SamTVR | MTRK
5.95K subscribers
91.5K photos
42.4K videos
404 files
54.4K links
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rasmiy kanali.
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
#jamoatchilik_nazorati

Bugun, 8-noyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand viloyat bo‘linmasi tomonidan keng jamoatchilik vakillari, jumladan viloyat Kengashi deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Samarqand viloyatida maktabgacha va xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlarning natijalari: yutuq va kamchiliklar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Jamoatchilik eshituvida soha mas’ullari tomonidan 2021-yil Davlat dasturining 202, 210, 221, 222, 223, 224, 227, 228 va 230-bandlarida belgilangan vazifalar yuzasidan viloyatda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha keng jamoatchilikka axborot berildi.

Eshituvdan oldin amalga oshirilgan jamoatchilik monitoringi davomida aniqlangan masalalar yuzasidan viloyat maktabgacha va xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlarining munosabatlari tinglanib, taklif va tavsiyalar berildi.
#jamoatchilik_nazorati

Viloyat hududiy dasturi ijrosi jamoatchilik monitoringi tartibida oʻrganilmoqda

2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid viloyat hududiy dasturida belgilangan (17, 41, 43, 52 va 53-bandlar) vazifalarning joylardagi ijrosi jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganilmoqda.

1-kun. Samarqand shahri va Jomboy tumani. Samarqand shahridagi avtovokzal qurilish ishlari, Jomboy tumanidagi koʻchma savdo obyektlari uchun joylarni “K-savdo” tizimiga joylashtirish va joylarni onlayn auksionda sotish, mahallalarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, shuningdek tuman markazida ehtiyoj yuqori boʻlgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha pullik santexnik, elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash kabi xizmatlarni koʻrsatish punktlarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi.

Jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etadi.
#jamoatchilik_nazorati

Urgut va Toyloq tumanlarida navbatdagi jamoatchilik monitoringi tadbirlari oʻtkaziladi

Bugun, 21-iyun kunidan boshlab "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi hamda Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida quyidagilar koʻrib chiqiladi:

1. Samarqand viloyatida 2022-yilda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining bajarilishi holati.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi “2022 – 2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi holati.
#jamoatchilik_nazorati

Qoʻshrabot va Bulungʻur tumanlarida navbatdagi jamoatchilik monitoringi tadbirlari oʻtkaziladi

Ertaga, 14-iyul kunidan boshlab "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi hamda Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida quyidagilar koʻrib chiqiladi:

1. 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid viloyat hududiy dasturida belgilangan vazifalar ijrosi holati.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi “2022 – 2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi holati.
#jamoatchilik_nazorati

16-dekabr kuni "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi hamda Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Nurobod tumanida navbatdagi jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida 2022-yil Davlat dasturining quyidagi bandlarida belgilangan vazifalar koʻrib chiqiladi:

1.
71-band (21-maqsad). Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish hamda tashabbusli budjetlashtirish jarayonidagi loyihalarning holati;

2. 165-band (34-maqsad). Respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash vazifasi doirasida Nurobod tumanida amalga oshirilgan ishlar.

@samarkand_yuksalish
#jamoatchilik_nazorati

1 – 2-mart kunlari "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi, Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyatimizda IT-park faoliyatini yoʻlga qoʻyish va sohada bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida:

1. 2020-yil Davlat dasturining 142-bandida belgilangan vazifalar;

2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 222-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 46 – 49-bandlari doirasida bajarilgan ishlar holati oʻrganiladi.

Siz ham 👉Yuksalish harakati a'zolari safiga qo‘shiling!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram
#jamoatchilik_nazorati

1–2-iyun kunlari "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi, Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyatimizning, Pastarg‘om, Ishtixon, Qo‘shrabot tumanlaridagi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni obod qilish, aholining turmush darajasini yaxshilash va sohada bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar yuzasida jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarorining joylardagi ijrosi o‘rganiladi.

Siz ham 👉Yuksalish harakati a'zolari safiga qo‘shiling!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram
#jamoatchilik_nazorati

18–19-iyul kunlari "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyat boʻlinmasi, Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha viloyat Jamoatchilik guruhi a’zolari, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyatimizning, Nurobod tumanida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni obod qilish, aholining turmush darajasini yaxshilash va sohada bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar yuzasida jamoatchilik monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring davomida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarorining joylardagi ijrosi o‘rganiladi.

Siz ham 👉Yuksalish harakati a'zolari safiga qo‘shiling!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram