SamDUKF Yoshlar ittifoqi
860 subscribers
5.92K photos
585 videos
109 files
1.33K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Ayni_paytda
#SamDU_KF

"SUG‘DIYONA" xalq cholg‘ulari orkestri SAMDU KATTAQO‘RG‘ON FILIALIDA

Ayni paytda SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashabbusi bilan xalqaro tanlov va festivallar sovrindori "Sug‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova, filial direktori Sh.Urakov, shuningdek, davlat idoralari, muassasa va tashkilotlari rahbarlari, talabalar, Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi ishtirok etmoqda.
#XOTIRA_va_QADR
#SAMDU_KF

XOTIRA BOR EKAN — MILLAT BARHAYOT!

SamDUning Kattaqo'rg'on filialida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira bor ekan — millat barhayot!" nomli xotira tadbiri bo'lib o'tdi. Unda Kattaqo'rg'on shahar hokimi o'rinbosari J.Nosirov, filial direktori Sh.Urakov, urush va mehnat faxriylari, talabalar hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda hokim o'rinbosari J.Nosirov so'zga chiqib, Vatan tinchligi va osoyishtaligini asrash, mustaqilligimizni mustahkamlashda jasorat ko'rsatgan ajdodlarimiz fidoyiligini e'tirof etdi.
Xizmat vazifasini o'tash chog'ida mardlarcha halok bo'lgan Kattaqo'rg'on farzandi Ulug'bek Barnoyevning otasi Abdulla Barnoyev dilbandi va safdoshlari ona yurt tinchligiga qo'shgan buyuk hissasi haqida so'zlab, yoshlarga tavsiyalar berdi.

Tadbirda talaba yoshlarni yurtga muhabbat, tinchlikni qadriga yetishga, hissa qo'shishga undovchi filmlar namoyish qilindi, she'r va ashulalar ijro etildi.

A'zo bo'ling: https://t.me/samdukf_mx
#Xalqaro_hamkorlik
#SamDU_KF

HINDISTONLIK PROFESSORLAR FILIAL TALABALARIGA DARS O'TADI

SamDUning Kattaqo'rg'on filiali direktori Sh.Urakov Hindistonning Mumbay texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari Aziziddin Xan hamda Tabassum Qazilarni qabul qildi.

Suhbat jarayonida filial talabalarining Mumbay texnologiya institutida ta'lim olishi, professor-o'qituvchilarimizning malaka oshirishi bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Aziziddin Xan hamda Tabassum Qazi filialda o'quv jarayonlari bilan bevosita tanishib, talabalar bilan suhbatlashishdi. Mehmonlar 2021-yilda filialimizda bo'lganligi, bugun o'quv-ilmiy, moddiy-texnikaviy jihatdan nihoyatda katta yutuqlarga erishilganligi va o'zgarishlar amalga oshirilganligini e'tirof etishdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu xorijiy mutaxassislar bilan shartnoma imzolandi. Endilikda Aziziddin Xan hamda Tabassum Qazi talabalarimizga pedagogika va psixologiya fanlaridan dars berishadi. Shu bilan birga, professor-o'qituvchilarimiz uchun seminar-treninglar tashkil qilinadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

AZIZIDDIN XAN TALABALARIMIZGA DARS O'TMOQDA

Avval xabar berganimizdek, Hindistonning Mumbay texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari hamda SamDU Kattaqo'rg'on filiali o'rtasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan shartnoma imzolangan edi.

Bugun, 10-may kunidan boshlab, ushbu shartnomaga muvofiq Mumbay texnologiya instituti professori, doktor Aziziddin Xan talabalarimizga dars o'tmoqda. Tasvirlarda xorijlik o'qituvchining Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabalariga Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanidan ma'ruza o'qiyotganligi aks etgan.

SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Axborot xizmati
#Karyera_kunlari
#SamDU_KF

FILIALDA KARYERA KUNLARI O'TKAZILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filialida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash, 2-3-kurs talabalarini mutaxassisligi bo'yicha bo'sh vaqtlarida ishlashi uchun imkon yaratish maqsadida "karyera kunlari" mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Tadbirning ochilish marosimida SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktor o'rinbosari S.Elmonov, filial marketing bo'limi boshlig'i S.Axmedov, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov, Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri A.Daminov, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi B.O'rozov hamda muassasa va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil qilingan yarmarkada 53 ta muassasa va tashkilotlar 147 ta bo'sh o'rinlari bilan ishtirok etdi.
#Xushxabar
#SamDU_KF

MASHHURA VA ABDUMALIKDAN OLTIN MEDAL

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston kurash federatsiyasi tashabbusi bilan Milliy va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida xalqaro kurash musobaqasi o'tkazilmoqda.

Musobaqaning Samarqand viloyati bosqichida SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Sport faoliyati yo'nalishi talabalari Mashura Sunnatullayeva hamda Abdumalik Isoqovlar o'z vazn toifasi bo'yicha 1-o‘rin — oltin medalni qo'lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo'llanma oldi.

Musobaqa davom etmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Xushxabar_IELTS
#SamDU_KF

TALABALARIMIZ ERISHAYOTGAN YUTUQLAR HAQIDA XUSHXABAR BERISHDA DAVOM ETAMIZ!

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Zarina Murtazoyevaning ikki nafar shogirdi IELTS xalqaro imtihoni bo'yicha yuqori natijalarga erishdi:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 3-kurs talabalari Muxlisa Xabibullayeva 7 balni; Odina Erkinova 6 balni qo'lga kiritdi.

Fidoyi ustozlarimizning mehnatini e'tirof etgan holda talabalarimiz va ularning ota-onasiga o'z tashakkurimizni izhor etamiz!


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
#Huquqiy_savodxonlik

TALABALAR O‘Z HUQUQLARINI BILADIMI?

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari hamda fakultetlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda filial profilaktika inspektori Xolbek Haydarov talabalarning savollariga javob berdi. Dars vaqtida, darsdan bo‘sh vaqtlarida, ijara xonadonlari, talabalar turar joyida, jamoaviy tadbirlarda amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalarga to‘xtalib o‘tdi.

YI filial BT koordinatorlari Shahribonu Hasanova hamda Malika Ro‘ziyevalar mavzu yuzasidan talabalarga ma'lumotlar taqdim etdi.

Tadbirda Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari tyutorlari qatnashdi.

A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#Adabiy_kecha
#SamDU_KF

HALIMA XUDOYBERDIYEVA IJODI TALABALAR NIGOHIDA

Joriy  yilning 21-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filiali Xotin-qizlar kengashi va filial Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

Unda shoiraning ijod yo‘li, milliy qadriyatlarni ulug‘lab yashagani,  fidoyi davlat arbobi hamda Xotin-qizlar qo'mitasi raisi sifatida faoliyat yuritganligi to'g'risida  fikr-mulohazalar bildirildi.

Talabalar shoiraning ijodidan parchalar keltirildilar, mashhur she'rlaridan barcha bahramand bo'ldi.

👍 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#Navoiyxonlik
#SamDU_KF

NAVOIYNI HAR KIM, HAR KUN O'QISHI KERAK

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetida Maktabgacha ta'lim 23-03 va 23-04 guruh talabalari o'rtasida "Navoiy izdoshlari" nomi ostida tanlov tashkil qilindi.

Unga ko'ra, talabalar Navoiy hayoti va ijodi, bebaho asarlari bilimi, qobiliyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra 1-o'rin Hamraqulova Nigina, 2-o'rin Musurmonova Ruxshona, 3-o'rin Qahramonova Visolaga nasib etdi.

👍 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_talabaga_namuna
#SamDU_KF

Ta'lim muassasamiz toza-ozodaligini saqlash, obodligiga hissa qo‘shish har birimizning burchimizdir!

O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs talabalari.
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#SamDU_KF
#Milliy_qadriyatlar_sayli

SAMDU KATTAQO‘RG‘ON FILIALINING "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI" KO‘TARINKI RUHDA O‘TDI

Talabalarni asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotga ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, milliy urf-odat, an'analarimizni ularga yetkazish, milliy sport turlari, milliy bayramlarimizni keng targ‘ib etish maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida "Milliy qadriyatlar sayli" tashkil qilindi!

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova, filial direktori Sh.Urakov, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, fuqarolar, talaba va professor-o‘qituvchilar qatnashgan tadbir milliy raqs va ashulalar, lapar va aytishuvlar, ona Vatanni madh etuvchi taronalar, urf-odat va an'analarimiz, sport musobaqalariga boy bo‘ldi. Milliy taomlar, amaliy san'at namunalari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Faol talaba va ishtirokchilar taqdirlandi.

👍 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#SamDU_KF
#Milliy_qadriyatlar_sayli

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali talabalar bogʻida "Milliy qadriyatlar sayli" hisobot konsertidan fotolavhalar...

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#SamDU_KF
#Milliy_qadriyatlar_sayli

Talabalarni asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, milliy urf-odat, an'analarimizni ularga yetkazish, milliy sport turlari, milliy bayramlarimizni keng targ‘ib etish maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali tomonidan talabalar bog‘ida "Milliy qadriyatlar sayli" hisobot konserti tashkil qilindi!

Tadbirni Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov ochib berdi. Hisbot konsertida ushbu oy davomida faol ishtirok etgan talabalar turli nominatsiyalardagi tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT

NAVQIRON, BILIMLI VA SOG‘LOM AVLOD YURT TAYANCHIDIR

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tadbirlar, tanlov va musobaqalarga start berildi.

Filial faollar zalida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, filial direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev so‘zga chiqib, yurtimiz yoshlari, filialimiz talabalarini tabrikladi. Ona Vatanimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini alohida e'tirof etdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan filialda sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar boshlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
"ZAKOVAT"da qizg‘in bahs!

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Talabalarning keng dunyoqarashi va aqlan yetukligini namoyon qiluvchi "Zakovat" o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan olib borildi.

"Zakovat"da qatnashgan jamoalar orasidan g‘oliblar aniqlanib, taqdirlanadigan bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
YOSHLAR SHAXMATDA MAHORATINI KO‘RSATISHDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

Yoshlarning iqtidori, sergaklik va aqlan yetukligiga xizmat qiluvchi shaxmat o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan nazorat qilib borildi.

Musobaqa bo‘yicha g‘olib o‘g‘il-qiz talabalar aniqlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF

DIPLOM KERAKMI, KERAK EMASMI?

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Munozara intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Unda Yoshlari ttifoqi filial BT koordinatorlari, tyutorlardan iborat hakamlar hay'ati a'zolari nazorati ostida "Inkor" va "Tasdiq" jamoalari o‘rtasida "Inson risoladagidek, yaxshi yashashi uchun diplomga, ya'ni o‘rta va oliy ma'lumotga rasman ega bo‘lishi zarurmi yoki diplomsiz ham yaxshi turmush kechirishi mumkinmi?" mavzusida bahs olib borishdi.

Yoshlar o‘zlarining fikrlari, qarashlarini bildirib, qizg‘in muloqot jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF

TALABALAR "QO‘RQMA"NI TOMOSHA QILISHDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida filial faollar zalida ijodkor Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" asari asosida suratga olingan film namoyish qilindi.

Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Kino kechasi" uyushtirildi. Unda Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, taniqli yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma" romani asosida suratga olingan "Qoʻrqma" hujjatli filmi namoyish etildi. Ushbu filmda "Muqimiy" drama teatrining taniqli aktyorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan rollari asosida Sobiq sovet davrida Germaniyaning Berlin shahriga tahsil olish maqsadida borgan 70 nafar oʻzbekistonlik talaba-yoshlarning ogʻir tarzda  kechgan hayoti oq-qora manzaralarda tasvirlab beriladi.