SamTVR | MTRK
5.95K subscribers
91.5K photos
42.3K videos
404 files
54.4K links
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rasmiy kanali.
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
#JARAYON

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’i o‘rinbosari Farhod Musurmonov ishtirokida "Samarqand suv ta’minoti" AJ Samarqand shahar filiali ishchi-xodimlar bilan yig’ilish o‘tkazildi.

Unda ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish, xodimlar tomonidan kamomadlarga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa bir qator masalalar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Ayniqsa, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, uni oldini olish masalasi, xizmat vazifasi davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi to‘g’risida ham to‘xtaldi.

https://t.me/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#jarayon
#pomidor_sayli

Ayni vaqtda Bulung'ur tumani Fozil Yo'ldosh MFYda bo'lib o'tayotgan "Pomidor sayli"dan jonli reportaj

Muxbir: Nozigul Rustamova
Tasvirchilar: Salohiddin Umarov
Shorasul Nizomov


https://t.me/SamTvr
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi jamoa o‘zbekona an’ana – non, tuz va gullar bilan kutib olishdi.

Rektor mehmonlarga Universitet kirish darvozasi, bosh bino oldida o‘rnatilgan birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, universitet hayoti va faoliyatiga qisqacha to‘xtaldi.

Shuningdek, mehmonlar talabalar tomonidan tayyorlangan an’ana va qadriyatlar, milliy liboslar bilan tanishishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.me/SamTvr
#JARAYON
#REYD

Sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish, noqonuniy obyektlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida Samarqand viloyati bo‘ylab reyd tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda.

Bugun erta tongdan Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Umar Mirzayev inspeksiyaning barcha xodimlari bilan ushbu masala yuzasidan muhokama o'tkazilib, xodimlar hududlar bo'ylab yo'naltirildi.

https://t.me/SamTvr
#Jarayon
   Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining 2024-yil repertuar rejasiga asosan sahnalashtirilishi belgilangan Iftixar Piriyev qalamiga mansub "Buyuk turon" asari, rejissyor Asqar Xolmo'minov tomonidan sahnalashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tajixanov boshchiligidagi Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi...
Mazkur spektakl teatr direktori B.Tugalovning g’oyasi asosida dramaturg I.Piriyev tomonidan yozilgan bo’lib, asarni sahnalashtirish jarayonida “TURKSOY” ko’magi bilan oltita mustaqil turkiy davlatlardan taklif etilgan ijodkorlar birdamlikda faoliyat yuritdilar. Spektakl premeralari yaqin kunlarda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Turksoy rahbarligida oltita mustaqil turkiy davlatlar poytaxtlarida namoyish etilishi belgilangan.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Matbuot xizmati.


https://t.me/SamTvr
#Jarayon

YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI


🏖Daraxtlar - insonlar yashashi va salomatligi uchun zarur bo‘lgan kislorod manbai sanaladi.

Ular nafaqat tabiat uchun ko‘rk balki, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba va kislorod ta‘minot zanjirining ajralmas qismi hamdir.

🌱Tumanimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yili minglab ko‘chatlar o‘tqazilib, parvarishlanmoqda.

🎥Ayni paytda ham Pastdarg’om tumanida ushbu loyihaning bu yilgi mavsumiga start berilib, “Darg‘om” kanali yoqasidagi bo‘sh turgan yer maydoniga sektor rahbarlari tumandagi barcha tashkilot va korxonalarning ko‘ngilli vakillari va faol fuqarolar tomonidan 1000 tupga yaqin qayrag‘och, katalpa hamda safura navlariga mansub daraxt ko‘chatlari o‘tqazilyapti.

Uyushqoqlik bilan olib borilayotgan bu xayrli ishlar tabiatni asrash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik soflikni taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
#JARAYON

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ishtirokida "Samarqand suv ta’minoti" AJ Samarqand tumani filiali ishchi-xodimlar bilan yig’ilish o‘tkazildi.

Unda ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish, xodimlar tomonidan kamomadlarga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa bir qator masalalar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Ayniqsa, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, uni oldini olish masalasi, xizmat vazifasi davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi to‘g’risida ham to‘xtaldi.

https://t.me/SamTvr
#JARAYON

Bugungi kunda Samarqand viloyatining qator hududlarida aholi turmush tarzini yaxshilash va 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Birgina Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi “Abdurahmon Qilich” boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli Parrandachilik mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tashabbusi bilan qayta ta’mirlanmoqda. Xususan, ushbu uylarning fasad qismlari, yerto‘lalarida ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu esa aholining sohaga oid muammolariga yechim topishga xizmat qiladi.

@SamTvr
#JARAYON

Bugun viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov rahbarligida tuman va shahar hokimliklari, tegishli tashkilot hamda korxonalar mas’ullari ishtirokida yig’ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash, kuz-qish mavsumida aholiga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish, yashil makon loyihasi doirasidagi ishlar, investitsiya dasturi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yig’ilish davomida kun tartibiga aloqador barcha korxona va tashkilotlar mutasaddilarining hisoboti tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Bugun viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov rahbarligida tuman va shahar hokimliklari, tegishli tashkilot hamda korxonalar mas’ullari ishtirokida yig’ilish o‘tkazildi.

https://t.me/SamTvr
#Jarayon
28.10.2024 yil

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Ishtixon tuman bo‘limi fitosanitar nazorat davlat inspektorlari tomonidan omborxonalarda saqlanayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini turli hashorat va zararkunandalardan himoya qilish maqsadida "Aldamchi xo‘rak" tayyorlanmoqda.



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#JARAYON

Toyloq tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi hamda tuman gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi o‘rtasida is gazi va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli targ’ibot tadbirlari olib borilib, uylarning kirish yo‘laklari va eshiklariga targ’ibot materiallari o‘rnatildi.

https://t.me/SamTvr
#Jarayon

🌿Qo‘shrabot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish tadbirlari qizg‘in ruhda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

🌳 Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lmish daraxt ekish, bog‘u gulzorlar yaratish borasidagi go‘zal odatlarimiz bugungi kunda yangi ma’no-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

🌴Hududlarni yashil maskanlarga aylantirish bo‘yicha manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida tuman Qishloq xo‘jalik bo‘limi,Yoshlar ishlari agentligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bantlik bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

🌱Ekilayotgan nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk va husn qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

https://t.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan temir panjaralar olib tashlanmoqda.

Xususan, Samarqand shahar "Bog’iston" MFY Shota Rustavelli ko‘chasidagi 26-ko‘p qavatli uyning 1-qavat tutash hududi fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallanib, o‘rab olingan edi.

Yuqoridagi holatlarni Mevazor mahallasi Farobiy ko‘chasidagi 49 va Ziyolilar mahallasidagi 11-A-sonli ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida ham kuzatish mumkin.

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, BSK va tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan holatlar bartaraf qilinmoqda.


Shu o‘rinda, fuqarolar va tadbirkorlardan ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklarini so‘rab qolamiz!

https://t.me/SamTvr
#JARAYON

Investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida qurilish ishlarining borishi o‘rganildi

Bugun Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev Urgut tumanida bo‘lib, tegishli mas‘ullar ishtirokida hududda bunyod etilayotgan ijtimoiy soha obyektlari xususan, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Asosan olib borilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratilib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

https://t.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan temir panjaralar olib tashlanmoqda.

Xususan, Samarqand shahar "Bog’iston" MFY Shota Rustavelli ko‘chasidagi 26-ko‘p qavatli uyning 1-qavat tutash hududi fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallanib, o‘rab olingan edi.

Yuqoridagi holatlarni Mevazor mahallasi Farobiy ko‘chasidagi 49 va Ziyolilar mahallasidagi 11-A-sonli ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida ham kuzatish mumkin.

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, BSK va tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan holatlar bartaraf qilinmoqda.


Shu o‘rinda, fuqarolar va tadbirkorlardan ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklarini so‘rab qolamiz!

https://t.me/SamTvr
#Sessiya

#Jarayon

Sessiya kun tartibida uchinchi masala – tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Qonunchilikka ko'ra, tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Sessiya ishida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Husan Tuxtayev tomonidan tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.

Tuman hokimi lavozimiga nomzod Buranov Sherbek Erkinovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Buranov Sherbek Erkinovich nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
#Ayni_paytda
#Oqdaryo_sessiya
#Jarayon

Sessiya kun tartibida uchinchi masala – tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Qonunchilikka ko'ra, tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Sessiya ishida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Husan Tuxtayev tomonidan tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.

Tuman hokimi lavozimiga nomzod Qudratov Sherzod Asatovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Deputatlar tomonidan Oqdaryo tuman hokimi lavozimiga Qudratov Sherzod Asatovich nomzodi tasdiqlandi.
#Jarayon

Ayni damda, Payariq tumani Aliobod mahallasida Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli o'tkazilmoqda.

Jumladan, viloyat prokraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Xalq qabulxonasi va Adliya boshqamalri mutasaddilari shuningdek,  tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat va tuman tashkilotlari mas'ullari hamda fuqarolar ishtirok etmoqda.

Unda fuqarolarning elektr ta'minoti, gaz, toza ichimlik suvi, moddiy yordam olish, tibbiy yordam, yer ajratish, uy qurish kabi ko'plab masalalarda murojaatlari tinglanib, hal etish choralari ko'rilmoqda.

O'rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berilmoqda.

@SamTvr