlar, to‘ylar, yubileylar yoki shunchaki dildan aytiladigan tabriklar boshqacha bo‘ladi!

💌 Siz yaqinlaringizni tabriklamoqchisiz, lekin uzoqdasizmi?
Endi muammo emas!

Ayniqsa boshlovchimiz : Muhlisaxon bilan
Bizning Online Tabrik Guruhi siz uchun:
Video tabrik
Ovoza orqali ismingiz bilan shaxsiy murojaat
Zamonaviy animatsiyalar bilan GIF yoki video kartochkalar
Oddiy emas, esda qoladigan tarzda!

🎬 “WOW!” effektiga kafolat!
Chunki har bir tabrik yurakdan va ijod bilan tayyorlanadi!

🚀 Buyurtma berish oson:
📲 Tel: +998931702795
💻 Guruximiz: @tabriklarimm12

💚 Har bir tabrik – bu sevgining ovozidir.
Biz orqali ayting: “Men seni qadrlayman!”

@Sobitqadam
👍21
🥶 Shahzod Toirov: “Navbahor”dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sogʻinishga arzigulik davr boʻldi, deya olaman”

Xabaringiz bor, jamoamizning 23 yoshli himoyachisi Shahzod Toirov birinchi davrada kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlganligi bois, oʻzaro kelishuvga asosan, “Navbahor”ni tark etdi. Toirov joriy mavsumning birinchi yarmida “lochinlar” tarkibida   
jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qildi.
Klub matbuot xizmati xodimlari Shahzod Toirovdan intervyu olishdi. 

- Shahzod, jamoada juda qisqa vaqt boʻldingiz, “Navbahor”ni bu qadar erta tark etishingizning sababi nimada?
- Avvalambor, assalomu alaykum. Toʻgʻri taʼkidladingiz, “Navbahor”dagi faoliyatim juda erta yakunlandi. Bunga esa oʻyin amaliyotining kamligi  asosiy sabab boʻldi. Hozir futbol oʻynaydigan yoshda boʻlganim, futbolchi sifatida yanada rivojlanishim kerakligi bois, jamoani tark etishga qaror qildim.
- OKMKga oʻtishingiz qanday sodir boʻldi? Mazkur jamoaga kim taklif etdi?
- Birinchi davra yakunlanishiga 4-5 ta tur qolganida, menga Olmaliq klubi rahbariyatidan chaqiruv boʻldi. Kelajak rejalarim haqida soʻrashdi. “Navbahor” bilan shartnomam borligi uchun ularga aniq javob berolmagandim. Keyin davra yakunida OKMKdan yana aloqaga chiqishdi. Aslida olmaliqliklar joriy mavsum avvalida ham menga taklif bilan chiqishgan edi. Men oʻshanda yaxshi niyatlar bilan “Navbahor”ni tanlagandim. OKMKning bu safargi taklifini esa qabul qildim. Meni Bahodir Mirzayev taklif etdi.
- “Navbahor”dagi qisqa faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Namangandagi faoliyatim qisqa boʻlsada, juda katta taassurot va hissiyotlar bera oldi. Namanganlik muxlislarga alohida respekt degan boʻlardim. Ular doimo yurtimizda tengsiz ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. “Navbahor” ishqibozlari yaratgan atmosferada Yevropa nafasini his qildim. Ularni unutmayman. “Navbahor”dagi qisqa davrim, shirin xotiralar bilan eslash hamda sogʻinishga arzigulik davr boʻldi, deya olaman.
- “Navbahor”dan ketishingizga klub rahbariyatidagi oʻzgarishlar ham taʼsir oʻtkazdimi?
- Yoʻq, Namangan jamoasidan ketishimning asosiy sababi, murabbiylarning menga ishonch bildirishmagani boʻldi. Murabbiyning rejasiga kirmasangiz-u klub rahbarlari yoki muxlislar “jamoada qoling”, deyishgani bilan hech narsani oʻzgartirib boʻlmaydi.
- “Navbahor”dan ketmoqchi ekaningizni aytganingizda, “Navbahor” PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi qanday reaksiya qilishdi?
- Jamoani tark etmoqchi ekanligimni birinchi boʻlib,  jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushanga aytdim. Murabbiy ayni paytda rejalariga meni kiritmayotganini, jamoaning asosiy tarkibi oʻzagini aniqlab olganligini, shuning uchun hech narsani oʻzgartirmoqchi emasligini taʼkidladi. Shu bois, ketishim eng toʻgʻri yoʻl ekanini anglab yetdim.
Toʻgʻri, klub rahbarlari ozgina shoshilmasligimni, hali hammasi oldinda ekanini aytishdi. Biroq menga oʻyin amaliyoti kerak edi. Shuning uchun “Navbahor”dan ketdim.
- Soʻnggi soʻz oʻrnida muxlislarga tilaklaringiz...
- “Navbahor”dagi qisqa faoliyatim davomida meni qoʻllab-quvvatlagan, men bilan doʻst boʻlgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Namanganlik muxlislarga esa omad va zafarlar tilayman. “Navbahor” ishqibozlarini menga koʻrsatgan hurmatlarini hech qachon unutmayman. Sobiq jamoadoshlarimga ham rahmat.
“Navbahor”ga esa 2-davra oʻyinlarida omad yor boʻlishini tilayman.

🔵 “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍169🤷‍♂1
"Neftchi" matbuoti Jamshid Boltaboyev bilan xayrlashganini e'lon qildi. Uning keyingi manzili "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalaridan biri bo'ladi. Bu boradagi kurashda "Navbahor"ning imkoniyati kattaroq.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥498
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Янгиликлар  #Видео

🔹УРФ - ОДАТ, АНЪАНАГА СОДИҚМИЗ

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Наманган вилояти вакиллиги Матбуот хизмати

Бизни ижтимоий тармоқларда
кузатиб боринг:

👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
“Navbahor” muxlislariga yoqimli habarlar bor. Ma’lumotga oydinlik kiritmoqdamiz!
👍61🔥32
#eshitdikda

Ruslanbek Jiyanov, Saidazamat Mirsaidov, Jamshid Boltaboyev, Muhammadali G'iyosovlar ertaga "Navbahor" mashgʻulotlariga borib qo'shilishadi. Shavkatjon Abdurazzoqov, Anvarjon Tojimirzayev hamda Otabek Samatovlar "Navbahor" atrofidagi vaziyatni barqarorligini ta'minlash hamda muxlislarni xotirjam qilish choralarini muhokama qilib tezkor ishga kirishishgan. Otabek Samatov Fargʻona - Toshkent yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan ikki kishilik transfer kemasini Namanganga burib yuborgan.

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1159🔥4🤔4👏1
#foto_fakt

Abror Ismoilov "Neftchi"ning bugungi (kechki) mashgʻulotlarida qatnashdi. Uning Fargʻonadan ketayotgani haqidagi habarlar mutlaqo asossiz!

© Sobitqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1343🔥1