SAMARKANDNEWS.UZ
2.98K subscribers
38.3K photos
5.26K videos
102 files
14.4K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
#DXX_kubogi

Ayni paytda Past Darg‘om tumanidagi "Dinamo"  futbol maktabida yoshlar o'rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha an’anaviy "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Ramziy ma'nodagi musobaqalarning ochilish marosimiga viloyat hokimi boshchiligida mutasaddi tashkilotlar va sektor rahbarlari tashrif buyurishdi.
Dastlab viloyat hokimi E.Turdimov so'zga chiqib, sportsevar yoshlarni, musobaqa ishtirokchilarini tabriklab, ularga ulkan zafarlar tiladi.
Shundan so'ng DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov so'zga chiqib, musobaqani ochiq deb e'lon qildi va  ishtirokchilarni tabriklab, bo'lib o'tadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.

Viloyatimizning turli hududlaridagi MFYlar yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari boshlab yuborildi.
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Yoshlarning bevosita rahbar bilan muloqot qilishi, taklif va murojaatlarini toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllab, amaliy yordam olishi ularning ertangi kunga yanada ishonchini oshirmoqda. Buni bugun urgutlik yoshlar bilan bo'lib o'tayotgan uchrashuvdan ham ko'rish mumkin.

Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan uchrashuvda qator yoshlarning muammolari joyida hal qilinmoqda.

Xususan, Uzunsoy mahallasining faol yoshlaridan biri, yosh sport murabbiyi Dilmurod Primovning erkin kurash boʻyicha yoshlarning mashgʻulot olib borishi uchun sport gilamini olishda yordam berishni so'rab qilgan murojaati joyida hal etildi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Mansurbek turistik markaz ochmoqchi

Uchrashuv davomida Omonqoʻton MFY yoshlaridan biri Mansur Sultonov tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida ekanini aytib, milliy anʼana va qadriyatlarimizni oʻzida aks ettiruvchi turistik markazni ochishda imtiyozli kredit asosida subsidiya ajratishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganilib, ijobiy tomonga hal etilishi aytildi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Qoratepa MFYda istiqomat qilayotgan yoshlardan biri Shahrizoda Mirzayeva davlat xavfsizlik xizmati sohasiga qiziqishi yuqori ekanligini aytib, bu borada oʻqish va ishlash uchun kerakli koʻrsatma va yordam berishlarini soʻrab qilgan murojaati rahbar tomonidan qo'llab-quvvatlandi va tegishli tavsiyalarni berish uchun mutasaddilarga topshiriq berildi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Past Darg'omlik yoshlar bugun juda faol bo'lishdi. Bildirilgan taklif va murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi, yechimi vaqt talab qiladiganlari bo'yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi so'ngida murojaat yo'llashda faol bo'lgan bir qator yoshlarga rahbarlar tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan uchrashuvda qator yoshlarning muammolari joyida hal qilinmoqda.

Xususan, Yangiqishloq mahallasidan kelgan Samandar, IT sohasini rivojlantirish istagida ekanligini aytib, sohani chuqurroq o'rganish maqsadida chet davlatga borishni so'rab qilgan murojaati qo'llab-quvvatlandi.

Tumanning yana bir faol yoshlaridan Jahongirning novvoyxona ochish bo'yicha qilgan murojaatini yaxshilab o'rganib chiqish uchun mutasaddilarga ko'rsatma berildi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

💎 Turli hududlardan kelgan yoshlar o'zlarining murojaat va takliflari qo'llab-quvvatlanishidan umidda. Aytilayotgan murojaatlarning hech biri rahbarlar e'tiboridan chetda qolayotgani yo'q.

🏖 Bulung'urlik yoshlarning dastlabki murojaatlaridan biri tumanda tashkil qilingan "Yoshlar bog'i"ni sug'orish tizimini yo'lga qo'yishda amaliy yordam so'rashdi. Bu masalaga joyiga borib o'rganilgan holda kerakli yordam berilishi aytildi.

➡️ Tumanning Gulobod mahallasidan kelgan Guljahon Sulaymonova xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash borasida tikuv sexi ochish uchun kredit so'radi. Guljahonning faoliyati yaxshilab o'rganilgan holda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kredit ajratiladigan bo'ldi.
#DXX_kubogi

🚩🚩🚩🚩🚩

🗣️ Tumanning Qoraqo'yli hamda Qoraqishloq mahallalari o'rtasida futbol bo'yicha o'tkazilayotgan "DXX kubogi"ning ilk bahslarini DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov hamda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi vitse prezidenti Ravshan Ermatovlar boshlab berishdi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#DXX_kubogi_2024

SAMARQANDDA "DXX KUBOGI"GA START BERILDI

🥇 Viloyatimizda 16-30 yoshli yigit-qizlar o‘rtasida sportning mini-futbol va futbol turi bo‘yicha o'tkaziladigan "DXX  kubogi" bu gal Ishtixon tumanida start oldi.

🏆 Tumandagi markaziy stadionda tantanali ravishda o'tkazilayotgan ochilish marosimida mahallalardan kelgan sportchi-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqishdi.

💥 Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, O'zbekiston Respublikasi Futbol federatsiyasi birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

💥 Unda so'zga chiqqanlar samarqandlik yoshlarning sport sohasida erishayotgan yutuqlarini yana bir bor e'tirof etishib, barcha qatnashchilarga bellashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi_2024

🚩🚩🚩  🚩🚩🚩🚩🚩🚩

➡️ Kattaqo‘rg‘on shahar markaziy stadionida qizlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasidagi musobaqalarning ochilish marosimi boshlanish arafasida.

#️⃣ Biz bilan qoling, bellashuvlarga birgalikda start beramiz

📍 Ma'lumot o'rnida, o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqalarga Ishtixon tumanida start berilgan edi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#DXX_kubogi_2024
#Futbol

Jarayon yakunida "DXX kubogi"ning mini-futbol sport turi bo'yicha musobaqalarning viloyat bosqichiga qur'a tashlandi.

➡️ Aziz yoshlar, bizni kuzatib boring! "DXX kubogi" barcha tafsilotlarini birinchilardan bo'lib bilib oling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi_shaxmat

🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

➡️ Yoshlar, jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb qilish, shaxmat sport turini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida o'tkazilayotgan mazkur bellashuvlarda sovrindorlar kubok, diplom, medal, badiiy kitob va “noutbuk” qurilmalari bilan taqdirlanadi.⬅️

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#DXX_kubogi_shaxmat

🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

💥 Qizg'in va murosasiz kechgan shaxmat bo'yicha jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o'tkazilayotgan “DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi-2024” musobaqasi g'oliblari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin: Daminov Shexroz,
2-o'rin: Baxtiyorov Husan,
3-o'rin: Murodullayev Abdulaziz

1-o'rin: Nasrullayeva Mohina
2-o'rin: Toshmamatova Munisa
3-o'rin: Mavlonova Ochiloy

💐 G'olib va sovrindorlarni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov tantanali ravishda taqdirlab, kubok, noutbuk hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!