️Secretius
1.97K subscribers
684 photos
420 videos
150 files
1.93K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Bugungi mavzu rasmlar haqida:

CleanUp.Pictures - Pixel karomatini koʻrsatuvchi sayt, rasmdagi keraksiz obyektni osongina olib tashlaydi

Designify.com - orqa fonni olib tashlash, soya qo'shish, ranglarni yaxshilash yoki fonni o'zgartirish kerak bo'lsa shu sayt yordam beradi😁.

Photo Deleter - smartfonimizda eng tartibsiz joy bu galareya boʻlsa kerak, mana bu dastur keraksiz hisoblangan, eski suratlarni tanlab oladi va siz ularni qayta saralab oʻchirib chiqishingiz yoki qoldirishingiz mumkin.

Letsenhance.io - xira va sifati past bo'lgan rasmlarni bir necha barobarga sifatini oshirish uchun ajoyib xizmat.

@EzStickerBot - rasmlarni stiker, stikerlarni esa rasm qiluvchi bot

Tegishli postlar:
Mavjud bo'lmagan odamning fotosuratini qanday yaratish mumkin

Rasmdagi matnni chiqarib beruvchi eng yaxshi botlar

Oʻchib ketgan rasmlarni tiklashi mumkin boʻlgan ilova

Oq-qora rasmlarni sunʼiy aql yordamida "boʻyash"

#rasm #apk #site #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from MrSchizoid Blog🔺
Dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlgan lekin hozirda kompyuteri yoʻqlar nima qilishi kerak?

Smartfon ham sal kam kompyuter, faqat toʻgʻri va oqilona foydalanish kerak holos.
Quyida dasturlashni smartfonda oʻrganish mumkin boʻlgan ilovalarni keltiraman(har birini oʻrnatib yoqqanini tanlab ol):

1. Soloearn
2. Mimo
3. Codeacademy Go
4. Enki

Kod yozish uchun eng yaxshi dasturlar:
1. Pocet editor
3. Spck Editor Pro
3. Spck Code Editor
4. Dev Pocket

P.s Muhimi toʻxtama!

#dasturlash #IT #apk

Kel, koʻr, biror narsa ol doʻstim. Bilim hech qachon kam boʻlmagan, ayniqsa foydalisi😁

MrSchizoid Blog🔺
QR-kod nima?
QR-kod - maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko’rinishidagi tasvir. Bu oddiy matn, internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning joylashgan o’rni va boshqa shu kabilar bo’lishi mumkin. Xozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishidagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun bor yo’g’i telefon kamerasini QR-kodga yo’naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin.

QR-kod – inglizcha “Quick Response” so’zlaridan olingan bo’lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni “tezkor javob” (быстрый отклик) ma’nosini beradi. Ushbu tizim 1994 yilda Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bitta QR-kod 7089 ta raqam, 4296 ta raqam-harf, ikkilik sanoq sistemasida 2953 bayt yoki 1817 ta ierogliflarni o’z ichiga olishi mumkin.

Hozirda QR-kodni o’qish uchun juda ko’p dasturlar mavjud. Ulardan eng ko’p tarqalganlari: iPhone qurilmalari uchun Bakodo, Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun esa Barcode scanner.

Quyida bizning QR-kod, shunday oʻzgacha dizayndagi QR-kodni mana bu(koʻk yozuv ustiga bosing) dasturdan foydalaning.

QR-kodni oʻqish uchun bot:
@qrscannerproBot

#maʼlumot #qr #bot #apk

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Odatiy Instagram dasturida siz video/rasm/hikoyalarni toʻgʻridan toʻgʻri yuklab ololmaysiz, hikoya(story)larni bildirmasdan koʻra olmaysiz.

Telegramdan turli xil botlar qidirdim, Instagram uchun. Lekin hammasining limiti bor yoki avtorizatsiya talab qiladi.

Undan koʻra Instagramning oʻzgartirilgan versiyasini ishlatgan yaxshi. Hammasi juda oddiy va oson. Quyidagi instagram turlari bir-biridan baʼzi funksiyalari va dizayni bilan biroz farq qiladi.
Muhimi siz hohlagan ishlarni qila oladi. Oʻzingizga yoqqanini ishlating😁

Instander Insta Pro InstaXtreme
InstaX AeroInsta

#instagram #apk

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Tushunarsiz matematik formulalar odamni asabini "chaynaydi". Bunda sizga ajoyib dasturlar yordam beradi.

Fizika
Betafiziks dasturi sizni fizika fani boʻyicha alochiga aylantiradi. Faqat android uchun topdim.
Yuklab olish📥

Matematika
Murakkab matematik masalalar endi oson yechiladi.
Yuklab olish 👇
Android📥

iOS📥

Kimyo
Kimyoviy formulalardan nima hosil boʻlishini bilmayapsizmi? Demak sizga bu dastur kerak, formulani yozing va hosilani oling.
Yuklab olish 👇
Android📥

iOS📥

#apk #ilova #dastur

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Mobil ilova orqali eshitish darajasini tekshirish mumkinmi?

Ilova juda oddiy, yuklab olasiz, quloqchin oʻrnatib tinchroq joyga borasiz va testni boshlaysiz. Ikki xil test turi bor, navbati bilan sinab koʻrish mumkin.

Esda tuting, ilova 100% toʻgʻri koʻrsatmaydi, shunchaki shifokor koʻrigiga muhtoj yoki muhtoj emasliginhizni tekshirish mumkin.

Yuklab olish 👇
Android 📥

iOS 📥

#apk #ilova #dastur

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
@Secretius ShareIt Lite.apk
9.8 MB
Odatiy ShareIt ilovasi shubhali ishlar qilayotgani haqida eshitib qoldim. Ilova intenetga ulanib, smartfonga ilova oʻrnata olar ekan. Turli reklamalari yetmaganday endi bu hunari chiqibdi.

Agar ShareItdan foal foydalansangiz hozirgisini oʻchirib mana bunisini oʻrnatib oling.
Hech qanday shubhali harakat va reklamalarsiz, yengilgina.

#apk #ilova

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Smartfonigiz uchun zararli ilovalar:

1⃣ Turli xil jonli fon rasmlar oʻrnatuvchi "Live Walpaper"lar;

2⃣ "Antivirus"lar;

3⃣ Kelib chiqishi nomaʼlum, nomi shubhali, hajmi kichik, ishonchsiz manbali;

4⃣ Turli xil xotirani tozalovchi, "tezlashtiruvchi" ilovalar;

5⃣ Ob-havo maʼlumoti ilovalari(M: Wheather Forecast);

6⃣ Launcherlar;

7⃣ Feyk (Fake) dasturlar. Turli xil qon bosimi oʻlchovchi/Sevgi testi deganga oʻxshash.

8⃣ Grafikasi "ogʻir" oʻyinlar. Aslida smartfon "ogʻir" oʻyin oʻynash uchun moʻljallanmagan, baʼzi smartfonlardan tashqari albatta.

9⃣ Koʻp bora reklamalarda chiqadigan yoki men koʻp koʻrayotgan "pul toʻlovchi oʻyinlar", ular pul toʻlamaydi.

🔟 Reklamasi boʻlgan oʻyin va ilovalar, ular sizni bezovta qiladi. Buning uchun kanalimizni kuzatib boring, biz sizlarga reklamasiz/sotib olingan/Pro dasturlarni berib boramiz.
#apk #tavsiya

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Til oʻrganish uchun ilova va sayt

Til oʻrganishdagi eng qiyin muammo bu talaffuz va gramatika.

Agar siz til oʻrganayotgan boʻlsangiz birorta soʻz tallaffuzini qayerdan topib eshitasiz?

Albatta birorta onlayn lugʻat yoki Google Translate bilan. Lekin mutaxassislar ular har doim ham toʻgʻri talaffuz qilmaydi deb hisoblashadi.

YouDict - sizga kerakli soʻzni qanday tallaffuz qilinganini Youtubedan topib koʻrsatib/eshittiradi. Bunda sizni oʻrganish imkoniyatingiz oshadi.

⚠️Oʻrganish mumkin boʻlgan tillar:
🇺🇸 US English, 🇬🇧 UK English, 🇫🇷 French, 🇪🇸 Spanish, 🇵🇹 Portuguese, 🇩🇪 German, 🇷🇺 Russia, 🇨🇳 Chinese

🔹Sayt: Youdict.co

Yuklab olish 📥
🔹 iOS uchun
🔹 Android uchun

#til #sayt #ilova #apk #dastur

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
WTMP

‎Who touched my phone -Telefonimga kim tegdi.


Ilovaning asosiy vazifasi sizning smartfoningizga kim kirishga harakat qilganini ko'rsatishdir.

• Ekran har safar yoqilganda old kameradan ehtiyotkorlik bilan suratga oladi;

• Smartfonni blokdan chiqarish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlar va oʻsha vaqtdagi "selfi rasmi";

• Agar telefoningiz qulfdan chiqarilgan bo'lsa, qaysi ilovalardan foydalanilganligi haqida maʼlumot.

Yuklab olish📥
🔸 iOS uchun
🔸 Android uchun
🔸Pro versiya(Android)

#apk #ilova #maxfiylik

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
🎼 Musiqa tinglovchilar uchun

Yandex Music - millionlab musiqalar makoni, aqlli taklif tizimi, qulay boshqaruv va interfeys.

Odatda pullik obuna evaziga yuqori sifatli musiqadan bahramand boʻlish mumkin boʻlgan ilovani tekinga(premium obunali) yuklab oling.

• Android: 7+
• Internet kerak

Yuklab olish 📥
🔹Android uchun

Tegishli post:
https://t.me/Secretius/5235

#apk #musiqa
Messenjerlarda oʻchirilgan xabarlarni koʻrish

Baʼzida bizga tarmoq orqali kimdir yozadi va niyatidan qaytib xabarni oʻchiradi, biz hatto yozilganini ham bilmay qolamiz.

Agar siz uchun shu xabar zarur boʻlsa ularni saqlab qolish yoʻli bor. NotiSave ilovasini oʻrnatib barcha ruxsatlarni yoqish kifoya.

Shundan soʻng barcha xabar almashish ilovalaridagi suhbatdoshingiz oʻchirib yuborgan xabarlarni shu ilovadan topa olasiz.

⚠️Ilova oʻrnatilgandan keyingi oʻchirilgan xabarlarni saqlab qoladi, undan oldingilarni koʻrish imkoni yoʻq

Yuklab olish 📥
🔹Android uchun

#apk #ilova

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kichik lekin ajoyib ilovalar

Live net speed meter - ilova har kungi sarflangan trafikni va soniyasiga qancha ketayotganini koʻrsatadi

Lock App - ilovalarni oson va xavfsiz qulfash uchun

Simple Notepad - kerakli matnlarni saqlash uchun. Hamma ham koʻrishi mumkin boʻlmaganlarini qulflash ham mumkin


Tegishli postlar:
Baʼzida kichik ilovalar katta muammolaringizni hali qiladi.

Kichik hajmli yengil brauzerlar

#apk #ilova

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Oʻyin orqali yozish tezligini oshiramiz

Kun davomida klaviaturadan koʻp foydalanamiz va aksariyat vaqtimiz harf qidirish bilan oʻtishi mumkin. Bunday hollar uchun ajoyib yechim bor.

Type Sprint - oʻyin davomida siz soʻzlarni asta-sekin avvalgidan tezroq yozishni oʻrganib borasiz. Ham vaqtingiz maroqli oʻtadi, ham yangi koʻnikmalarga ega boʻlasiz.

Yuklab olish 📥
🔹 Android uchun

#ilova #apk

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️Rasmning orqa fonini birgina tugma surish orqali olish(kerak boʻlsa oʻrniga boshqasini qoʻyish)

🔰Pixelcut - deyarli har qanday tasvirdan fonni tez va samarali ravishda olib tashlaydigan neyron tarmoq ilovasi.

⚠️Orqa fonni olibgina qolmay rasm ustida boshqa amallarni ham bajarishingiz mumkin.

📥 Yuklab olish:
🔸Android uchun
Google Play
Premium versiyasi
🔸iOS uchun AppStore

Tegishli post:
Rasmdagi biror buyumni yoki orqa fonni olib tashlash

#rasm #apk #ilova

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Biror ijtimoiy tarmoqda cheklovlarsiz video yoki rasm yuklab olmoqchimisiz?

Snaptube - dasturi men ishlatgan eng yaxshi shu turdagi dastur. Ayniqsa Youtube videolarni pleylisti bilan yuklab olish mumkin.

Yana koʻplab tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlaydi va sezilarli tez ishlaydi.

Yuklab olish 📥

P.s Kompyuterda yoki smartfonda dastur oʻrnatmasdan yuklab olish uchun ➡️ Savefrom.net

#site #apk #useful

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
📱Android ilovalarini qanday klonlash mumkin

🖇️Ko'pgina smartfonlar hozir klonlash funksiyasiga ega, ammo u qo'llaniladigan ilovalar ro'yxati juda cheklangan.

⛓️Dastur qurilmada sandbox yaratadi: u erda siz har qanday ilovalarni asosiy tizimdan alohida ishga tushirishingiz mumkin. Smartfon ichidagi smartfon kabi.

⚠️Shelter yana bir xususiyatga ega, u ham foydali bo'ladi. Yordamchi dasturdan foydalanib, siz shubhali dasturlarni tekshirishingiz va ularni to'xtatib qo'yishingiz mumkin.

📥Yuklab olish (Android 7+ uchun)

#apk #ilova #android

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
📡WiFiga parolni olib ulanish

🗺️Agar siz boshqa davlatda sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, rouming uchun ortiqcha to‘lov qilishni xohlamasangiz yoki uyda bo‘lmaganingizda shunchaki internetdan bepul foydalanmoqchi bo‘lsangiz, WiFi Map dasturini sinab koʻring.

📎Ilovada WiFi egalari/tashkilotlar oʻz parollarini almashishadi. Yangilangan ma'lumotlar bazasida turli mamlakatlar va eng chekka shaharlardagi yuz milliondan ortiq parollar mavjud.

Bundan tashqari ilovada VPN ham bor.


📥Yuklab olish
iOS uchun
Android uchun (Pro versiya)


#apk #ilova
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Pixelcut - suratdagi predmet rangini oʻzgartirish va boshqa foydali funksiyalar

Rasmga tushdingiz, lekin kiyimingiz rangi yoqmayapti yoki doʻstingiz bilan hazillashmoqchisiz(masalan kiyimini pushtirang qilib😜), Pixelcut dasturi bu ishni eplaydi.

Dastur fotosuratning qaysi qismlari rangini o'zgartirish mumkinligini ko'rsatadi. Odatda bu bir xil rangdagi narsa masalan, kiyim yoki soch qismi.

Dasturda bundan tashqari, orqa fonni va biror predmetni oʻchirish, sifatni oshirish va baʼzi kichik bezaklar berish imkoniyati mavjud.

🔶Ilovani yuklab olish
🔸 Android(Google Play orginal)
🔹 Android (Pixelcut mod)
🔸 iOS

#apk #rasm #dastur

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Androidda smartfonida "joy" ochishning eng oson usullari

Messenjer, ijtimoiy tarmoq va umuman ilovalar keshini oʻchirish(saqlangan rasm, video, fayl, sahifa va h)

Bunday ma'lumotlar juda ko'p joy egallaydi, lekin shunga yarasha koʻp ishlatilmaydi.

Bir xil yoki keraksiz rasm va videolarni oʻchirish

Smartfon kameralari kuchaygani uchun oddiy rasm/video qurilma xotirasida ko'proq jiy egallaydi. Ularni saralab, saragini sarakka qilib turish kerak.

Koʻp foydalanilmaydigan, unutilgan, shubhali katta joy egallaydigan ilovalar

Google Play katalogida ko'plab foydali dasturlar va qiziqarli o'yinlar mavjud. Ko'pincha biz ularni bir kun kelib foydali bo'ladi degan umidda o'rnatamiz.
Undan tashqari ishga tushirilganda smartfonni qiynovchi ilovalarni oʻchirish ham mumkin.

Hammasi qilingandan keyin "yengilgina" qayta yoqish, smartonga "toza havo" bagʻishlaydi.

#smartfon #android #apk #ilova

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.