SAMARKANDNEWS.UZ
2K subscribers
39.4K photos
5.43K videos
109 files
14.8K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
#Bilasizmi

▶️ Ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug‘orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo‘yish) suvni to‘xtatib qo‘yish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (330 ming so‘m) 3 baravarigacha (990 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 650 ming so‘m) 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi
Donorlar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?

Qonunchilikka ko‘ra:
qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi va BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofoti oladi;
mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi;
qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, ta’lim oluvchilarning boshqa toifalari qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni mashg‘ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naradlarni bajarishdan, xizmatni o‘tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadi;
donorga har safar qon topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha 1 kun beriladi. Donor xohishiga ko‘ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi mumkin;
donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar soliq to‘lovchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi;
donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov, ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga kiradi;
sog‘lig‘i saqlanishi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanadi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 #Bilasizmi

Endi uyingizdan turib fuqarolik pasporti va avtotransport vositasini rasmiylashtirishingiz mumkin bo‘ladi.

Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish fuqaroning yashash manzilidan kelib chiqib hisoblangan qo‘shimcha haq evaziga, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga esa bepul ko‘rsatiladi.

Batafsil 👉 videoda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Yengil avtomobillarda yuk tashilganda yukning uzunligi me’yordan oshib ketmasligi kerak

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
Samarqand shahridagi O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi fondida 209 827 ta ashyo saqlanadi. Muzeyda 2 256 ta eksponat namoyish etilmoqda.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi

✳️ Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko'p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko'pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to'lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to'lov amalga oshirilishi belgilangan.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o'lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o'rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilish majburiyligi belgilangan.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#bilasizmi #deklaratsiya

Ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
Ramazonning boshqa oylardan farqi nimada?

- Bu oyda Qurʼoni karim nozil boʻlgan;
- Bu oyda Allohning rahmati yogʻiladi;
- Bu oyda ming oydan afzal boʻlgan qadr kechasi bor;
- Roʻza tutish sabab taqvo hosil qilinadi;
- Roʻza tufayli inson ruhiyati, tani poklanadi, qalbni kamtarin, tavozeli qiladi;
- Roʻzador saharlik qilib barakaga erishadi;
- Jannat eshiklari ochib qoʻyilgan oydir;
- Doʻzax eshiklari yopib qoʻyilgan oydir;
- Shaytonlarga kishan solib qoʻyilgan oydir;
- Bandani Allohga eng yaqin qiladigan oy;
- Bu oyda qilingan yaxshiliklar savobi oʻn baravardan yettiyuz baravargacha koʻpaytirib yoziladi;
- Bu oyda zakot berib, haqdorlar xursand qilinadi;
- Fitr sadaqasi berilib, miskinlar duosi olinadi;
- Zakot beruvchi kishining moli poklanadi, baraka kiradi.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 18:54 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
Roʻzani buzadigan amallar

* Qazo - necha kun roʻzasi buzilgan boʻlsa, Ramazondan keyin oʻshancha kun roʻza tutiladi.

* Kafforat - bitta qul ozod etish. Unga qodir boʻlmasa, Ramazondan keyin biron kun qoldirmay, muttasil 60 kun roʻza tutish (oldin tutgan kunlari hisoblanmaydi). Agar zaiflik va notavonlik sababidan bunga qodir boʻlmasa, 60 miskin (kambagʻal)ning 1 kunlik taomini berib toʻydirish yoki 1 miskinni 60 kun boqish.

* Makruh - qilish shubhali boʻlgan amal.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 18:56 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.
#Bilasizmi?
“Zamzam” - ilohiy quduq

“Zamzam” qudugʻi yer sathidan taxminan 13 metr pastda joylashgan.

Qizigʻi shundaki, undan soniyasiga 8000 litr tezlikda suv tortib olinganida uning sathi deyarli 50 metr pastga tushib ketadi. Suv olish toʻxtatilganida esa 11 daqiqadan soʻng, u yana eski sathiga qaytib oladi.

Aniqroq hisob-kitob qiladigan boʻlsak, quduqdan daqiqasiga 480 000, soatiga 28 800 000, sutkasiga 691 200 000 litr suv olinadi.

Endi Ismoil alayhissalom davrlaridan beri qancha suv chiqqanini tasavvur qilib koʻring. Qancha suv olinmasin, u yana 11 daqiqada oʻzini tiklab oladi.

Olimlar fikriga koʻra, “Zamzam” toʻxtamay suv chiqarsa yer yuzi suv ostida qolishi mumkin ekan.

Holbuki “Zamzam” soʻzining oʻzi ham Hojar onamiz aytgan “zimom” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, toʻxtash degan maʼnoni anglatadi.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 19:04 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi?
“Zamzam” och qolganni toʻydiradi, chanqaganni qondiradi

Yevropadagi laboratoriyalarning birida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, “Zamzam” suvida boshqa tur suvlarga nisbatan kamroq oltingugurt mavjud ekan va toʻyimliroq, minerallarga boyroq ekan.

Bu suvning manbasi hali maʼlum emas. Qayerdan kelishini zamonaviy texnologiya ham aniqlolmagan. Yaqin atrofda biror suv havzasi yoʻq, dengizdan esa 80 kilometr uzoqlikda. Bu sharoitda suvning dengizdan kelishi mumkin emas. Asrlar mobaynida “Zamzam” qanday tugamay turibdi – buni hech kim bilmaydi.

“Zamzam” och qolganni toʻydiradi, chanqaganni qondiradi. 1,5 metr chuqurlikdagi kichik quduqdan chiqadigan suv, haj mavsumida millionlab hojilar chanqogʻini qondirishga yetadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining eʼtirofiga koʻra, “Zamzam” dunyodagi eng xushxoʻr va foydali suvlardan biridir.

AQSHda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, dunyoda tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar boʻlmagan yagona suv “Zamzam”dir.

Ilmiy isbotlarga koʻra, ichilgan “Zamzam” suvi hech qachon beldan pastga tushmaydi. Tanadan siydik yoʻli orqali emas, terlash bilan chiqib ketadi.
***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 19:05 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, davlat investisiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi.

❗️Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investisiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Investor davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

IS GAZI haqida etarlicha ma’lumotga egasizmi?
IS GAZI nima, u qanday va qayerlarda paydo bo‘ladi?

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!