️Secretius
3.21K subscribers
685 photos
423 videos
150 files
1.93K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Hech shubhasiz PHP eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. PHPning afzalligi shundaki uni o'rganish oson.
PHP haqida bilishingiz kerak bo'lgan faktlar
PHPning boshlang'ich maqsadi
Rasmus Lerdorf, daniyalik/kanadalik dasturchi boshida PHPni dasturlash tili sifatida ishlab chiqmagan. Dastlab PHPning kengaytmasi Personal Home Pages bo'lgan. 1995 yilda u C dasturlash tilida o'zining shaxsiy saytini boshqarish uchun CGI (Common Gateway Interface) to'plamini yozdi:
"... dasturlash tilini yozish niyatim yo'q edi ..." "... Men dasturlash tilini qanday yozishni bilmasdim, shunchaki keyingi funksionalliklarni qo'shib borishda davom etdim".
Bir necha yillar davomida til rivojlandi va bugungi kundagi holatiga erishdi. PHP odatda server tomonidagi skriptlarni yozishda foydalaniladi. U bevosita HTML ga yozilishi mumkin. PHP da tuzilgan ko'plab CMS (Content Management System) va Framework lar mavjud.
2.  244+ million saytlar PHPda ishlaydi.
Netcraftning 2013-yilgi so'roviga ko'ra, PHP taxminan 244+ million saytda ishlayapti. Bugungi kunda bu til butun dunyo bo'ylab keng qo'llanilayotganini inobatga olgan holda, bu raqam hozirda ancha yuqori.
3. Top veb-saytlar va mashhur brendlar PHP dan foydalanadi.
BlaBlaCar, Digg, Facebook, Flickr, ProProfs, Technorati, TED va Yahoo kabi eng yirik onlayn brendlar PHP dasturlash tilidan foydalanishadi.
4. PHP mascot
Ko'plab brendlarning o'z mascoti bo'ladi. Mascot bu biror bir shaxs, jonzot yoki obyekt bo'lib, uni omad olib keladi deb hisoblashadi. Masalan Java dasturlash tilida qahva aks etgan timsol bor. PHP da ham xuddi shunday mascot bo'lib, bu ko'k filning timsoli bo'lib, u elePHPant deb nomlanadi. Dizayner o'z intervyusida logotipning qanday qilib paydo bo'lgani haqida so'zlab beradi:
"1998 yilda bir necha frantsuz veb-saytlari PHP haqida yozishardi. Do'stim Franco uyimga kelib PHP da nimalar qila olishini ko'rsatayotganda, men oq qog'ozga PHP ni katta harflarda yozib o'tirardim. Tasodifan ba'zan yaxshi narsalar sodir bo'ladi, agar harflar yon tomondan qaralsa fil shaklini aks ettirishini payqab qoldim. Chizgan harflarimni o'zom tanimaydigan Jean-pierre Dezelus degan odamga yubordim. U fillar kolleksiyasini yig'uvchi edi. Keyin u mendan PHP logotipi bilan bir xil bo'lgan fil rasmini chizishimni so'radi".
#php #dasturlash
👉@Secretius👇
Google'dan Coursera-da bepul Python kursi

Google Coursera-da bepul Python kursini boshladi. Kurs yangi boshlanuvchilar uchun va 6 xaftaga mo'ljallangan boʻlib, ularning har biri bir necha soat ishlashni talab qiladi.

Oʻqishlaringiz asosida siz quyidagilarni oʻzlashtirishingiz mumkin:

• Python ma'lumotlarining asosiy tuzilmalari
• Dasturlashning asosiy tushunchalari
• Python sintaksisining asosiy asoslari
• Python dasturlash
• Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP)

Kurs 2 versiyada mavjud:
1. 7 kunni bepul boshlang, so'ng sinov muddati tugagandan so'ng oyiga 39 dollar toʻlang va oxirida sertifikat oling.

2. Auditorlik rejimida kursdan bepul o'ting, ammo oxirida siz sertifikat olmaysiz

Oʻqish uchun->
https://www.coursera.org/learn/python-crash-course
#dasturlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
ITning asosiy yo'nalishlarida qanday dasturlash tillari ko'proq qo'llaniladi:
1️⃣ Veb-dasturlash
• HTML*
• CSS*
• JavaScript
• PHP
• Python

2️⃣ Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

3️⃣ iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

4️⃣ Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

5️⃣ Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

6️⃣ Sunʼiy intellekt
• Python
• Java
• C++

7️⃣ Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

*HTML va CSS dasturlash tillari emas.

#dasturlash #til #HTML

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
Dasturlash sohasidagi miflar(afsonalar)

1. Dasturlash sohasi murakkab.
Murakkab emas, tushunishga harakat va ishtiyoq boʻlsa hamma narsa oson, bu huddi yurish murakkab narsa deganday...

2. Ijodkor odamlar dasturlashda qiynaladi. Aksincha kreativ odamlar dasturlashda omadi keladi.

3. Koʻp vaqt ketadi.
Toʻgʻri, lekin astoydil shugʻullansa dasturlash asoslarini bilib olsa dasturlash tillarini oʻrganish oson.

4. Ish topishlari qiyin. Bu oldinroq yaxshigina sabab boʻlgan, lekin hozir yaxshi dasturchi uchun ish topish muammo emas.

5. Koʻz nuri uchun zarar. Masalan meni koʻzoynak taqishimni sababi bolaligimdan kitobni notoʻgʻri oʻqiganim. 5yildan beri smartfon ishlataman, 2yildan beri kompyuter qarshisida soatlab qolib ketaman, lekin koʻr boʻlib qolmadim😂.
Albatta oʻzini extiyot qilish ham kerak, mahsus koʻzoynak taqib.

6. Eng mashhur dasturlash tilini oʻrganish kerak.
Yoʻq, aslida sening ideyangni amalga oshira oladigan ikkita til yetadi, yana shundagina haqiqiy dasturchi boʻlasan, qolganini keyin oʻrganish kerak.

7. Piton (Python) dasturlash tili oson va koʻp sohada qoʻllaniladi, shuni birinchi oʻrganish kerak.
Toʻgʻri, bu til oson va koʻp tarmoqli, lekin birinchi uni oʻrganish kerak emas, chunki undan keyin boshqa tilni oʻrganish qiyin boʻladi

#dasturlash

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁.

MrSchizoid Blog🔺
Microsoft kod yozish uchun ommabop ilova boʻlgan Visual Studio Code veb-versiyasini chiqardi. GitHub yoki Microsoft hisob qaydnomasi bilan kengaytmalarni o'rnatish va sozlamalarni sinxronlashtirish mumkin. Siz masofaviy omborga kirishingiz yoki bitta faylni yuklashingiz va ish tugagandan so'ng ularni yuklab olishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumot

Sinab ko'rish uchun bosing

#kodlash #dasturlash

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
Dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlgan lekin hozirda kompyuteri yoʻqlar nima qilishi kerak?

Smartfon ham sal kam kompyuter, faqat toʻgʻri va oqilona foydalanish kerak holos.
Quyida dasturlashni smartfonda oʻrganish mumkin boʻlgan ilovalarni keltiraman(har birini oʻrnatib yoqqanini tanlab ol):

1. Soloearn
2. Mimo
3. Codeacademy Go
4. Enki

Kod yozish uchun eng yaxshi dasturlar:
1. Pocet editor
3. Spck Editor Pro
3. Spck Code Editor
4. Dev Pocket

P.s Muhimi toʻxtama!

#dasturlash #IT #apk

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁

MrSchizoid Blog🔺
Dasturlashda bizga onlayn servislar katta yordam beradi. Lekin har doim ham intenetga kirishga sharoit boʻlmaydi.

Masalan men biror savolga javobni W3School.com saytidan olaman. Kerak payt internet yoʻq boʻlib qoladi yoki trafik tugagan.
Bu jonga tegdi va saytning offline versiyasini topdim.

Dasturlashga qiziquvchilar, marhamat 😁

Rar fayl arxivdan ochilsa 1.5Gb hajmda boʻladi. Index faylini topib kiraverasizlar.

Yuklab olish 📥

#dasturlash #servis

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Python dasturlash tilini oʻrganish uchun 8ta Youtube kanal

Universal dasturlash tillaridan biri bu Python. Sizlarga oʻzim tanlagan sifatli darsliklar beruvchi Youtube kanallarni beraman, mana bu post yordamida tomosha qilib/yuklab olib bemalol oʻrganishingiz mumkin.

1⃣ FreeCodeComp

2⃣ sentdex

3⃣ TraversyMedia

4⃣ realpython

5⃣ Tokyo Ed Tech

6⃣ Programming with Mosh

7⃣ Corey Schafer

8⃣ Python Enginer

#dasturlash #python

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli
Dasturlashni qiziqarli tarzda oʻrganish(boshlovchi va yoshi kichiklar uchun)

Biror narsani oʻrganishda oʻyinlardan/oʻxshatishlardan va qiziqishlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Quyidagi ilova va xizmatlar dasturlashning asoslarini oson tarzda oʻrgatadi(ingliz, rus va boshqa tillarda):

1. Swift Playgrounds
Bu ilova har qanday bolaga dasturlashni o'rgata oladi. O'yin sizga Swift dasturlash tilini o'rganishga yordam beradi.

2 Code.org
Bu dasturlashni o'rganish uchun to'liq xizmat bo'lib, u sizga dasturlash asoslarini tushunishga va algoritm qanday qilib JavaScript kodiga aylanishini o'rganishga yordam beradi.

3. Kodu Game Lab
Bu Microsoft kompaniyasining oʻquv oʻyini boʻlib, u sizga nafaqat kodlashni va dizayn qilishni oʻrganishga, balki kompyuter yoki Xboxda oʻynashingiz mumkin boʻlgan haqiqiy 3D oʻyinni yaratishga yordam beradi.

4. Tynker
Bu JavaScript, Python, HTML va CSS asoslarini o'rganish uchun to'liq platformadir. Hammasi bo'lib Tynkerda 2000 ga yaqin o'yinlar, jumladan, kengaytirilgan reallik va robototexnika mavzulari mavjud.

5 Grasshopper
JavaScript-ni o'rganish uchun Google mobil o'yini. O'yinning mohiyati dasturlashning asosiy tushunchalarini vizual boshqotirmalar orqali tushunishdir. Va bunda chiroyli yashil chigirtka yordam beradi.

Tegishli postlar:
Android dasturlashni qanday oʻrganish mumkin?

Minglab bepul kurslar

ITga oid eng yaxshi kurslar

#xizmat #dasturlash

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.