SamDUKF Yoshlar ittifoqi
993 subscribers
6.1K photos
634 videos
136 files
1.4K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#Karyera_kunlari
#SamDU_KF

FILIALDA KARYERA KUNLARI O'TKAZILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash, 2-3-kurs talabalarini mutaxassisligi bo'yicha bo'sh vaqtlarida ishlashi uchun imkon yaratish maqsadida "karyera kunlari" mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Tadbirning ochilish marosimida SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktor o'rinbosari S.Elmonov, filial marketing bo'limi boshlig'i S.Axmedov, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov, Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri A.Daminov, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi B.O'rozov hamda muassasa va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil qilingan yarmarkada 53 ta muassasa va tashkilotlar 147 ta bo'sh o'rinlari bilan ishtirok etdi.